Abdulla Xaydarov kanali
189 subscribers
242 photos
15 videos
1 file
65 links
Head of Operations @ Applied Labs
[ex-Amazon]

Maqsadim: o’z IT kompaniyam qurish.

- IT texnologiyalar
- Jamoa boshqaruvi
- Dasturlash
- Data Analytics
- Product development
- QA testing
- System design

Linkedin.com/in/abdullakhaydarov
Download Telegram
Abdulla Xaydarov kanali
Hozirgi zamonga tushar ekan 😄😄 Rasmiy kanal:@ithayoti
Shuning uchun, "PM dasturlashni bilishi kerakmi?" degan savolni bermang-da, dasturlashni o'rganavering.
Yomon yozilgan kod'ni albatta to'g'irlash iloji bor. Lekin narxi baland bo'ladi.
4 yil oldin Chexiya davlati, Praga shaxrida, IT yo'nalishi bo'yicha universitetni bitirib diplom "zashita" qilgan ekanman.

Bugun mundeey o'ylab qarasam, universitetdan olgan eng katta foyda bu mening do'stlarim va tanish-bilishlarim ekan.

Tanishlaringiz bilan aloqani ushlang. Ularga vaqt ajrating. Bir kun kelib, ulardan biri bilan million dollarlik kompaniya qurishingiz mumkin.
Juma kunimizni Alloh muborak qilsin! 🤲🏼
Apple GPT. Apple ham o'z AI mahsulotini chiqarish arafasida [keyingi yil chiqadi deyishyapti].

Qiziq. Chiqqanida Ishlatib ko'rish kerak. OpenAI dan o'tib ketishiga imkon bormikin...
Yangi loyiha boshlash /yuritishga imkoniyat tug'ilganida, nega uni qo'ldan boy berish kerak?

Hech bo'lmaganda yangi odamlar bilan tanishasiz, nimadir bo'lsa ham yangi ma'lumot o'rganasiz. Bu bilim keyingi ish / loyiha topish jarayonini ancha yengil qiladi.

Qiladigan ish yo'q bo'lganida, har qanday ish yaxshi.

Mana bu xolatda, lyubaya biznes xarasha, desangiz bo'ladi.
Mark Cuban degan Amerikalik boy bor. Broadcast.com nomli IT kompaniya orqasidan katta boylikka erishgan. Shu odamni bir gaplaridan:
"Men uchrashuv'larda qatnashmayman. Vaqt bekorga zoe ketadi. Faqat email orqali yozma ravishda muloqot qilaman. Shunda hamma tarix ham saqlanib qoladi."

Shu gapni [yoki teoriya, deysizmi] oxirgi yarim yil o'zimni ishlarimda qo'llab ko'rdim. Iloji boricha meeting'larda qatnashmadim. Faqat email/chat da ishlarni muhokama qildim.

Xulosam: haqiqatda yozma ravishda ishlar yuritish juda effektiv ekan. Ko'proq ishlarni qilishga ulguryapman. Hamma muloqot yozma bo'lganligi uchun barcha tarix saqlanib qolyapti [kim nima degani esidan chiqib qolmayapti].

Faqat bitta narsa: qisqa standup'lar baribir kerak ekan. Har kuni jamoa bilan [qisqagina 15-daqiqa] ko'rishib bir vaqtda gaplashib olishlik foydasi men o'ylagandan ko'proq ekan.
Satya tog'amiz ham AI'ni hamma mahsulotlariga biriktiryaptilar.

ChatGPT va shunga o'xshash AI instrumentlar bilan bilan kod yozish, dizayn, va test ishlari ancha oson bo'lib qoldi.
Ishlayman desangiz ish ko'p.

Telegram guruhlarda va vakansiyalar saytlarida har kuni yangi ish joylar e'lon qilinadi. Agar siz xohlagan oylikni taklif qilishmayapgan bo'lishsa, demak bilimingizda yetishmovchilik bor.

Kamroq oylikka bo'lsa ham rozi bo'lib o'zingiz ustingizda ishlashingiz kerak. Bilimingizni oshirishingiz kerak. Yetarli ta'lim olganingizdan keyin, o'z-o'zidan yangi takliflar kelishni boshlaydi.
Github/ChatGPT bilan tayyor ishlayapgan dasturlar kod'larini topasiz.

Katta dasturchilar ham dasturni 0 dan boshlab yozishmaydi. Github'da mavjud bo'lgan dasturni olib uni ustiga qurishadi.

Masalan, NodeJS backend API qurish kerak bo'lsa Google'ga "Production ready template NodeJS backend API" deb yozsangiz Google sizga bir talay ishlaydigan dasturlar source kodini beradi.

Xozir ChatGPT bilan bu tayyor dastur kodlarini [eng sifatlisini] bir zumda topa olasiz.

Siz yaratmoqchi bo'lgan dasturni kimdir ilgari qurib bo'lgan. U qanday folder structure ishlatgan, class va functions qanday tashkillashtirgan... Bularni tayyor ishlayapgan dasturdan ko'rib, keyin ustiga keraklicha qo'shimcha kod qo'shaverasiz.
Project Management yoki Product Management? Qaysi birini o'rganganim yaxshi?

Boshlang'ich darajadagilar uchun Project Management dan boshlashgani yaxshi.

Mahsulot boshqaruvi uchun ko'proq mohirliklar kerak bo'ladi. Jamoa boshqaruvidan tashqari, mahsulot menedjerlari UIUX dizayn, marketing, data analytics, QA testing, system design kabi sohalarni ham bilishlari kerak bo'ladi.
UIUX dizayn, Marketing, Data Analytics, QA testing, System Design.

Bular haqida ko'proq yozishga harakat qilaman. Ko'plarga qiziq ko'rinadi.
Dodam rahmatlik 30 yil O'zbekiston Sovet Respublikasida vazir bo'lib ishlab, pensiyaga chiqqanlarida biz [navaralari] bilan ko'proq vaqt o'tqazgan ekanlar.

Hayotlarini oxirigacha aytar edilar: "Mening eng yaqin do'stim - kitob."

Kitobni faqat o'z ishini ustasi yoza olishligini ta'kidlar edilar. Oddiy o'rta xol odam rasmiy nashriyot ko'rib chiqib chop etadigan kitobni yoza olmaydi, derdilar.

Online kurslar, maqolalar albatta yaxshi. Ulardan bilim olishni to'xtatish kerak emas. Lekin IT sohamizda yozilgan klasik kitoblar bor. Ularni ham tashlab qo'yish kerak emas.
PM ishining eng katta qiyinchiligi va'da berilgan vaqt [deadline] gacha loyihani yakunlab berish, bo'lsa kerak. Hamma mas'uliyat sizni bo'yningizda. Agar loyiha kechiksa - bu sizni aybingiz.

- Vaqtida ogohlantirib qo'yish kerak edi.
- Shuncha vaqt yo'qotdik.
- Pulimni qaytarib bering.
- Ishni boshlayapganimizda bunday bo'ladi deb o'ylamagandik.

PM bo'lmoqchi bo'lsangiz, shunday gaplarga tayyor turing.
Agar biznesingiz uchun dastur kerak bo'lsa, katta yoki kichik IT kompaniyalar bilan ishlasangiz bo'ladi.

Katta kompaniyalar xizmati qimmatroq. Lekin ularni bilim va tajribasi ko'p.

Kichik IT agentliklar xizmatlari arzonroq. Lekin tajribasi kamroq bo'lishi mumkin.

Yana bir muhim faktor - kichik kompaniyalar bilan hamkorlik qilsangiz, asoschi (founder) bilan tog'ridan tog'ri aloqa qila olasiz va kerak bo'lganda ishlarni tez xal qila olasiz.
Har kuni yotishdan oldin ertangi kuningizni rejalashtirib qo'ying.

Ilgari oddiy to-do list ishlatar edim. Xozir Google Calendar ga o'rganib qoldim. Ish bo'yicha meeting bo'lsa, calendar'imda darrov paydo bo'ladi.

Siz ishlaringizni rejalashtirish uchun nimadan foydalanasiz?
[System Design'dan bir shingil ma'lumot].

"Shared database" degan tushuncha bor. Bir nechta dastur [app] bitta ma'lumotlar bazasini [database] ishlatadi.
Bu har doim ham optimal yechim emas. Odatda bitta app uchun bitta database ishlatiladi. Agar bir nechta jamoa bitta database ishlatsa, u-bu narsa bizilib qolganda kim javob beradi?

Lekin agar DB'ni mikroservis sifatida ishlatsangiz, shared database foydalari bor. Taraflar bilan shartnoma qilib kelishib olishingiz kerak bo'ladi. Versioning va Schema kelishuv asosida bo'lsa, backend-as-a-service uchun mijozlar topasiz.
Product Management va Project Management farq va o'xshashliklari.
DRY = Dont Repeat Yourself.

Clean code asosiy tamoyillaridan. Ma'nosi - bitta yozilgan kodni [logika bo'ladimi yoki data] ikki martta qaytarmaslik.

Bir logika qaytarilmasligi uchun class, function, component, module, inheritance, kabi blok'lar ishlatiladi. Bir martta kod yozilib, butun dastur uchun shu mantiq bir xilda ishlatiladi.

Data qaytarilmasligi uchun esa "centralized database" quriladi.

DRY tamoyiliga asoslanib qurilgan dastur - sifatli, davomiy va kattalashtirish uchun yengil mahsulot bo'lib yetishadi.
Ko'p dasturchilar esidan chiqaradigan narsa.

Karyerani keyingi bosqichiga o'tish uchun ["ko'tarilish" uchun] faqat yaxshi dasturchi bo'lish yetarli emas. Albatta, bu muhim. Lekin odamlar bilan muomala qilish, jamoada effektiv ishlay olish, mijozlar bilan "chiroyli" gaplasha olishlik ham muhim rol o'ynaydi.
Xodimlarimizni natijaga qarab baholashimiz kerak.
Ularning tepasida 24 soat turish shart emas.


Xodimdan nima kutilyapganini aniq belgilang. Ularning ishi nimadan iborat ekanligini tushuntiring. Keyin ularga erkinlik bering. Qanday ishlashni xohlashsa, shunday ishlashsin.

Biz [PM'lar] faqat loyiha berilgan muddat ichida yetkazib berilishini istaymiz.
Vaqti-vaqti bilab ishlar qanday ketyapganligi haqida xabar berib tursangiz yetarli.

Bizga ish bajarilsa bo'ldi.