⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
🕊 Telegram 📱Instagram

Yangiliklardan habardor bo’lish uchun
Kuzatib boring👇
🕊 Telegram 📱Instagram
Doktorining xatosi yerga ko'miladi,
Muhandisning xatosi yerga qulaydi.
O'qituvchining xatosi yerda yuradi...
@Ziyobey01
Muhandisning xatosi yerga qulaydi.
O'qituvchining xatosi yerda yuradi...
Xayrulla Hamidov
@Ziyobey01
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢O'zbekistonda aholining o'sib borish dinamikasi. Viloyatlar bo'yicha. 1950-2025-yillar.
📲 @Ziyobey01
📲 @Ziyobey01
💸 Mobil aloqa xizmatlari narxlari yil boshidan buyon 9,8 foizga qimmatlashgan
🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyida mobil aloqa xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.
📱 Mazkur turdagi xizmatlar narxlari yil boshidan buyon 9,8 foizga oshgani kuzatilgan.

Qiyin davrlardagi umidbaxsh kun. Oʻzbeklar Yangi yil bayramini qanday oʻzlashtirdi?
Hozirda bolalar orziqib kutuvchi, u haqda oʻnlab filmlar olingan, deyarli butun sayyora nishonlovchi Yangi yil bayrami atigi bir asr oldin juda kichik doiralardagina bayram qilinar edi. Jumladan, Oʻzbekistonda ham bu bayram faqat 1960-yillardan ommaviy tantana qilina boshlangan. Xoʻsh, bu ayyom qay tariqa oʻzbeklar hayotiga kirib keldi?
Batafsil

Sohibqironning yoquti hozir kimning xazinasida saqlanadi?
Amir Temur yoquti dunyoga mashhur toshlardan biri hisoblanib, uning birinchi egasi Sohibqiron bo’lgani uchun shunday nomlangan. Biroq uning yoqut deyilishi noto‘g‘ri. Aslida ushbu tosh qizil shpinel (tabiatda yana qora, ko‘k, jigarrang va pushti ranglarda uchraydi) bo‘lib, uning xususiyatlarini o‘rgangan olimlar 1851-yilda shunday xulosaga kelishgan. 361 karat og’irlikdagi Amir Temur yoquti ustida uning egalari bo‘lmish oltita ism o‘yib yozilgan:
1. Temuriy, Mirzo Ulug‘bek (1449-yildan avval)
2. Safaviy, Shoh Abbos I (1617)
3. Boburiy, Jahongir (1621)
4. Boburiy, Shohjahon (sanasiz)
5. Boburiy, Olamgir (Avrangzeb) (1659–1660)
6. Durroniy, Ahmadshoh (1754–1755)

Ma'lumotlarga ko'ra, tosh ustiga o‘yilgan barcha ism-shariflar saqlanib qolmagan. Gap shundaki, Temur yoqutining yangi egasi o‘z ismini avvalgilarni o‘chirish evaziga o‘ydirgan. Avvaliga 1398-yili Amir Temur o‘z ismini bitgan bo‘lsa, so‘ng uning to‘rtinchi o‘g‘li Shohrux Mirzo, keyin Mirzo Ulug‘bek, Abbos I, Boburiy hukmdorlar – Jahongir, Shohjahon (toshda u Sohibqironi Soniy tarzida keladi), uni taxtdan ag‘dargan o’g’li Avrangzeb, Muhammad Farruh Suyar, Nodirshoh, Ranjit Sinh galma-galdan ismlarini o‘ydiradilar.
1849-yil Lahordagi Ost-Indiya kompaniyasi askarlarining bosqinchilik harakatlari paytida tosh inglizlar qo‘liga o‘tadi. Ammo u zargarlar tomonidan topilib, ustidagi bitiklari o‘qilmaguniga qadar Britaniya xazinalarida yotadi. Toshga bitilgan haqiqatlar ochilgach, u ingliz qirolichasi Viktoriyaning qo‘liga kelib tushadi va Bukingem saroyining Hind xonasida uzoq yillar saqlanadi.Ayni vaqtda “Temur yoquti” Britaniya taxtiga tegishli emas, uni quvaytlik shayx Nosir as-Sabah sotib olgan.

🇲🇳Mo‘g‘ullarning “yumshoq kuchi” – Chingiziylarning qo‘ng‘irot kelinlari (ikkinchi maqola)
Bu nikoh siyosati tufayli qo‘ng‘irot qabilasi XIII–XIV asrlarda Yevrosiyoning eng qudratli oilalaridan biriga aylandi.
👛Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4261

Milliy terma jamoamiz JCH-2026dan qancha pul ishlab topadi?
⚽️FIFA Kengashi 2026-yilgi jahon chempionatiga 727 million dollar miqdorida rekord darajadagi moliyaviy hissa qo‘shishni ma’qulladi, bu Qatardagi jahon chempionatidan 50 foizga ko‘p.
💲Qayd qilinishicha, ishtirokchi milliy jamoalar tayyorgarlik jarayoni uchun 1,5 mln dollar, shuningdek, 33-48-o‘rinlarni egallagan jamoalar 9 mln dollar oladi. Bu har bir milliy jamoa, jumladan O‘zbekiston ham kamida 10,5 mln dollar olishini anglatadi.
Jamoalar o‘rniga qarab mukofot quyidagidek taqsimlanadi:
- 17-32-o‘rinlar $11 mln;
- 9-16-o‘rinlar $15 mln;
- 5-8-o‘rinlar $19 mln;
- 4-o‘rin $27 mln;
- 3-o‘rin $29 mln;
- 2-o‘rin $33 mln;
- Chempion $50 mln.
☑️FIFA prezidenti Janni Infantino 2026-yilgi Jahon chempionati “global futbol hamjamiyatiga moliyaviy hissa qo‘shish nuqtai nazaridan ham inqilobiy bo‘lishini” ta’kidladi.

Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.
@Ziyobey01
@Ziyobey01
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👳♀Saripul jangida Bobur mag‘lubiyatining asl sababi nimada❓
🌟🌟1501 yil aprel oyida Zarafshon yaqinidagi Saripul qishlog‘ida Bobur va Shayboniyxon o‘rtasidagi jangda Bobur mag‘lubiyatga uchraydi. Bobur bu jangdagi mag‘lubiyatning asosiy sababini yordamchi mo‘g‘ul askarlarining xiyonatlarida ko‘rsa-da, bundan boshqa sabablar ham borligini inkor qilib bo‘lmaydi. Bularning birinchisi, Boburning munajjimlar bashoratiga quloq solishi bo‘ldi.
⏺Voqea tavsifi shuki, har ikki tomon 5-6 kun davomida bir-biri qarshisida jangsiz holatda, turli harbiy taktikalar tuzish rejasi bilan turgan. Bobur esa ataylab jangni kechiktirishga uringan. Bunga sabab, Hirotdan Husayn Boyqaro tomonidan yuborilgan Qanbar Ali boshchiligidagi ikki ming atrofidagi yordamchi kuchlar Keshga yetib kelgan bo‘lib, ikki kunda Boburga qo‘shilishi kerak edi. Boburning tog‘asi Sulton Mahmudxonning Sayyid Muhammad boshchiligida yuborgan bir ming besh yuz atrofidagi yordamchi kuchlari ham ertasi kuni tongda yetib kelishi kerak edi. Shunday vaziyatda masalaga munajjimlar aralashib, shu kunda sakkiz yulduz oraliqda turganligini, agar bir kun o‘tsa, ikki hafta davomida sakkiz yulduz dushmanning orqasida bo‘lishi, bu esa kechiktirmay jangga kirish va g‘alaba qozonish lozimligini anglatadi, deb bashorat qilib, Boburni yordamchi kuchlarni kutmasdan, jangga kirishga da’vat etganlar.
⏺Ikkinchisi esa, harbiy strategiyadagi xatosi va bu borada Muhammad Shayboniyning ustamonligidir. Bunda jang oldidan Bobur qo‘shinni odatdagidek safga tizib, eng sara sarkardalari, ichkilar (Odatda ichkilar deb saroyning hukmdorga yaqin amaldorlari aytiladi. “Boburnoma”ning ba’zi o‘rinlarida xos soqchilar, tan qo‘riqchilar (chuhralar, xosa tobin) ham ichkilar deb ta’riflangan. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu o‘rinda ham ichkilar xos soqchilar bo‘lgan bo‘lishi, ehtimol. – A.Z.) va mohir jangchilarni qo‘shinning irovul (qorovul, markazda, qo‘shinning oldi qismida boruvchi bo‘linma) qismida joylashtiradi. Shayboniyxon esa qo‘shin qanotlariga tajribali sarkardalar bo‘lgan Mahmud sulton, Hamza sulton va Mahdi sulton rahbarligidagi kuchli otliqlarni joylashtirgan.
⏺Shayboniyxonning harbiy razvedkasi Boburning harbiy kengashi sirlaridan voqif bo‘lgan bo‘lishi ehtimol. Chunki, Muhammad Shayboniy asosiy e’tiborni qanotlarga qaratib, to‘lg‘amani qo‘llaganligi, dushmanning harbiy taktikasini oldindan bilganligidan va harbiy razvedkasi yaxshi ishlaganligidan dalolat beradi. Muhammad Shayboniyning boshqa yirik janglari tahlil qilinganda, ularning hammasida ham to‘lg‘ama usuli ishlatilavermaganligini, dushmanning kuchi, imkoniyati va jang usullariga qarab o‘z taktikalarini o‘zgartirib turganligini ko‘rish mumkin. Jang boshlanishi bilan, Shayboniyxonning qanot qismlari Bobur jangchilarining barong‘or va javong‘orini ortga surib tashlab, markaz qismning orqasidan yorib kirgan. Natijada, qo‘shinning chindovul (oqa qism – aryergard) qismida turgan Bobur asosiy qismdan ajralib qolgan va qurshovga tushib qolmaslik uchun, chekinishga majbur bo‘lgan.
📚 "O'rta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim noma'lum sahifalari"
©T.f.d, prof. Akbar Zamonov
😊@hstpkiut😊

Teshiktosh gʻoridan topilgan neandertal odamning yoshi baʻzi tadqiqotchilar tomonidan 8-9, baʼzilari tomonidan esa 11-12 yosh deb taxmin qilinadi.
Koʻpgina kitoblarda unga nisbatan «neandertal bola» iborasi ishlatiladi, biroq bu notoʻgʻri boʻlib, oʻrta paleolit davri uchun bu oʻrta yosh hisoblangan. Yaʼni oʻrta paleolit davrida insonning oʻrtacha umr davomiyligi 25 yil boʻlgan.
Suratda Teshiktosh gʻoridan topilgan neandertal odamning 3D tasviri.

Формула-1 афсонаси Михаэль Шумахер билан боғлиқ бахтсиз ходиса рўй берганига бугун 12 йил бўлди. 2013 йил 29 декабрь кунидан бери оила аъзолари хоҳиши билан аҳволи сир тутилади. Оғир комадан кейин қисман ўзига келган, бироқ мустақил ҳаракатлана ва гаплаша олмайди. У билан фақат оила аъзолари мулоқот қилади ҳамда маълумот тарқатмаслик шарти билан 15 нафар тиббиёт мутахассислар қарайди. Дўстларидан фақатгина Феррари жамоасидаги собиқ раҳбари Жан Тоддга рухсат берилган.
Михаэль Шумахер Формула-1 пойгаларини янги даражага олиб чиққан, ўз номини тезкор пойгачилар учун брендга айлантирган, кетма-кет 5 бор жаҳон чемпионига айланиб рекорд ўрнатган буюк спортчи ҳисобланади. Тақдир тақозоси билан 300 км тезликда юриб шунча тўқнашувларда омон чиққан германиялик пойгачи, чанғи учаётганда йиқилиб шу аҳволга тушди.
@Davron_Fayziev

2025-yil sarhisob.
Men uchun bu yil omadli va barakali yil bo‘ldi.
Yanvar oyida Yangi uyga ko'chib o‘tdim.
May oyida tarix fanidan Milliy sertifikat oldim.
Iyun oyida Jahon tarixi nomli kitobim nashrdan chiqdi.
Sentyabr oyida yangi ishga joylashdim.
Oktyabr oyida Tarix fanidan attestatsiyadan qatnashib oliy toifa va 70% ustamani qo‘lga kiritdim.
Dekabr oyida Terdu daktarantura kirdim.
Yil davomida juda ko‘plab yutuqlarga erishdim .
Bu yutuqlarga erishishda oilam va ota-onamni mehnatlari va duolari katta yordam berdi.
Alhamdulillah Ollohga shukur.
2026-yil ham reja qilgan ishlar va maqsadlarga inshaalloh erishamiz.
2026-yilgi maqsadlar inshaallohdan yil yakuniga borib Alhamdulillah bo‘lsin nasib.
🤲🤲🤲🤲

👍10👏2❤1
⚡️ Yangi yil bu - yangi sahifa! ⚡️
Hayot varog'ingizni yangi 2026-yilgi sahifasi ezgu amallarga, yaxshiliklarga, katta-katta natija va muvaffaqiyatlarga to'lsin.
Xato va kamchiliklarimizni tahlil qilaylik va saboq chiqaraylik. Har bir kunimiz g'animat, o'tkinchi dunyo hoyu havaslariga aldanib qolmaylik. Vaqtni qadriga yetib shunday yashaylikki ortimizdan faqat yaxshi nom bilan eslashsin.
2026-yilingiz barakali va xayrli kelsin!

👏3👍1
Bir erkakning qalbida to‘rt ayol joylashadi:
1. Onasi;
2. Ayoli;
3. Opasi yoki singlisi;
4. Qizi.
Birinchisini rozi qilish Alloh Taoloning roziligi;
Ikkinchisiga marhamat ko‘rsatish Rosululloh sallollohu alayhi vasallamning vasiyati;
Uchinchisiga e’tibor qaratish erkakka baraka keltiradi;
To‘rtinchisini husni xulq qilib tarbiyalash esa jannatga ochilgan bir eshikdir.
Xo‘sh erkaklar ! Sizlarning qalbingizda quyidagilarni nechtasi joylashgan?

❤2👍2