Channel created
H
#tanlov

#Bismillah


«Islomga bag'ishlangan umr» kitobidan tanlov savollari 📚


1. «Movarounnahr» nashriyotini tashkil etish va uning qaddini ko'tarishda kimning katta xizmatlari bor?

2. Hazrat haqida kim xotira kitob yozmoqchiligini ta'kidlagan?

3. Hazratning ona tarafdan buvilarining ismi?

4. Muhammad Sodiq «Ramazon» qo'shig'i aytayotgan bolalarga qo'shilsa ham, nega unga hech narsa berilmaydi?

5. Bir poralik Qur'on yodlashga qanday mukofot berilgan edi?

6. Shayx hazrat talabalik davrlarida kimning qiroatining magnit lentaga yozdirib olgan edi?

7. Islomni qabul qilishga moyil bo'lgan tabiiy xilqat nima?

8. Buloqboshidagi madrasaga kimning nomi berilgan?

9. Hazratning onalari qaysi ko'rsatuv sabab televizor sotib olganlar?

10. «Hadis va hayot» kitobi qaysi olimning kitobining sharxi va tarjimasi hisoblanadi?

11. Ismoil mahdum Sattiyev hazrat haqida dastlab kimdan so'raydi?

12. Hazrat bir safar yurtga ta'tilga kelganda Muhammad Amin domla qancha kitob o'qiganini so'raganda nechta deb, javob beradi?

13. Maktab uzoqligi uchun Hazratni 1-sinfligida maktabga kim eltib qo'yar edi?

14. Suriyaning o'sha paytdagi bosh muftiysi?

15. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning onalari kimning qizi bo'lgan?

16. Sobiraxon aya asli qayerlik edi?

17. Muhammad Yusuf hoji dada to'ng'ich farzandini hunar o'rgansin, deya kimga shogirdlikka beradi?

18. Rus muallimi uyga vazifa qilib ariza yozish berganda shayx hazratlari nima haqida yozgan edi?

19. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
Ummu Honi' roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: « ... boqinglar, chunki unda baraka bordir», dedilar».
(Ahmad kanali)

20. Hazratning katta qizlarining ismi?

21. Muftiy hazratning kotiblari kim edi?

22. Hazratning to'ng'ich farzandlarining nikohlari qayerda bo'lgan edi?

23. Muhammad Yusuf hoji dada qayerdagi masjidda xizmat qilgan edi?

24. Muhammad Yusuf hoji dada boshlang'ich diniy ta'limni kimdan olgan?

25. Hazratning to'ng'ich farzandlari?

26. Muhammad Yusuf hoji dada qaysi madrasa(lar)da ta'lim olgan?

27. Oltin nishon bermaslik uchun shayx hazratning maktabdagi qaysi fani «4» qilingan edi?

28. Sobiq ittifoq davrida O'zbekistonda nechta masjid bor edi?

29. Shayx Hazratning singillarining ismi?

30. Hazratimizning ukalari Muhammad Amin domla nechanchi yilda tug'ilgan?

👉Javoblar 21:25 gacha qabul qilinadi;
👉Javoblarni bitta matnda, tahrirlanmagan (edit qilinmagan) holda ism-familiyangiz bilan birga yozib yuborishingiz shart;

👉Javoblarni yuborish uchun:
@Hazratim_izdoshlari_bot

💬 Telegram 📹Youtube
👍2👎1
1. T. Malik qande yordam kerak deb boradi. Lekin kmligi etilmagandi."Movarounnahr musulmonlari" deb ataldi. Shayx hazratlari oʻzi bosh boʻlgam
2. Tomir Malik ustoz
3. Hayit ena onasini ayasi Qunduzxon ona esa adasini
4. Chunki oʻgʻlingz bz bln qoʻshilib Ramazan etmadi deydi
5. Yugidon yoki yugidan nomli radio
6. Halil Husraviyni
7.
8. Zahriddin Muhammad Bobur nomi beriladi. Lekin buloqboshiga amalyot oʻtagan masjid nomi qirgʻizboy edi
9. Maʼrifatnoma koʻrsatuvida oʻgʻlini koʻrish maqsadida
10.shayx Mansura Ali Nosif
11. Zokirjon Ismoilov domladan.
12. 260ta deydi ukasi soʻraganda. Oʻrtogʻi soʻraganda 300dan oshdi deydi
13.
14. Ahmad Kuftaru hazrat
15. Tilakberdi qizi
16. Andijonni marhamat tumani qoraqoʻrgʻon qishlogʻidan
17.
17. Etikdozga
18. Qoravullik stadionga
19. Qoʻy boqing
20. Odinaxon
21. Muhammad amin ustoz
22. Liviya
23. Buloqboshids
24. Mulla parpi domladan
25. Ismoiljon
26.mir arab
27. Geometriya
28.80ta
29. Tojiniso
30. 1954