AL-BUKHARI ACADEMY IN PHILADELPHIA
32 subscribers
14 photos
14 videos
1 file
8 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Minnatdorchilik

ABA Academy Summer Camp 2026 o‘quvchilarimizni o‘z mehmonidek samimiy kutib olib, mazali tushlik bilan siylagan U-MEAT Doner House jamoasiga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.

Sizlarning saxovatingiz, mehmondo‘stligingiz va bolajonlarga ko‘rsatgan e’tiboringiz o‘quvchilarimiz uchun unutilmas xotiralardan biriga aylandi.

Alloh taolo tijoratingizga baraka, rizqingizga kenglik, oilangizga fayzu xotirjamlik ato qilsin!


ABA ACADEMY
❤1🥰1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍦 Sponsor Appreciation

A sincere thank you to JANA Transportation for treating our ABA Academy Summer Camp 2026 students to ice cream.

May Allah bless your business and reward your generosity


ABA ACADEMY
❤1🥰1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alhamdulillah! 🌿

ABA Academy Summer Camp 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bir oy davomida bolalarimiz Qur’on, islomiy odob-axloq, sport, sayohatlar va qiziqarli mashg’ulotlar orqali nafaqat bilim oldilar, balki unutilmas xotiralarni ham yig’dilar.

Ushbu dasturda qatnashgan barcha o’quvchilarimiz, ota-onalarimiz, ustozlarimiz va homiylarimizga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.


ABA ACADEMY
🥰1👏1🕊1
📢 RO‘YXATDAN O‘TISH HALI HAM DAVOM ETMOQDA!


Alhamdulillah, ABA Academy Full-Time Hifz Program & Madrasa uchun qabul hali ham davom etmoqda.

Hozirda quyidagi sinflarga kiradigan o‘quvchilar qabul qilinmoqda:

👦 4-sinf
👦 5-sinf
👦 6-sinf
👦 7-sinf

📚 Har bir o‘quvchi dasturga qabul qilinishidan oldin ustozlarimiz bilan suhbat va bilim darajasini aniqlash uchun baholashdan (assessment) o‘tadi.

⚠️ Joylar soni cheklangan. Barcha o‘rinlar to‘lgach, qabul yakunlanadi.

📍 Manzil:
ABA Academy
10663 Bustleton Ave
Philadelphia, PA 19116

📞 Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
267-699-9309

ABA Academy
Qur’on • Ilm • Tarbiya • Yetakchilik

Farzandingizning diniy ilmi, ta’limi va kelajagiga bugundan sarmoya kiriting.
📢 BO’SH ISH O’RNI

ABA Academy After School Program o’g’il bolalar uchun Qur’on ustozi ishga taklif etiladi.

Talablar:

Qur’on dars bera olishi
Bolalar bilan ishlash tajribasi va yaxshi muomala
Ingliz tilini bilishi maqsadga muvofiq

Ish vaqti:

Haftasiga 3 kun
Soat 5:00 PM dan keyin

Ish haqi:
Oylik maoshi suhbat (interview) natijasiga ko’ra kelishiladi.

Agar o’zingiz qiziqsangiz yoki munosib nomzodni bilsangiz, biz bilan bog’laning.

Tel: 267 699 9309

📍 Location:
10663 Bustleton Ave, Philadelphia, PA 19116

ABA ACADEMY
We invite our community to nominate Imam Fayzulloh Ismoil for the 2026 Philadelphia Welcoming Awards in the Education Excellence Award category.

Imam Fayzulloh currently serves at Masjid Al-Bukhari and leads educational efforts at ABA Academy in Northeast Philadelphia.
📍 10663 Bustleton Avenue, Philadelphia, PA 19116


Through his dedicated service, Imam Fayzulloh has become a trusted educator, mentor, and community leader for Central Asian immigrant families and the wider Muslim community in Philadelphia.

His contributions include:

• Educating and mentoring immigrant children and youth
• Leading and developing ABA Academy’s educational programs
• Providing guidance and support to parents and families
• Serving the community in Uzbek, Russian, Arabic, and English
• Welcoming new Muslims and newly arrived immigrant families
• Leading Ramadan programs, Taraweeh prayers, Eid prayers, and community gatherings
• Building partnerships with local organizations and neighboring communities
• Encouraging respectful and positive relationships with neighbors
• Representing the community at local and government meetings
• Helping Central Asian immigrant families preserve their faith and identity while becoming responsible and contributing members of American society

If Imam Fayzulloh’s service has positively impacted you, your family, or our community, we encourage you to recognize his work by submitting a nomination.

✨Nomination deadline: Saturday, August 22, 2026

Nomination form:
https://forms.gle/jwqt8bVSB3RdFjd97




👉 Let us come together to recognize a leader whose service continues to educate, guide, and strengthen our community.


“MASJID AL-BUKHARI”
“ABA ACADEMY”
Imom_Fayzulloh_Ismoilni_Nominate_Qilish_Qollanmasi.docx
38.7 KB
✨ Azizlar Imom Fayzulloh Ismoil domlani nominate qilish uchun formani qanday to‘ldirish bo‘yicha tayyor qo‘llanma. Bir necha daqiqa ajratib, ustozimizning xizmatlarini birgalikda e’tirof etaylik!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Azizlar, avval e’lon qilganimizdek, Dr. Salah Abu al-Haj 12–13-sentabr kunlari Masjid Al-Bukhari’da ikki kunlik maxsus ilmiy dastur o‘tkazadilar, inshaalloh.

Barchangizni taklif qilamiz!

—

Dear Community Members, as previously announced, Dr. Salah Abu al-Haj will visit Masjid Al-Bukhari for a special two-day program on September 12–13, 2026.

Everyone is warmly invited.

📍 10663 Bustleton Ave, Philadelphia, PA 19116
Azizlar ko‘plab oilalar yozgi ta’tildan Amerikaga qaytib kelgani sababli, ota-onalardan ABA Academy Full-Time Hifz Program dasturiga kechroq qabul qilish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bo‘ldi.

Ota-onalarning iltimos va tavsiyalariga binoan, qabul shu hafta davomida ham davom etadi. 4–7-sinflarga o‘tuvchi munosib talabalar suhbat va sinov asosida cheklangan miqdorda qabul qilinishi mumkin.

📚 Dasturimiz:

• Qur’onni to’liq yodlash
• Onlayn umumta’lim fanlari
• Islomiy ta’lim
• Odob-axloq va yetakchilik tarbiyasi

📍 ABA Academy
10663 Bustleton Ave
Philadelphia, PA 19116

📲 Ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram:
@abaacademy_info

ABA Academy
Qur’on • Ilm • Odob • Yetakchilik
Alhamdulillah✨
Bugun jamoatimiz uchun qadrli mehmon, O‘zbekistondan tashrif buyurgan Ustoz Abdulhamid Jumanov bilan manfaatli va mazmunli suhbat bo‘lib o‘tadi.
📖 Suhbat shom namozidan so‘ng Masjid Al-Bukhari’da bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu go‘zal suhbatda ishtirok etib, ilm va nasihatlardan bahramand bo‘lishga taklif qilamiz. 🤲

📍 Masjid Al-Bukhari
10663 Bustleton Ave, Philadelphia, PA 19116
Yaqinlaringizni ham taklif qilishni unutmang!
_
Alhamdulillah✨
We are pleased to welcome our honored guest, Ustoz Abdulhamid Jumanov, visiting from Uzbekistan, for a beneficial and inspiring gathering with the Masjid Al-Bukhari community.

📖 The gathering will take place after Maghrib prayer at Masjid Al-Bukhari.
We warmly invite everyone to join us and benefit from this beautiful opportunity for knowledge, reflection, and sincere reminders. 🤲

📍 Masjid Al-Bukhari
10663 Bustleton Ave, Philadelphia, PA 19116
Don’t forget to invite your family and friends!

🌙  MASJID AL BUKHARI

Telegram |  Instagram | YouTub
FARZAND TARBIYASI — KATTA MAS’ULIYAT

Bugun shom namozidan keyin
🇺🇿 O‘zbekistondan tashrif buyurgan mehmon ulamo
Ustoz Abdulhamid Jumanov bilan

📖 Farzand tarbiyasi mavzusida
manfaatli suhbat bo‘lib o‘tadi.

📍 Masjid Al-Bukhari

10663 Bustleton Ave, Philadelphia, PA 19116
Barchangizni ushbu suhbatga taklif qilamiz!

_

RAISING CHILDREN — A GREAT RESPONSIBILITY

Tonight, after Maghrib prayer,
we will have a beneficial talk on

📖 Raising Children in Islam
with visiting scholar from Uzbekistan
Ustoz Abdulhamid Jumanov

📍 Masjid Al-Bukhari

10663 Bustleton Ave, Philadelphia, PA 19116
Everyone is warmly invited!

🌙  MASJID AL BUKHARI

Telegram |  Instagram | YouTube
📖 QUR’ON MUSOBAQASI 2026

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Shimoliy Amerikadagi o‘zbek musulmonlari o‘rtasida navbatdagi Qur’on Musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Musobaqa haqida batafsil ma’lumot, yo‘nalishlar, yosh toifalari, qoidalar va ro‘yxatdan o‘tish uchun:

👉 https://northamericaquran.netlify.app/#top

📞 Savollar uchun: +1 530 730 0000

https://t.me/ShimoliyAmericaQuronMusobaqasi
🔤🔤🔤🔤❗️

💐Ayollar va qizlar uchun onlayn Islomiy ta’lim💐

Amerikada yashayotgan opa-singillarimiz uchun yangi imkoniyat!

Endilikda o‘z uyingizdan turib,Qur’on va zarur Islomiy ilmlarni tartibli ravishda online o‘rganishingiz mumkin.

Dars yo‘nalishlari:

Qur’on
Fiqh
Aqida
Siyrat
Odob va tarbiya

Ustozalarimiz haqida:

Darslar O‘zbekistondagi rasmiy madrasa va ma’hadlarda tahsil olgan, bir necha yillik dars berish tajribasiga ega, ayni paytda Al-Azhar Ash-Sharifda Islom va Shariat yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichida tahsilini davom ettirayotgan ustozalar tomonidan olib boriladi.

Darslar Amerikada yashayotgan opa-singillarimizning vaqt sharoiti va ehtiyojlarini hisobga olgan holda onlayn tashkil etiladi.

Qabul haqida:

Dars jadvali • Kurs davomiyligi • To‘lov • Ro‘yxatdan o‘tish
haqidagi batafsil ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

ABA Academy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://www.instagram.com/albukhari.masjid/live/17930910468389801?stkn=MXd1eGl6NDJzbTBqcQ==


Ushbu havola orqali instagram tarmog’idagi jonli efirga ulanishingiz mumkin
Yoshlikda olingan bilim — toshga o‘yilgan naqshdir!

Inson ongi bolalik chog‘ida oq qog‘oz kabi beg‘ubor, qabul qilish qobiliyati esa eng yuqori nuqtada bo‘ladi. Dono xalqimiz bejizga bu davrda o‘zlashtirilgan ilmni toshga o‘yilgan bitiklarga qiyoslamagan: yillar o‘tsa-da, toshdagi naqsh o‘chmaydi, mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bolalikdan ilmga mehr qo‘yish shaxsning butun umrlik dunyoqarashini, odob-axloqini va tafakkurini belgilab beradi. Buni butun jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz hayotida yaqqol ko‘rishimiz mumkin:

Imom al-Buxoriy hali 10 yoshga yetmasdan Qur’oni Karimni to‘liq yod olgan, o‘n yoshidan boshlab hadislarni roviylari bilan birga puxta o‘rgana boshlagan. Ilk yoshda shakllangan bu quvvai hofiza va zehn keyinchalik Islom olamining eng mo‘tabar manbalaridan birini yaratishga zamin bo‘ldi.

Abu Ali ibn Sino 10 yoshida Qur’on va adabiyot ilmlarini mukammal egallab, 16 yoshidayoq tabobatda o‘z davrining yetuk allomalari bilan bahslasha oladigan darajaga yetgan.

Alisher Navoiy 4 yoshidayoq Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostonini yod olib, she’riyat va ijod olamiga ilk qadamlarini qo‘ygan. Bu erta boshlangan izlanish turkiy tilning qudratini dunyoga tanitgan buyuk merosga aylandi.

Siz shunday buyuk ajdodlarning vorislarisiz. Ularga munosib avlod bo’lishga intilishingiz lozim. Buning uchun ilm yo’liga kiring. Zero, asoslari mustahkam qo‘yilgan ilm insonni turli yot g‘oyalar va adashishlardan himoya qiluvchi ma’naviy qalqondir.

📍 Al-Bukhari Islamic Academy in Philadelphia
❤1
💐 Ayollar va qizlar uchun onlayn Islomiy ta’lim

Qabul davom etmoqda.

📚 Qur’on • Fiqh • Aqida • Siyrat • Odob va tarbiya

Darslar tajribali ustozalar tomonidan Amerikada yashayotgan opa-singillarimiz uchun onlayn olib boriladi.

📩 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
Telegram: @NISO6202

ABA Academy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 QUR’ON MUSOBAQASIGA 45 KUN QOLDI!

31-oktabr – 1-noyabr kunlari Orlandoda bo‘lib o‘tadigan Qur’on Musobaqasi 2026 yaqinlashmoqda.

Farzandlaringiz ishtirokini va safaringizni hozirdan rejalashtiring.

Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmang!

📍 Orlando, Florida
📅 31-oktabr – 1-noyabr, 2026


🌐 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:

https://northamericaquran.netlify.app/#top

📞 Savollar uchun: +1 530 730 0000

🤲 Qur’on atrofida birlashaylik!