AbdulazizDev </>
86 subscribers
404 photos
46 videos
23 files
77 links
http://abdulazizdev.uz

5614688713592607
👆🏻 Abed uchun
Download Telegram
Forwarded from Mirzarakhmanoff IT Blog
Haydovchilik guvohnomasi (prava) olish shunchalik qiyinmi?

Shaxsan o‘zim 1-urinishda prava olganman (ha, o‘sha “qiyin paytida”). Lekin hozirgi uzunquloq gaplarga qaraganda test imtihoni yanayam qiyinlashib ketgan. Shuning uchun o‘zimning kichik start-up loyiham AvtoImtihon’ni sizlarga taqdim qilmoqchiman 🙂

Ko‘pchilikda muammo bitta: savol ishlanadi, lekin tizim yo‘q. Bugun bor, ertaga yo‘q. Keyin imtihonda hayajon — va xatolar.

AvtoImtihon shunchaki “savollar bazasi” emas. U sizning tayyorgarligingizni tartiblaydi:

Xato qilgan savollaringiz saqlanadi — keyin alohida qayta ishlaysiz (eng kerakli joyi shu)

Imtihonlar tarixi bor — qachon ishladingiz, natijalar, progress hammasi ko‘rinadi

Statistika sodda tilda — nimada kuchsiz ekansiz, qaysi mavzuda ko‘p adashyapsiz, hammasi aniq

Qulay interfeys — keraksiz menyular yo‘q, ochdingiz = darrov mashq

Kunlik challenge — har kuni ozgina-ozgina, lekin muntazam (shunaqa qilib natija chiqadi)

Keyinroq yana ham qiziq bo‘lishi uchun gamifikatsiya ham qo‘shmoqchiman: ball, level, streak va shunga o‘xshash motivatsiya.

Sinab ko'ring va o'z fikrlaringiz bilan izohlarda bo'lishing)





https://t.me/avtoimtihonuzbot
1👍3😎3
AbdulazizDev </>
2024 - Dasturlashga kirib kelish 2025 - Dasturchi sifatida ishga kirish📌
O'tgan yili o'zimga maqsad qo'ygan ekanman va maqsadimga ham yetgan ekanman

bu yilga ham endi maqsad qo'yishim kerak, hechdan ko'ra kech

2025 - Dasturchi sifatida ishga kirish
2026 - Prava olish ( moshinayam olishim kerak😁) hamdaa o'zimni biznesimda daromad ko'rish 📌
4🕊111
AbdulazizDev </> pinned «O'tgan yili o'zimga maqsad qo'ygan ekanman va maqsadimga ham yetgan ekanman bu yilga ham endi maqsad qo'yishim kerak, hechdan ko'ra kech 2025 - Dasturchi sifatida ishga kirish 2026 - Prava olish ( moshinayam olishim kerak😁) hamdaa o'zimni biznesimda daromad…»
Forwarded from Mirzarakhmanoff IT Blog
Afsuski buni ichida bizning shaxsiy malumotlar bo’lishi mumkin
Mirzarakhmanoff IT Blog
Afsuski buni ichida bizning shaxsiy malumotlar bo’lishi mumkin
census.stat.uz da muammo bor deb o'ylayman, hatto qo'ziqorin haqida savol ham bor edi


saytni o'zida ham muammolar kop edi
🤣51
Forwarded from Bayk Group
3
Bayk Group
Photo
@bayk1_bot


eslatib oʻtaman bu faqat Samarqand boʻylab ishlaydi
11
Contributions jangi 😁
4👍2
Forwarded from Isabekoff log
Toshkent shahrida oquv markazlar juda kop viloyatdan odamlar oqish uchun kelishadi lekin tanlashda qiynalishdadi qaysi biri qulay qaysi biri mosa qaysi biri yaxshi tanlashda qiynalishdi agar xato tanlashda vaqtlari mablag'lari bekorga ketib qolishi mumkin. What if shu muammoni yecha oladigan platforma bolsachi ? Yani oquv markaz oquvchilarni markazga feedback beradi yani qaysi tomonlama yaxshi qaysi tomonlama kamchiliklar bor shu togrisida comment qoldirishadi narxlar va shunga oxshash va yangi oquvchilar qiynalmasdan oquv markaz tanlashadi va bu bilan vaqt va pulini tejashadi,


Shu loyihani qilmoqchiman va menga sizlarni fikringiz muhim

https://forms.gle/JBQC52MWy5bKx3fn9
ehhee 800+ bo'lib ketipdiku 😁
🤣2
Hayitlik oldim 😁

endi Just ga borish kerak

@azimjon_blog
🔥42👍1
😁😁😁
ishga kirganda birinchi loyihamni commitlari shunday bolgan ekan, hozrlarida faqat 1 ta chiziqda ketgan )
Forwarded from Mirzarakhmanoff IT Blog
Erondagi urush bizning kompaniyamizga ham ta’sir qildi.

Buni birinchi eshitishda odam biroz hayron bo‘lishi mumkin. Axir biz O‘zbekistondamiz, alhamdulillah, yurtimiz tinch. Lekin bugungi raqamli dunyoda bir davlatdagi voqea boshqa bir davlatdagi biznesga ham bevosita ta’sir qilishi mumkin ekan.

Taxminan bir yil oldin qurilish kompaniyasi uchun korporativ veb-sayt tayyorlagan edik. Hammasi yaxshi ishlayotgan edi. Bir necha kun oldin mijozimiz bog‘lanib qoldi:
“Ulug‘bek, negadir sayt ishlamayapti, ichidagi ma’lumotlar ham yo‘q”, dedi.

Avvaliga rostini aytsam, sababini tushunmadik. Keyin tekshirishni boshlaganimizda bitta muhim xatomizni bildik: loyiha vaqtida ma’lumotlarni local serverga emas, MongoDB Cluster’da saqlagan ekanmiz.

Shundan keyin ma’lum bo‘ldiki, 1-aprel kuni Eron Amazon’ning Bahrayndagi data center’iga hujum qilgan ekan. Afsuski, o‘sha data center’da bizning loyihaga tegishli ma’lumotlar ham bo‘lgan.

Vaziyatni mijozimizga ochiq va to‘g‘ri tushuntirdik. Ular ham hayron bo‘lib:
“Urush bizga ham ta’sir qiladi deb hech o‘ylamagan edim”, dedilar.

Yaxshiyamki, bu korporativ sayt edi va ma’lumotlar unchalik katta hajmda emas edi — asosan yangiliklar va loyihalar bo‘limi. Shunga qaramay, bu holat biz uchun juda katta dars bo‘ldi.

Bir narsani yana bir bor his qildik:
infratuzilma, backup va data masalasi — bu shunchaki texnik detal emas. Bu biznesning barqarorligi degani.
👍4🔥3
Sun'iy Intelekt shu darajaga yetdiki undan nafaqat developerlar balki mijozlar ham foydalana boshladi.

Hozrda ungoverseas.com yani Uzbekneftegaz Overseas loyihasi ustida ishlamoqdaman, bu post esa aynan shu loyihaga bog'lliq, ular bizga aloqaga chiqishdi va o'zlari AI yordamida frontend qismini tayyorlashgan ekan, bir necha AI lar ishlatib Cloude qilgan UI varianti o'zlariga maqul kelgan, keyin esa biz shu tayyor qilingan ui orqali loyihani boshladik

Hozrda AI shunchaki yordamchi emas, u ish jarayonining bir qismiga aylanib ulgurdi

Oldin mijoz nima hohlayotganini tushunib olish undan so'ng TZ yozilardi, ha ko'p hollarda mijozlarni o'zi TZ yuborishardi, keyin shu TZ asosida dizayner dizayn chiqarar edi keyin esa frontendchi uni kodga aylantirardi, hozr esa mijozlarning o'zi AI yordamida o'zlariga maqul keladigan dizayn yaratib olishyabdi, bu esa loyihani tezlashtirishga juda katta yordam berayabdi

Nazarimda yaqin kunlarda "AI dan foydalanish kerakmi?" emas aksincha "AI dan qanday samaraliroq foydalansa bo'ladi?" degan sav ollar kopayadi.
Hozrgi vaziyatda AI dan samaraliroq foydalangan kishi tezlikda ham sifatda ham jamoada oldinda yuradi

O'z fikringizni izohda kutib qolamiz

@abdulazizbek_coder
🔥9
Forwarded from Xamidullo Xudoyberdiyev (Xamidullo Xudoyberdiyev)
Yaqinda do‘stim bir loyiha dizaynini autsorsing qilayotganini aytdi.
Yonidagi tanishi undan so‘radi: "Nega o‘zing AI'dan foydalanib qila qolmayapsan?"

Men dizaynni chiroyli yoki chiroyli emasligini ajrata olaman. Lekin chiroyli narsa qila olmayman.
Bu ikkisi orasida yer bilan osmoncha farq bor.

"Bilish" va "qilish" — butunlay boshqa narsalar.
Men dizaynerlik kasbini hurmat qilaman, chunki o‘zimning chegaramni bilaman.
AI menga vosita beradi, lekin u mendagi estetik bilimning yo‘qligini to‘ldira olmaydi.

AI'dan chiqadigan natija — bu mening did va tushunchamning aksi.
Agar men dizaynni tushunmasam, AI ham menga yaxshi dizayn chiqarib bera olmaydi.

Aslida men autsorsing qilayotganda dizayner AI ishlatadimi yoki Photoshop'da qo'‘da chizadimi — bu meni qiziqtirmaydi.

Men iste'dod va yillab to‘plangan tajribani sotib olyapman.

@botirziyatov
🔥5