Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
273 subscribers
1K photos
296 videos
41 files
280 links
Ushbu kanal kaminaning kundalik telegram sahifasi.
Shaxsiy: @sardor_erjigitov
Kasbiy kanal: @Sardor_teaches
Qo'shimcha kanal: @wowo_kid
Download Telegram
5 yil deganda yig'ilaolgan beshovlon!

Bugun bitiruvchilar kuni, bizning bitirganimizga 17 yil bo'libdi.

Ikki kun oldin bu munosabat bilan 5 kishi Toshkentda yig'ilaoldik!
👍4🔥42
Facebook da bir vaqtlar ulashgan xabarimni izlayotgan edim, boshqa ikkita share qilgan xabarimga ko'zim tushib qoldi.

Qurbon hayit arafasi, Arafa kuni muborak bo'lsin, Dindoshlar!
👍43
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu dunyo bir ajib joydir...

Facebookdagi xabar videosi. Ajoyib she'r, qayta tinglab, o'zimga eslatma oldim!
5
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
Sarig'imiz Yashilga aylandi Do'stlar!!! Endi biz Xususiy maktab sifatida faoliyat ko'rsata olamiz. Juda qattiq mashaqqatlar bilan LITSENZIYA (ruhsatnoma) ni qo'lga kiritdik! @zakoiy
Maktab - bizni ham saviyamizni oshirayapti.

Maktab ochish, litsenziya olish, texnik masalalarni bajarish, Litsenziya talablarini bajarish hammasi kamina uchun yangilik bo'ldi. Bu jarayonda izlandim, xato qildim, adashdim, ko'p insonlar bilan muloqot va muomalalar qildim. O'zim uchun yangi tanish (networking) va tajribalar orttirdim.

O'quvchilarni maktabdan maktabga ko'chirish va chiqarish, ERP baza, ADM baza va hk kabilarni bajardim. Hatto, usta topolmay qolgan paytda santexnika ishlarini ham o'zim qilishimga to'g'ri kelgan paytlar bo'ldi.

Endi esa maktabning Moliya va Buxgalteriya ishlarini o'rganayapman, bank operatsiyalarini va tranzaksiyalar.

Shu paytgacha hisob raqamdan plastik kartaga qanday pul o'tkazilishi bo'yicha nazariy tushuncham bor edi, lekin amalga oshirish men uchun bir tog'day KATTA ishdek tuyulardi. Bugun shu ishni amalga oshirib o'zimdan xursand bo'lib o'tiribman, chunki bu ishni buyog'iga ko'p bora takrorlaymiz.

Hali o'rganadaigan va amalga oshiradigan ishlar talaygina. Yo'ldamiz..
4🔥4👏3👍2
"What if..." mavhumligi

BookCoffeda kitobxonlikni rivojlantirish bõyicha kõp muhokamalar bõladi. Unaqa qilish kerak, bunaqa qilish kerak...
Gruppadagi muhokama yozishmalarining birida, dõstimiz tomonidan "shu ishni ham qilaylik, qilmasak ertaga "shu ishni qilganimizda edi"- degan "what if" mavhumligida qolib ketishdan yomoni yõq" - degan mazmundagi jumla yozildi.

Negadir shu kundan beri "what if" mavhumligi degan joyi meni miyamda aylanadigan bõlib qoldi. Oxiri qog'ozga tõkib qutulmasam deb shu postni yozishni boshladim.

Ingliz tilini bilmaydigan ziyrak õquvchimiz, "what if" ning ma'nosini tushundi. Shunday bo'lsada aytib ketaman, "what if.." - "nima bõlardi, agar.."

Hayotimiz davomida bunaqa õylarga juda kõp bor duch kelganmiz balki. "Mana bu õqishga kirganimda nima bo'lardi...", "Bu qizni tanlaganimda nima bõlardi ..." "Bu yigitga t/chiqqanimda nima bõlardi...", " bu yerda ishlaganimda nima bõlardi..." va hk. Kaminaga yoshligida "qaniydi vaqtni bir soatga, bir kunga, bir yilga... orqaga qaytarib mana bu ishni bunday qilib tõg'rilab olsam edi" - kabi fikrlar negadir kõp kelardi. Qilgan ishidan, holatidan, õzidan kõngli tõlavermas edi. Balki sizda ham shunday holatlar bõlgandir.

Keyin oxiri bunaqa õylashni tõxtatish kerakligi, baribir vaqtni ortga qaytarib bõlmasligi, undan kõra kelajakda bunday holatga tushmaslik uchun hozir nima qilish kerakligini õylaydigan bõldi. Shunda, õzi uchun bir qoida chiqardi: “Afsuslanadigan ish qilma, qilgan ishinga afsuslanma”.

Bu qoida bilan ancha muddat hayotiga tadbiq qilib yurdi, lekin ilmsizlik va tajribasizlik oqibatida qandaydir xatolarga, notog’ri tanlovlarga yõl qõyib qõyaverdi. Lekin har holda “vaqt orqaga qaytib qolganda edi…”
degan bekorchi hayollar endi yõq edi. Faqat shu vaziyatlarning chuqur tahlillari, sabab - natijalari haqida õylaydigan bõlib qoldi.

Ma’lum xatolardan olingan tajribalar hamda uni sõngida izlanib olingan ilmlar va õqilgan kitoblar natijasida bõlgan hodisalarning hikmatini tushuna boshladim. Ichimdagi tartibsizliklar bir qadar tartiblanganligini his qildim. Endi aytadigan gaplarim, beradigan taklif va maslahatarim ma’lum bir asosga egaligini his qila boshladim.

Õzimga ishonchim orta boshladi, xato qilishdan, tavakkal qilishdan chõchimaydigan, keskin qarorlar qabul qilaoladigan, hamma takliflarga hõp deyavermaydigan insonni shakllantira boshladim. Lekin hanuz ham xatolardan holi emasmiz, kamchiliklarimiz yetarli lekin ularga nisbatan yondashuv õzgardi. Hamma narsadan hikmat izlay boshladim.

Biror ishni qilishda “what if” mavhumligi hali ham paydo bõladi, qilish kerak bõlgan ishlarni qilaman muhim qarorlar qabul qilishda esa asosiysi HABITUSdan qochishga va FIRST PRINSIPLE qoidalarini buzmasligiga e’tibor beraman. Ilm egalaridan maslahat olaman va sõngra qaror qilaman. Qaror qilganimdan sõng ISTIHORA namozi va duo:

Agar ushbu ish dinimda, yashashimda va ishimning oqibatida men uchun hayrli boʻlsa, uni menga taqdir qil va oson et, soʻng uni menga barakali qil. Agar ushbu ish dinimda, yashashimda va ishimning oqibatida men uchun yomon boʻlsa, uni mendan, meni undan uzoqlashtir.


Shundan sõng harakatni boshlayman, hayrli bo’lsa ishning bitishi osonlashaveradi kutilmagan joydan ko’maklar kela boshlaydi. Ba’zan esa o’xshamaydi, demak shunisi hayrli ekan deyman. Nima bo’lganda ham paydo bo’lgan fikr, hayolga kelgan g’oyani yuqoridagi asoslar (HABITUS va FIRST PRINSIPLE) tarozisiga tushsa Allohdan deb bilib amalga oshirishga qattiq harakat qilaman.

Shunday fikrlash tarzi bilan qancha ishlar amalga oshdi va yana bir qancha ishlar “tagiga oldi”. Hammasiga rozi bo’laman.

Natijada esa, bu harakatlar meni “what i
f... mavhumligida qolib ketmasligimga, ortiqcha siqilish va õylardan qutulishimga sabab bõladi.

Shu kungacha bosib õtgan yõlimiz, tõg’ri va notõg’ri qilgan qarorlarimiz kaminani olib kelgan hozirgi “tushunchalar jamlanmasi”ga rozimiz. Yanada õsishdan va ilm olishdan, yaxshi tomonga kõproq õzgarish harakatidamiz. Tõg’rilashimiz kerak bõlgan bir talay nuqsonlarimiz amalga oshishishini kutib turgan bir talay g’oya va rejalarimiz bor…

@zakoiy
🔥3👍21
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
"What if..." mavhumligi BookCoffeda kitobxonlikni rivojlantirish bõyicha kõp muhokamalar bõladi. Unaqa qilish kerak, bunaqa qilish kerak... Gruppadagi muhokama yozishmalarining birida, dõstimiz tomonidan "shu ishni ham qilaylik, qilmasak ertaga "shu ishni…
Yozish

Uzun matnga tobingiz qanday👆

Yozish aqliy mehnatning eng qiyin turi.

Ovozingiz o'zingizga yoqmagandek yozganingiz o'zingizga yoqmaydi. Lekin yozish orqali fikrlaringiz tartiblashadi, asl saviyangizni ko'rasiz, yaxshilashingiz kerak bo'lgan nuqtalaringizni ilg'aysiz.

Yozib boshlaganingizda oxiri nima bilan tugashini bilmaysiz, qog'ozda fikrlaysiz, jarayonda fikrlaysiz.
🔥6💯3👍2
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Ushbu muborak ayyom barchamizga ezgulik, xotirjamlik va baraka olib kelsin. Yurtimizdagi har bir oilada olim va olimalar ko'paysin, yurtimiz olimlar yurti bo'lsin!

@zakoiy
🔥54👍1
Hushyorlik

Bugun kun davomida Dadam bilan birga yurib bir nechta qarindoshlarnikiga qurbonliklarga kirib chiqdik. Mehmonlar orasida eng kichiklaridan biriman va Choy quyish mening ishim bo'lishi tabiiy.

Mehmondorchilikda yoki mezbon bo'lganingizdagi choy quyuvchi bo'lish huddi chegarada turgan askar kabi hushyorlikni talab qiladi. Chunki har bir odamning piyolasidagi choyning tugab qolmaganiga e'tibor berishingiz, u odam "choy ber"- deb aytib qo'ymasidan oldin siz unga "choy beraymi?" - deb, piyolasini olib unga choy quyib uzatishingiz kerak.

Xullas, mehmondorchiliklar juda ajoyib bõldi, yaxshi suhbatlar, qarindosh-urug' yaqinlar bilan diydor, qishloqning yam-yashil manzaralari...
6👍6🔥4🕊2