HUQUQSHUNOSLIK
98 subscribers
12 photos
3 videos
2 files
.
Download Telegram
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👏5🔥4🎉41👍1
#Bilasizmi

🟦🟦🟦🟦
⚖️ Atamalarning lug‘aviy ma‘nosi:

🫥 Jamiyat - arabcha jamoa, jamlangan, birlashgan
🫥 Monarxiya - yunoncha yakka hokimlik
🫥 Respublika - yunoncha umumiy ish
🫥 Unitar - lotincha oddiy, yagona
🫥 Konfederatsiya - lotincha ittifoq, uyushma
🫥 Demokratiya - yunoncha xalq hokimyati
🫥 Prezident - lotincha oldinda o‘tiruvchi
🫥 Konstitutsiya - lotincha belgilash, tuzilish
🫥 Norma - lotincha namuna, qoida
🫥 Gipoteza - yunoncha faraz qilish, fikr yuritish
🫥 Dispozitsiya - lotincha bayon qilish
🫥 Sanksiya - lotincha majburiy chora
🫥 Prokuror - lotincha g‘amxo‘rlik qiluvchi, fransuzcha qoralovchi
🫥 Adliya - arabcha adolat, to‘g‘rilik, haqqoniylik
🫥 Advokat - lotincha oqlovchi, himoya qiluvchi
🫥 Emansipatsiya - lotincha huquqlarda tenglashtirish
🫥 Vatan - arabcha ona yurt
4👏3👍2🔥2💯1
OZODLIKDAN CHEKLASH - BU JAZO VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN QANCHA MUDDATGA BELGILANADI?
Anonymous Quiz
30%
1 Oydan 1 Yilgacha
30%
60 soatdan 240 soatgacha
30%
6 oydan 2 yilgacha
10%
6 oydan 4 yilgacha
🔥32👍1👏1🤔1
👫O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida quyidagi huquqlarga
ega:
↔️ daxlsizlik, o‘z hududiga va chegarasiga egalik huquqi;
↔️ shaxslarni fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan mahrum etish
huquqi;
↔️ o‘z Konstitusiyasi, kodekslari va qonunlarini qabul qilish huquqi;
↔️ qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining faoliyatini
yo‘lga qo‘yish huquqi;
↔️ o‘z Qurolli Kuchlarini tashkil qilish huquqi;
↔️ xalqaro huquq subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil
ravishda aloqalar o‘rnatish huquqi;
↔️ o‘z mulkiga egalik, budjet, soliq va moliya tizimlarini tashkil qilish
huquqi;
↔️ o‘z xazinasi va pul birligi – milliy valutasini joriy qilish huquqi;
↔️ o‘z sud tizimini tashkil qilish va sud ishlarini mustaqil yuritish huquqi;
↔️ o‘z gerbi, bayrog‘i, madhiyasi va poytaxtiga ega bo‘lish huquqi;
↔️ davlat tiliga egalik huquqi;
↔️ o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini, o‘z ma’muriy tuzilishini o‘zi
belgilash huquqi;
↔️ referendum o‘tkazish hamda hokimiyat va boshqaruv organlari
tarkibini belgilash huquqi.
❤‍🔥2😐21🔥1👏1🤝1
O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari bo‘yicha moddalar soni:

1. Konstitutsiya: 155 ta modda
2. Jinoyat kodeksi: 302 ta modda
3. Jinoyat-protsessual kodeksi: 609 ta modda
4. Havo kodeksi: 135 ta modda
5. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi: 348 ta modda
6. Jinoyat ijroiya kodeksi: 197 ta modda
7. Yer kodeksi: 91 ta modda
8. Oila kodeksi: 238 ta modda
9. Uy-joy kodeksi: 141 ta modda
10. Shaharsozlik kodeksi: 59 ta modda
11. Soliq kodeksi: 392 ta modda
12. Budjet kodeksi: 192 ta modda
13. Bojxona kodeksi: 412 ta modda
14. Fuqarolik-protsessual kodeksi: 462 ta modda
15. Iqtisodiy-protsessual kodeksi: 347 ta modda
16. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks: 288 ta modda
17. Saylov kodeksi: 103 ta modda
18. Mehnat kodeksi: 581 ta modda
19. Fuqarolik kodeksi: 1199 ta modda

Jami: 6251 ta modda
2🔥2👏2🤔2👍1
🗣🔹🔹🔹🔹🔹🔹

💬 8-dekabr xalqimiz hayotida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

➡️Ushbu muhim hujjat mustaqilligimizning huquqiy poydevori, davlatimiz ravnaqi va xalqimiz erkinligi, farovonligi va tinchligi yo‘lida mustahkam kafolatdir.

🔵Konstitutsiyamizga 2023-yilning 30-aprel sanasidagi referendum orqali kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar hamda aynan yoshlar huquqlari, manfaatlari aniq belgilab berilganligi esa bizning huquqlarimizning aniq kafolati sifatida e'tiborga loyiq.
🎉21👍1🔥1👏1
9 декабрь - халқаро Коррупцияга қарши курашиш  куни

Коррупция – жамият ривожи, иқтисодий барқарорлик ва адолатни таъминлашга жиддий тўсиқ бўлувчи энг хавфли глобал муаммолардан биридир. У нафақат давлат бошқаруви, балки ҳар бир фуқаронинг турмуш сифатини ҳам бевосита издан чиқаради.

Шу боис 2003 йил 21 ноябрда Мексикада БМТ Бош Ассамблеяси томонидан БМТнинг Коррупцияга қарши Конвенцияси имзоланди ва 9 декабрь санаси халқаро Коррупцияга қарши курашиш  куни сифатида эълон қилинди.

2004 йилдан буён ушбу сана дунё миқёсида қайд этилиб, жамиятни ҳалоллик, шаффофлик ва масъулият тамойилларига чорлашда муҳим маънавий рамзга айланган.
2👍1🔥1👏1🤔1
file.pdf
102.1 KB
🇺🇿 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

”Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi to’g’risida”gi qonun 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

Qonun 13-moddadan iborat.
2💯2👍1🔥1
#Bilasizmi

Qanday holatlarda jazoni yengillashtirish mumkin.

Jazoni yengillashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 55-moddasi
2👍2🔥1👏1🤝1
📌 #JAZO_QOʻLLANILMAYDIGAN #TOIFALAR‼️

📌Majburiy jamoat ishlari quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi👇👇

1️⃣ pensiya yoshiga yetgan shaxslarga;
2️⃣ o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga;
3️⃣ homilador ayollarga;
4️⃣ uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga;
5️⃣ birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
6️⃣ harbiy xizmatchilarga;
7️⃣ chet el fuqarolariga;
8️⃣ O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

📌 Axloq tuzatish ishlari quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi👇👇

1️⃣ pensiya yoshiga yetganlarga;
2️⃣ mehnatga qobiliyatsizlarga;
3️⃣ homilador ayollarga;
4️⃣uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga;
5️⃣ harbiy xizmatchilarga.

📌 Ozodlikni cheklash quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi👇👇

1️⃣ harbiy xizmatchilar;
2️⃣ chet el fuqarolari;
3️⃣ shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan


📌 Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi👇👇

1️⃣ homilador ayollarga;
2️⃣ uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga;
3️⃣qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan

📌 Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi quyidagi toifalarga nisbatan qo'llanilmaydi👇👇

1️⃣ ayolga;
2️⃣ o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga;
3️⃣ oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
👍32❤‍🔥1🔥1
"Biz kim — mulki Turon, amiri Turkistonmiz! Biz kim — millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i, turkning bosh bo‘g‘inimiz!".
Amir Temur
❤‍🔥22👍2🔥2
🧑‍🎓O'zbekistonda yillar nomi

💥1991-yil - Alisher Navoiy yili.
💥1992-yil - Hamshiralar yili.
💥1993-yil - Ahmad Yassaviy yili.
💥1994-yil - Mirzo Ulug'bek yili.
💥1995-yil - Abu Ali ibn Sino yili.
💥1996-yil - Amir Temur yili.
💥1997-yil - Inson manfaatlari yili.
💥1998-yil - Oila yili.
💥1999-yil - Ayollar yili.
💥2000-yil - Sog'lom avlod yili.
💥2001-yil - Ona va bola yili.
💥2002-yil - Qariyalarni qadrlash yili.
💥2003-yil - Obod mahalla yili.
💥2004-yil - Mehr-muruvvat yili.
💥2005-yil - Sihat-salomatlik yili.
💥2006-yil - Homiylar va shifokorlar yili.
💥2007-yil - Ijtimoiy himoya yili.
💥2008-yil - Yoshlar yili.
💥2009-yil - Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
💥2010-yil - Barkamol avlod yili.
💥2011-yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
💥2012-yil - Mustahkam oila yili.
💥2013-yil - Obod turmush yili.
💥2014-yil - Sog'lom bola yili.
💥2015-yil - Keksalarni e'zozlash yili.
💥2016-yil - Sog'lom ona va bola yili.
💥2017-yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
💥2018-yil - Faol tadbirkorlik innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab quvvatlash yili.
💥2019-yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
💥2020-yil - Ilm ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
💥2021-yil - Yoshlarni qo'llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
💥2022-yil - Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili.
💥2023-yil - Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili.
💥2024-yil - Yoshlar va Biznesni qoʻllab quvvatlash yili
💥2025- yil - Atrof muhitni asrash va Yashil iqtisodiyot yili
2👏2🔥1
#Bilasizmi

Davlatlar quyidagi asoslarga ko‘ra turlarga bo‘linadi:
1️⃣ boshqaruv shakliga ko'ra;
2️⃣ hududiy tuzilishiga ko'ra;
3️⃣ siyosiy tartibotiga ko'ra (rejim).

Davlatlar boshqaruv shakliga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1️⃣ Monarxiya;
2️⃣ Respublika;

Monarxiya davlat quyidagi turlarga bo'linadi:
1️⃣ Mutlaq monaxiya;
2️⃣ Cheklangan monarxiya;
3️⃣ Teokratik monarxiya;
4️⃣ Noan'anaviy monarxiya;

Respublika quyidagi turlarga bo'linadi:
1️⃣ Prezidentik respublikasi;
2️⃣ Parlamentar respublika;
3️⃣ Aralash respublika;

Davlatlar hududiy tuzilishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1️⃣ Oddiy davlat;
2️⃣ Murakkab davlat;

Oddiy davlat quyidagi turlarga bo'linadi:
1️⃣ Unitar davlat;
2️⃣ Avtonom hududli unitar davlat;

Murakkab davlat quyidagi turlarga bo'linadi:
1️⃣ Federativ davlat;
2️⃣ Konfederativ davlat;

Davlatlar siyosiy tartibotiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1️⃣ Demokratik;
2️⃣ Nodemokratik;

Demokratik davlat quyidagi turlarga bo'linadi:
1️⃣ Bevosita demokratiya;
2️⃣ Vakillik demokratiyasi;

Nodemokratik davlat quyidagi turlarga bo'linadi:
1️⃣Totalitor;
2️⃣Fashistik;
3️⃣Avtokratik;
👏21🔥1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida xotin-qizlar bandligi, tadbirkorligi hamda zo‘ravonlikka qarshi kurash masalalarini muhim vazifa sifatida belgilab o‘tdilar.


Asosiy maqsadimiz – odamlarimizni doimiy daromadli qilishdan iborat. Puli bor odam yaxshi kiyinish va ovqatlanishga, sifatli taʼlim va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga, mazmunli dam olishga, bir soʻz bilan aytganda, farovon yashashga intiladi.

Muhimi, bu jarayonda tadbirkorlarimiz hal qiluvchi kuch sifatida eng oldingi safda turib, sanoat va servis obyektlarini tashkil qilib, doimiy ish oʻrni yaratishda, aholimiz, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga oʻrgatib, mahallalarning oʻzida ishli va daromadli qilishda alohida jonbozlik koʻrsatmoqda. Shuning uchun tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha siyosatimizni davom ettirib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalarini oʻzgarishsiz qoldiramiz; tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratiladi; kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion soʻm resurs beriladi. Shundan 43 trillion soʻmi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Yangi yilda mahallalardagi aholini, xususan, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, buning uchun zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha uch yillik dastur qabul qilib, bunga 1 trillion soʻm yoʻnaltiramiz. Mahalla yoshlarining kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida maktab kutubxonalarini har yili 10 million dona badiiy adabiyotlar bilan taʼminlab boramiz.
Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish, farzandlarimizni himoya qilish – qadim-qadimdan erkaklar uchun shaʼn va gʻurur masalasi boʻlib kelgan. Lekin jamiyatimizda ayollar va bolalarning turli zoʻravonliklarga uchrayotgani buyuk tarix, yuksak maʼnaviyat va maʼrifatga ega boʻlgan, oilani muqaddas deb biladigan xalqimizga aslo yarashmaydi.

Soʻnggi ikki yilda ayollar va bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik holatlari boʻyicha 2 mingdan ziyod jinoyat aniqlangan.
Hech qachon unutmaylik, oilaviy zoʻravonlik – bu faqat oilaning ichki ishi emas, bu – butun jamiyatga tegishli masala. Ayolni oʻz muammosi bilan yolgʻiz tashlab qoʻyishga hech kimning haqqi yoʻq!
Ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda, bunday salbiy holatlarga barham berish boʻyicha samarali ishlaydigan tizim yaratsin.

"Parlamentimiz, fuqarolik jamiyati institutlari ham bu jarayonlarda faol ishtirok etsa, albatta natija boʻladi" deya takidladi Prezidentimiz oʻz nutqida.
1🔥1👏1
#TARQATING_MUHIM

📌ODAM SAVDOSI — BU JINOYAT👇👇

​Odam savdosi — bu insonni aldash, majburlash yoki zo‘rlik ishlatish orqali qullikka solishdir. Bu jinoyat insonning eng asosiy huquqi bo‘lmish — erkinlik huquqini poymol qiladi

⚖️ O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasiga ko‘ra⬇️
​Asosiy jazo: Odam savdosi bilan shug‘ullanganlar 5️⃣yildan 1️⃣2️⃣yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

​Og‘irlashtiruvchi holatlar: Agar jinoyat bir guruh bo‘lib, takroran yoki jabrlanuvchiga jiddiy zarar yetkazgan holda sodir etilsa — 8️⃣ yildan 1️⃣5️⃣ yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi

❗️Unutmang: Hech kim sizni majburlashga yoki erkinligingizni cheklashga haqli emas!
2🔥2🤷‍♂1
♻️Referendumni moliyalashtirish- referendumga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu maqsadlar uchun ajratilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston respublikasining jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari,tashkilotlari va fuqarolar o'z mablag'larini ixtiyoriy ravishda referendum o'tkazish uchun berishlari mumkin.Bu mablag'larni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referenudumga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun birinchi prezidentimiz islom Abdugʻaniyevich Karimovni tugʻilgan kunlari. Joylari jannatdan boʻlsin 🤲
4🔥1😁1🎉1
Senatni tarqatib yuborish
❗️Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida quyidagi hollarda tarqatib yuborilishi mumkin:

1️⃣ Senat tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoki u bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;

2️⃣ Senat bilan Qonunchilik palatasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda.

3️⃣ Senat tarqatib yuborilgan taqdirda uch oy mobaynida uning yangi tarkibi shakllantiriladi.

4️⃣ Senat oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.

5️⃣ Senat oʻzini oʻzi tarqatib yuborgan taqdirda bir oy ichida uning yangi tarkibi shakllantiriladi.

6️⃣ Senat favqulodda holat amal qilib turgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
2🔥1