#Bilib_oling
⏳Mehnat huquqida dastlabki sinovning maqsadlari quyidagicha:
☑️xodimning topshirilayotgan ishga muvofiqligini tekshirish;
☑️mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqida xodim tomonidan qaror qabul qilish.
Dastlabki sinov belgilanmaydigan shaxslar:
📍 homilador ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
📍 zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
📍 davlat grantlari asosida o‘qigan va OTTni tamomlagan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan OTTlarning bitiruvchilari;
📍 tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
📍 o‘zi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
📍 o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
📍 Mehnat kodeksining 129-moddasi, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
✈️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
➡️ @YURIDIK_TALIM✅

Diqqat qiling‼️
Dastlabki sinovdan o‘tish mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi kerak. Bunday shartlashuv mavjud bo‘lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Dastlabki sinov belgilanmaydigan shaxslar:
📍 homilador ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
📍 zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
📍 davlat grantlari asosida o‘qigan va OTTni tamomlagan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan OTTlarning bitiruvchilari;
📍 tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
📍 o‘zi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
📍 o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
📍 Mehnat kodeksining 129-moddasi, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍7🔥5👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Xushxabar
Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab barchaga ish vaqti soat 10:00 dan boshlanadi🔥
Prezidentimizning 18-iyun kuni bergan topshirig‘iga ko‘ra, barcha davlat tashkilotlarida ish boshlash vaqti soat 10:00 etib belgilanadi — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Ishxona guruhlariga tez tarqating!
✈️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
➡️ @YURIDIK_TALIM✅
Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab barchaga ish vaqti soat 10:00 dan boshlanadi🔥
Prezidentimizning 18-iyun kuni bergan topshirig‘iga ko‘ra, barcha davlat tashkilotlarida ish boshlash vaqti soat 10:00 etib belgilanadi — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Ishxona guruhlariga tez tarqating!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👏6🕊3🔥2🎉2
Butun O‘zbekiston nigohi bir nuqtada! ⚽️
Milliy terma jamoamiz JCH–2026 bahslarida
Yigitlar, maydonda oxirigacha kurashing! 💪
Har bir zarba — Vatan uchun, har bir harakat — millionlab muxlislar uchun!
Biz sizga ishonamiz, O‘zbekiston!
Omad yor bo‘lsin!
#JCH2026 #O‘zbekiston #Uzbekistan #BizBirgamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥22❤15😢8🫡6❤🔥2
TUSHUNTIRISH XATI – INTIZOMIY CHORADAN HIMOYA!
Ko‘pchilik tushuntirish xati yozishdan cho‘chiydi. Go‘yoki bu xatni yozgan odam jazolanishga tayyor turishi kerakdek… Aslida-chi?
✅ Tushuntirish xati – sizni himoya qilish imkoniyati!
Mehnat kodeksining 313-moddasi asosida, intizomiy jazo qo‘llashdan oldin ish beruvchi xodimdan yozma tushuntirish talab qilishi shart. Bu esa sizga o‘z pozitsiyangizni tushuntirish va aybsiz ekanligingizni isbotlash imkonini beradi.
Misol uchun, darsga kechikkan o‘qituvchi tushuntirish xatida sabablarni bayon etishi, obyektiv holatlarni keltirishi mumkin. Shunda ish beruvchi vaziyatni adolatli baholaydi.
⚠️ Agar tushuntirish xati yozmasangiz-chi?
Bu intizomiy jazo qo‘llashga monelik qilmaydi. Ish beruvchi buni dalolatnoma bilan rasmiylashtirishi mumkin.
👤 Xodim qanday jazolanishi mumkin? (312-modda):
✅ Hayfsan
✅ Ish haqidan 30-50% jarima
✅ Ishdan bo‘shatish
‼️ MUHIM: Intizomiy jazo berishda ish beruvchi xodimning avvalgi faoliyatini va qoidabuzarlikning og‘irligini ham hisobga olishi shart.
XULOSA: Tushuntirish xati – jazodan qo‘rqib yoziladigan majburiyat emas, balki o‘z huquqingizni himoya qilish vositasidir!
📢 Shunday ekan, huquqlaringizni biling va ulardan foydalaning!
✈️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
➡️ @YURIDIK_TALIM✅
Ko‘pchilik tushuntirish xati yozishdan cho‘chiydi. Go‘yoki bu xatni yozgan odam jazolanishga tayyor turishi kerakdek… Aslida-chi?
Mehnat kodeksining 313-moddasi asosida, intizomiy jazo qo‘llashdan oldin ish beruvchi xodimdan yozma tushuntirish talab qilishi shart. Bu esa sizga o‘z pozitsiyangizni tushuntirish va aybsiz ekanligingizni isbotlash imkonini beradi.
Misol uchun, darsga kechikkan o‘qituvchi tushuntirish xatida sabablarni bayon etishi, obyektiv holatlarni keltirishi mumkin. Shunda ish beruvchi vaziyatni adolatli baholaydi.
⚠️ Agar tushuntirish xati yozmasangiz-chi?
Bu intizomiy jazo qo‘llashga monelik qilmaydi. Ish beruvchi buni dalolatnoma bilan rasmiylashtirishi mumkin.
‼️ MUHIM: Intizomiy jazo berishda ish beruvchi xodimning avvalgi faoliyatini va qoidabuzarlikning og‘irligini ham hisobga olishi shart.
XULOSA: Tushuntirish xati – jazodan qo‘rqib yoziladigan majburiyat emas, balki o‘z huquqingizni himoya qilish vositasidir!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤14🥰6🔥3👍2
Tasavvur qiling, kimdir firibgarlik, poraxoʻrlik, giyohvand moddalar savdosi yoki boshqa jinoyat orqali katta miqdorda pul topdi. Bu mablagʻni ochiq ishlatish xavfli. Chunki uning qayerdan kelgani aniqlansa, javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shu sababli ayrim shaxslar ushbu mablagʻni turli usullar bilan qonuniy topilgandek koʻrsatishga harakat qiladi. Aynan shu jarayon pul yuvish (jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) deb ataladi.
Pul yuvish nima?
Pul yuvish — bu jinoyat natijasida olingan daromadlarning kelib chiqish manbasini, joylashgan yerini, harakatini yoki ularga boʻlgan egalik huquqini yashirish hamda ularni qonuniy mablagʻ sifatida koʻrsatishga qaratilgan harakatlardir.
Bu jarayon odatda uch bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Placement – noqonuniy pulni moliyaviy tizimga kiritish.
2️⃣ Layering – turli operatsiyalar orqali pulning izini yoʻqotish.
3️⃣ Integration – pulni qonuniy daromad sifatida iqtisodiyotga qaytarish.
Eng ko‘p uchraydigan usullar
🔹 naqd pul aylanmasi yuqori biznes orqali daromadni yashirish;
🔹 ko‘chmas mulk oldi-sotdisi;
🔹 offshor va "shell" kompaniyalar;
🔹 kriptovalyutalar va elektron hamyonlardan foydalanish;
🔹 mablag‘larni kichik summalarga bo‘lib o‘tkazish (smurfing).
Oʻzbekiston qonunchiligida
Nega pul yuvish xavfli?
⚖️ Xulosa: Pul yuvish — bu shunchaki noqonuniy pulni yashirish emas. Bu iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi, moliya tizimiga putur yetkazuvchi va Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra jinoiy javobgarlikka sabab boʻladigan qilmishdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤14👍3🔥3⚡2👏1
2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar endi testga kirish ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin.
🔹my.uzbmb.uz saytiga kiring.
🔹JShShIR (PINFL) va pasport (ID-karta) ma'lumotlarini kiriting.
🔹Ruxsatnomani yuklab oling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10❤🔥4👏3👍2🔥1
⚖️ MK 333-moddasi: pulli kompensatsiyami yoki jazomi?
Ish beruvchi ish haqi, ta'til puli yoki xodimga tegishli boshqa to'lovlarni o'z vaqtida bermasa, u faqat qarzni emas, balki qo'shimcha pulli kompensatsiya ham to'lashi shart.
📖 O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 333-moddasi aynan shu javobgarlikni belgilaydi.
Lekin bu yerda muhim savol tug'iladi:
❓ Mazkur kompensatsiya xodimning zararini qoplaydimi yoki ish beruvchini jazolaydimi?
Pul majburiyatlarida foiz nima uchun qo'llaniladi?
Foizlar tasodifan paydo bo'lmagan. Ularning asosiy maqsadi:
➖ pulning vaqt o'tishi bilan qadrsizlanishini qoplash;
➖ pul egasi undan foydalana olmagan davr uchun kompensatsiya berish;
➖ qarzdorning boshqa birovning pulidan "bepul foydalanishi"ning oldini olish.
Ya'ni, foizlarning asl vazifasi jazolash emas, kompensatsiya qilishdir.
MK 333-moddasidagi muammo nimada?
Amaldagi norma bo'yicha pulli kompensatsiya:
✔️ kechiktirilgan har bir kun uchun hisoblanadi;
✔️ Markaziy bank stavkasiga bog'langan;
✔️ ish beruvchining aybi bo'lish-bo'lmasligidan qat'i nazar undiriladi.
Ammo amaliyotda ayrim holatlarda bu mexanizm:
❌ pulning haqiqiy qadrsizlanishidan ko'proq summani undirishga olib kelishi mumkin;
❌ texnik yoki bankdagi kechikishlarda ham ish beruvchiga katta moliyaviy yuk yuklaydi;
❌ sudga kompensatsiya mutanosibligini baholash imkoniyatini deyarli bermaydi.
Natijada kompensatsiya ayrim vaziyatlarda o'zining asl mohiyatini yo'qotib, jazolovchi xarakter kasb etishi mumkin.
Rossiya tajribasi qanday?
📖 Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksining 236-moddasi ham ish haqi kechiktirilganda pulli kompensatsiyani nazarda tutadi.
Biroq unda:
✔️ kompensatsiya minimal miqdor sifatida belgilanadi;
✔️ asosiy maqsad — xodimning puli vaqtida to'lanmagani sababli yuzaga kelgan iqtisodiy yo'qotishni qoplash;
✔️ ish beruvchini ortiqcha jazolash emas, manfaatlar muvozanatini saqlash ko'zda tutilgan.
Xulosa:
Foizli javobgarlikning asl mohiyati — pulning vaqt qiymatini qoplash, ya'ni kompensatsiya berishdir.
Agar foizlar real iqtisodiy yo'qotishdan ancha yuqori bo'lsa yoki har qanday holatda bir xil tartibda qo'llansa, u kompensatsiya emas, balki jazoga aylanishi mumkin.
Shu sababli, Mehnat kodeksining 333-moddasini takomillashtirish, pulli kompensatsiyani yanada mutanosib, moslashuvchan va pulning real qadrsizlanishini aks ettiradigan mexanizm asosida belgilash mehnat huquqidagi adolat va manfaatlar muvozanatini ta'minlashga xizmat qiladi.

❤12🔥4👍2👏2
⚖️ Xususiylashtirilgan yer "olib qo‘yilmaydi"
Ko‘pchilik jamoat ehtiyoji uchun davlat istalgan yerni kompensatsiya to‘lab olib qo‘yishi mumkin, deb o‘ylaydi. Aslida esa, bu qoida xususiylashtirilgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Buni 2025-yilda Toshkent shahrida ko‘rib chiqilgan sud ishi ham yaqqol ko‘rsatadi.
📌 Nima bo‘lgan?
Olmazor tumanida joylashgan xususiy uy va unga tutash yer uchastkasi "O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi" qurilishi hududiga tushgani sababli hokimlik sudga murojaat qilib, mulkni kompensatsiya evaziga olib qo‘yishni so‘radi.
Birinchi instansiya sudi mulkdorga 4 milliard so‘m, apellyatsiya sudi esa ekspertiza xulosasiga asosan 3 milliard 184 million so‘m kompensatsiya belgiladi va ishni "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi Qonun (O‘RQ–781) asosida hal qildi.
Ammo aynan shu yerda eng katta huquqiy xato mavjud.
❗ Asosiy masala nimada?
Mazkur Qonunning 1-moddasi aniq belgilaydi:
«Ushbu Qonun mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.»
Ya'ni O‘RQ–781 faqat davlat yer fondidagi, umrbod egalik, doimiy foydalanish yoki ijara huquqi asosida foydalanilayotgan yerlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Agar yer xususiylashtirilgan bo‘lsa, bu qonun umuman qo‘llanilmasligi kerak.
📖 Unda qaysi qonun qo‘llaniladi?
Bunday holatda "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonun qo‘llaniladi.
Uning 30-moddasi xususiylashtirilgan yerning huquqiy maqomini belgilaydi:
✔️ xususiylashtirilgan yer — xususiy mulk;
✔️ u fuqarolik muomalasi obyekti;
✔️ unga bo‘lgan mulk huquqi daxlsiz va davlat himoyasida.
Bu degani, bunday yer endi davlatniki emas.
📃 Davlat bunday yerni qanday olishi mumkin?
Qonunning 36-moddasiga ko‘ra, davlat xususiylashtirilgan yer uchastkasini faqat:
▪️ mulkdorning yozma roziligi bilan;
▪️ hokim va mulkdor o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali;
▪️ shartnoma Moliya vazirligi bilan kelishilgandan so‘ng;
▪️ mablag‘ oldindan to‘liq to‘langach qayta sotib olishi mumkin.
E'tibor bering, qonunda "olib qo‘yish" emas, aynan "qayta sotib olish" tushunchasi ishlatilgan.
Bu ikki institutning huquqiy mazmuni mutlaqo boshqacha.
⚖️ Fuqarolik kodeksi nima deydi?
FKning 164-moddasi mulkdorga o‘z mol-mulkini erkin tasarruf etish huquqini beradi va mulk huquqining daxlsiz hamda muddatsiz ekanini belgilaydi.
Sudlar tayangan FKning 206-moddasi esa asosan davlat yer fondidagi yerlardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga taalluqli bo‘lib, xususiylashtirilgan yerlarga uni qo‘llash bahsli hisoblanadi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 47-moddasi ham xususiy mulkning daxlsizligini kafolatlaydi.
📌 Xulosa:
Agar yer uchastkasi xususiylashtirilgan bo‘lsa, uni O‘RQ–781 asosida kompensatsiya evaziga olib qo‘yish mumkin emas.
Bunday hollarda davlat faqat "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonunning 36-moddasi asosida, mulkdorning roziligi va oldi-sotdi shartnomasi orqali yer uchastkasini qayta sotib olishi mumkin.
⚖️ Xususiylashtirilgan yer davlatniki emas. Shuning uchun uni bir tomonlama olib qo‘yish emas, faqat qonunda belgilangan tartibda qayta sotib olish mumkin.

❤10👍6🔥4👏3👨💻3
⚖️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mehnat munosabatlarini takomillashtirishga oid qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Qonun loyihasida Mehnat kodeksining 333-moddasi bo‘yicha muhim o‘zgarish taklif etilmoqda.
Nima o‘zgaradi?
🔹 Amaldagi tartibda:
Ish beruvchi ish haqi yoki boshqa to‘lovlarni kechiktirsa, xodimga har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 10% miqdorida pulli kompensatsiya to‘laydi. Kompensatsiya summasi cheklanmaydi va kechikish davom etgan sari oshib boradi.
🔹 Qonun loyihasiga ko‘ra:
• har bir kechiktirilgan kun uchun kompensatsiya 4% etib belgilanadi;
• kompensatsiyaning umumiy miqdori asosiy qarz summasining 50 foizidan oshmaydi.
Misol:
Kompensatsiya — 14 mln so‘m.
Hisob-kitob 5,6 mln so‘mni tashkil etsa ham, 50% cheklov sababli ish beruvchi maksimal 5 mln so‘m kompensatsiya to‘laydi.
⚠️ Muhim!
Bu hali qonun loyihasi. U kuchga kirgunga qadar amaldagi Mehnat kodeksining 333-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi saqlanib qoladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍4🔥3👏3🕊2🥰1
Bir oy davom etgan futbol bayrami o‘z nihoyasiga yetdi. Millionlab muxlislar guvoh bo‘lgan unutilmas bahslar tarix sahifalarida qoldi.
🥇
🥈
🥉
🏅
Omad, O‘zbekiston! JCH–2030da seni kutamiz! ⚽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25🏆14🎉7👍5👏4⚡3
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik) nafaqalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom asosida tayinlanadi va to‘lanadi.
🔹 Nafaqa olish shartlari
Nizomning 7-bandiga ko‘ra, nafaqa mehnat shartnomasi, fuqarolik-huquqiy shartnoma yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda faoliyat yuritayotgan sug‘urtalangan shaxslarga tayinlanadi.
Bunda:
👩🍼 homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun kamida 10 oy;
Nafaqa lavozim maoshidan emas, balki ijtimoiy sug‘urta badali hisoblangan o‘rtacha oylik daromad asosida hisoblanadi. Hisobga asosiy ish haqi, ustamalar, mukofotlar hamda sug‘urta badali hisoblangan boshqa to‘lovlar kiritiladi.
Biroq Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq soliqdan ozod etilgan moddiy yordamning belgilangan qismi hamda sug‘urta badali hisoblanmaydigan kompensatsiya to‘lovlari hisobga olinmaydi.
⚖️ Muhim qoida
Nafaqa hisoblashda xodimning o‘rtacha oylik ish haqining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning 10 baravaridan ortiq bo‘lmagan qismi inobatga olinadi. Ya'ni ish haqi bundan yuqori bo‘lsa ham, nafaqa belgilangan maksimal chegara doirasida hisoblanadi.
👩🍼 Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq homiladorlik va tug‘ish ta'tili 126 kalendar kun etib belgilangan.
Nafaqa sug‘urta stajiga qarab quyidagicha to‘lanadi:
🔹 10–24 oy — 75 %
🔹 25–60 oy — 85 %
🔹 61 oy va undan ortiq — 100 %
Kasallik, shikastlanish, karantin, sanatoriyda davolanish, kasallangan oila a'zosini parvarishlash, protezlash va reabilitatsiya davrida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tayinlanadi.
Hisoblash formulasi:
Nafaqa = O‘rtacha oylik ish haqi ÷ 25,3 × sug‘urta staji koeffitsiyenti × qoplanadigan ish kunlari soni.
Sug‘urta stajiga qarab:
🔹 6–96 oy — 60 %
🔹 97 oy va undan ortiq — 80 %
(I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda qaramog‘ida 4 va undan ortiq farzandi bo‘lgan ayrim toifadagi fuqarolar uchun qonunchilikda yuqoriroq koeffitsiyentlar belgilangan.)
Shuningdek, kasallik nafaqasi bir kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
O‘rindoshlikdagi ish joyida faqat dastlabki 5 ish kuni uchun nafaqa to‘lanadi. 6-kundan boshlab nafaqa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan bir marta to‘lab beriladi.
Nafaqa hisoblashda:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori;
🔹 Mazkur qaror bilan tasdiqlangan "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥2👏2👍1
Ko'pchilik Mehnat kodeksining 401-moddasini o'qib, quyidagi xulosaga keladi:
"Oilada 12 yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bola bo'lsa, ota-onadan biriga 4 ish kuni qo'shimcha haq to'lanadigan ta'til beriladi. Demak, ota ham bemalol olishi mumkin."
Gap shundaki, 401-modda qo'shimcha ta'til mavjudligini belgilaydi. Ammo otaning ushbu ta'tildan foydalanish shartlari Mehnat kodeksining 410-moddasida nazarda tutilgan.
Misol:
1-holat. Ota ham, ona ham ishlaydi.
Bu holatda ota 401-modda asosida qo'shimcha ta'til olishi mumkin. Biroq buning uchun 410-modda talabiga muvofiq, bolaning onasi ushbu ta'tildan foydalanmayotganini tasdiqlovchi hujjat ish beruvchiga taqdim etilishi lozim.
2-holat. Ota ishlaydi, ona esa ishlamaydi va bolalarni tarbiyalash bilan shug'ullanadi.
Bu vaziyatda esa 410-moddaning ikkinchi qismiga ko'ra, otaga mazkur qo'shimcha kafolatlar, jumladan 401-moddadagi qo'shimcha haq to'lanadigan ta'til berilmaydi.
Nega?
Chunki 401-moddada nazarda tutilgan qo'shimcha ta'tilning o'zi mehnat sohasidagi qo'shimcha kafolat hisoblanadi.
Shu sababli 410-modda Kodeksdagi barcha shunday kafolatlarning otaga qaysi hollarda tatbiq etilishini belgilaydi.
⚖ Muhim xulosa:
Shunday ekan, agar bolaning onasi ishlamasa va bola parvarishi bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, otaga 401-modda asosida qo'shimcha ta'til berilmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥4🫡3👍2👏2🐳2💯2
OTMga hujjat topshirishda siz ustuvorlikni ikki xil usulda belgilashingiz mumkin:
Agar siz uchun qaysi yo‘nalishga kirishingiz emas, balki grant asosida o‘qishingiz muhim bo‘lsa, ushbu variantni tanlang.
Bu holda:
Agar siz uchun aynan birinchi tanlagan yo‘nalishingiz muhim bo‘lsa, hatto kontrakt bo‘lsa ham shu yo‘nalishda o‘qishni istasangiz, ushbu variantni tanlang.
Bu holda:
🔵 "Men aynan birinchi tanlagan yo‘nalishda o‘qishim shart. Kontrakt bo‘lsa ham roziman." — Yo‘nalish ustuvorligini tanlang.
⚠️ MUHIM!
Ustuvorlikni belgilashda juda ehtiyot bo‘ling. Mandat e'lon qilingandan keyin tanlovni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ariza topshirishdan oldin barcha variantlarni puxta o‘ylab chiqing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4🥰2👏2💯2👨💻1
Ko‘pchilik ishdan bo‘shagach aliment to‘lash ham vaqtincha to‘xtaydi, deb o‘ylaydi. Aslida esa qonunchilikda bunday qoida yo‘q.
⚖️ Ishdan bo‘shash aliment to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Agar aliment to‘lovchi mehnat shartnomasi bekor qilinib ishdan bo‘shasa:
🔹 ish beruvchi 3 kun ichida bu haqda davlat ijrochisi va aliment oluvchini xabardor qilishi shart;
🔹 aliment to‘lovchi esa yangi ish joyi, yashash manzili yoki boshqa daromad manbai haqida davlat ijrochisi hamda aliment oluvchiga ma'lum qilishi lozim.
Agar shaxs ishlamasa yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasa, aliment qarzi O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi asosida hisoblab boriladi.
Hozirda amalda qo‘llanilayotgan o‘rtacha oylik ish haqi — 7 437 251 so‘m.
Shunga ko‘ra:
👧👦 2 nafar bola uchun — 2 479 083,67 so‘m
❗️"Ish topganimdan keyin to‘layman", degan vaj aliment qarzining hisoblanishini to‘xtatmaydi. Ishsiz o‘tgan har bir oy uchun qarzdorlik ortib boradi.
⚠️ Xulosa: Ishsizlik aliment to‘lash majburiyatini bekor qilmaydi. Qarz ishlamagan davr uchun ham hisoblanadi va qonunda belgilangan tartibda undiriladi.
Ushbu ma'lumotni boshqalarga ham ulashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤10🕊2👨💻2🤝2🥰1👏1🐳1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👏3🔥2👨💻1
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan milliy sertifikatlash tizimi yanada takomillashtirildi.
• Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihonlari joriy etiladi.
• Huquqshunoslik fani bo‘yicha ham milliy sertifikat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
• Xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dariy, pushtu, urdu, hindiy va uyg‘ur tillari bo‘yicha sertifikat imtihonlari ko‘p darajali (Multi-level) formatda o‘tkaziladi.
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining natijalari xalqaro Rasch modeli asosida baholanadi va quyidagi darajadagi elektron milliy sertifikat beriladi:
🏅 A+ — 70 balldan yuqori
🏅 A — 65–69,9 ball
🏅 B+ — 60–64,9 ball
🏅 B — 55–59,9 ball
🏅 C+ — 50–54,9 ball
🏅 C — 46–49,9 ball
Boshlang‘ich sinflarda faoliyat yuritayotgan va B+ hamda undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan pedagoglarga sertifikat amal qiladigan davr mobaynida lavozim maoshiga har oy 15 foiz ustama to‘lanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👏13🔥9👍2👨💻1
Endilikda chet tili va umumta'lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan qatnasha olmagan talabgorlarning to‘lovi bekor bo‘lib ketmaydi.
• kasallik;
• xizmat safari;
• yaqin oila a'zosining vafoti
(tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lishi shart),
talabgor:
🔹 navbatdagi imtihonda qo‘shimcha to‘lovsiz ishtirok etishi, yoki
🔹 to‘langan mablag‘ni qaytarib olishi mumkin.
⚠️ Mazkur tartib quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤6👍3🔥2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡️ 1-avgustdan "Biznes himoya" QR-kodi tizimi amaliyotga joriy etildi!
Endilikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshiruv, profilaktik tadbir yoki xizmat doirasidagi uchrashuvlardan avval mas'ul xodim "Biznes himoya" QR-kodini skanerlab, elektron shaklni to‘ldirishi shart.
✅ Ushbu talab bajarilgandan keyingina tashrif qonuniy hisoblanadi.
⚠️ Agar xodim:
• QR-kodni skanerlamasa;
• elektron shaklni to‘ldirmasa,
tadbirkor uni qabul qilmaslik va muloqotni rad etish huquqiga ega. Bunday tashrif amaldagi tartiblarga zid hisoblanadi.
📱 "Biznes himoya" QR-kodini govcontrol.uz platformasi orqali yuklab olib, faoliyatingizda foydalanishingiz tavsiya etiladi.
💼 Huquqlaringizni biling va biznesingizni qonuniy himoya qiling!
✈️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
➡️ @YURIDIK_TALIM✅
Endilikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshiruv, profilaktik tadbir yoki xizmat doirasidagi uchrashuvlardan avval mas'ul xodim "Biznes himoya" QR-kodini skanerlab, elektron shaklni to‘ldirishi shart.
⚠️ Agar xodim:
• QR-kodni skanerlamasa;
• elektron shaklni to‘ldirmasa,
tadbirkor uni qabul qilmaslik va muloqotni rad etish huquqiga ega. Bunday tashrif amaldagi tartiblarga zid hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤3👍3🤝2🔥1
2026-yil 1-sentabrdan boshlab sinf rahbarligi, daftar va yozma ishlarni tekshirish hamda informatika kabineti mudirligi uchun to‘lovlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 360 000 so‘m asosida hisoblanadi.
👨🎓 15 nafargacha — 26,4 % (359 040 so‘m)
👨🎓 16–20 nafar — 31,6 % (429 760 so‘m)
👨🎓 21–25 nafar — 36,9 % (501 840 so‘m)
👨🎓 26–30 nafar — 42,1 % (572 560 so‘m)
👨🎓 31 nafar va undan ko‘p — 52,8 % (718 080 so‘m)
• 15 nafargacha o‘quvchi bo‘lsa — 8,8 % (119 680 so‘m)
• 15 nafar va undan ortiq bo‘lsa — 17,6 % (239 360 so‘m)
• 17,6 % (239 360 so‘m)
ℹ️ Mazkur ustamalar 2026-yil 1-sentabrdan amal qiladigan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👏5🔥2👍1🤯1🤩1
Avvalo, kanalimizga bildirayotgan ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
So‘nggi vaqtlarda ko‘plab obunachilarimizdan huquqiy maslahat olish, turli huquqiy hujjatlarni tayyorlash, shuningdek reklama va hamkorlik masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.
Ana shu murojaat va takliflarni inobatga olgan holda, @Yuridik_talim kanalida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinishini ma'lum qilamiz.
⚖️ Yuridik xizmatlar:
• Huquqiy maslahatlar;
• Ariza, shikoyat, da'vo arizasi va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlash;
• Hujjatlarni huquqiy tahlil qilish;
• Mehnat, fuqarolik, ma'muriy va boshqa barcha huquq sohalari bo‘yicha amaliy yordam.
Kanalni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘zaro manfaatli hamkorlik takliflarini mamnuniyat bilan ko‘rib chiqamiz.
Agar siz tashkilot, korxona, biznes yoki Telegram kanali faoliyatini keng auditoriyaga tanitmoqchi bo‘lsangiz, kanalimiz orqali reklama joylashtirish imkoniyati mavjud.
Biz reklama uchun sifat, ishonchlilik va obunachilar manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Shu sababli faqat foydali va ishonchli loyiha hamda xizmatlar reklama qilinadi.
Ishonchingiz uchun rahmat! Birgalikda yanada foydali va kuchli huquqiy hamjamiyatni shakllantiramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤7🔥3🤩2🏆2👍1🥰1😍1🫡1