Yorqinjon HAYITBOYEV
217 subscribers
987 photos
207 videos
112 files
231 links
Худойим хоҳласа, банда оҳлайди,
Оҳлардан шоҳ шеърлар ёзаман, дунё.
Сен мени синашда давом этавер,
Мен сендан барибир ўзаман, дунё...
Download Telegram
"Агар бизнинг қудратимизга шубҳа қилсангиз, биз қурдирган иморатларга боқинг!"

- Соҳибқирон Амир Темур.

Амир Темур ҳамда у кишининг салтанати ҳақида қатор китоблар ёзган Ўзбекистон халқ шоири, атоқли адиб Муҳаммад Али ва адиб, журналист, таржимон Ҳумоюн Акбаров билан Оқсарой пойида...

PS. Шаҳрисабз. 2.10.2024.

@bobur_bobomurod
Yorqinjon HAYITBOYEV
Photo
Amir Temur haqida bilmaganlarimizni bilib olamizmi? Unda lavhalarni ko'rib chiqing.
Yorqinjon HAYITBOYEV
Universitet hayotidan... @Dilmurod_Boymurod_ogli
Dilmurod o'z izlanishlari natijasida Turkiyaga grant yutib ketgan sirdaryolik jurnalist. U Turkiyada o'qish bilan birga qiziqarli kontentlar tayyorlab boryapti. Qiziqqanlar ulanib olsangiz, bo'ladi.

Omad, sherik.
Forwarded from Ҳилола
DIQQAT! DIQQAT!
“Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti yosh ijodkorlar uchun tanlov e’lon qiladi!

She’rlaringiz, hikoyalaringiz, publitsistik maqolalaringiz respublikamizning eng sara yosh ijodkorlari to‘plamidan mutlaqo bepul joy olishini xohlaysizmi? 

Ko‘p yillik tajribaga ega “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti mamlakatimiz yosh ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida “Pillapoya” loyihasini e’lon qiladi.

Loyihamizning maqsadi: yosh ijodkorlarning ijodiy ishlarini saralash va kitob holida nashr qilish, bu orqali ulardagi adabiyotga bo‘lgan muhabbatni shakllantirishdan iboratdir.

Loyihani amalga oshirish tartibi: “Pillapoya” loyihasi doirasida yosh ijodkorlarning bayozlari bosqichma-bosqich nashr qilinib boriladi.

Dastlabki kitobga 100 nafar eng faol, tashabbuskor va ijodiy salohiyati mavjud yoshlarni qamrab olishni rejalashtirganmiz.

Buning uchun quyida ko‘rsatilgan manzil: @Innovatsiya_ziyo_tanlov (mas'ul)ga
beshta ijodiy ish yuborasiz.

Shuningdek, sifatli surat va tarjimayi holingiz ham ilova qilinishi shart.

Agar sizning yozganlaringiz loyiha komissiyasi tomonidan ma’qullansa, sizga “Qabul qilindi” yoki aksincha "Rad etildi” degan javob beriladi.
Ijobiy javob olganlarning barchasi kitobga kiritilib, respublika darajasidagi to‘plamdan o‘rin oladi.

Loyihaning moliyalashtirilishi: Kitobdan o‘rin egallash, ijodiy ishlarni e’lon qilish mutlaqo bepul hisoblanadi. Barchasi nashriyot tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Shuningdek, kitobdan ijodiy ishlari o‘rin olgan yoshlardan eng yaxshilari nashriyot tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Ijodiy ishlar 21-oktyabr 21:00gacha qabul qilinadi.
ТАФАККУР № 18.pdf
4.4 MB
"Tafakkur va dunyo" gazetasining 2024-yildagi 18-sonini e'tiboringizga havola qilyapmiz.

@Yorqinjon_Hayitboyev_ijodi
Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi, Ozarbayjon xalq yozuvchisi, Turkiy dunyo yozuvchilar uyushmasi faxriy raisi, tirikligida haykali qo'yilgan ijodkor Anar Rzayev bilan. 🤝😊😎
ТАФАККУР № 19.pdf
4.2 MB
"Tafakkur va dunyo" gazetasining 2024-yildagi 19-sonini e'tiboringizga havola qilyapmiz.

@Yorqinjon_Hayitboyev_ijodi
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yorqinjon HAYITBOYEV
Photo
MANFAAT

Kechir, she'r,
Men seni muhabbat haqida
Va shafqat haqida yozmoqchi edim.
Yodimga bir sharpa keldi-yu,
Bilmayman, men unga ne dedim...
Bilmayman, u menga ne dedi...

Shu zayl,
Manfaat haqida yozildi bu she'r,
Ha, o'sha ko'zlari olayib turgan,
Ko'rinsa, yuraging torayib turgan,
Oppoq nur ichida qorayib turgan,
Manfaat haqida yozildi bu she'r.

Bir inson o'tmoqda umr yo'lidan,
Yonida yurganlar muncha ko'p.
Har qanday balodan asrashga tayyor,
Axir qo'llarida ko'tarishgan cho'p.

Bir inson o'tmoqda umr yo'lidan,
U xursand, sanoqsiz yaqinlar bilan.
Ketmoqda yomg'irni istasa hatto,
U uchun chaqquvchi chaqinlar bilan.

Bir inson o'tmoqda umr yo'lidan,
Ammo bilarmikan, eh, bilarmikan...
O'zin qo'riqlagan cho'plar bir kuni,
Ko'ziga qadalsa misoli tikan...

Bir inson o'tmoqda umr yo'lidan,
U uchun chaqilgan o'sha chaqmoqlar.
Qachondir o'ziga qarab chaqilsa,
Ko'rib, burdalanib ketmasmi tog'lar?

Bir inson o'tmoqda umr yo'lidan,
Bilmaydi, hech birin bilmaydi essiz.
Va lekin biladi, bir kun biladi,
U yo'lovchi menman, u yo'lovchi - siz...


Yorqinjon Hayitboyev,
13.10.2024


@Yorqinjon_Hayitboyev_ijodi
МАНФААТ

Кечир, шеър,
Мен сени муҳаббат ҳақида
Ва шафқат ҳақида ёзмоқчи эдим.
Ёдимга бир шарпа келди-ю,
Билмайман, мен унга не дедим...
Билмайман, у менга не деди...

Шу зайл,
Манфаат ҳақида ёзилди бу шеър,
Ҳа, ўша кўзлари олайиб турган,
Кўринса, юрагинг торайиб турган,
Оппоқ нур ичида қорайиб турган,
Манфаат ҳақида ёзилди бу шеър.

Бир инсон ўтмоқда умр йўлидан,
Ёнида юрганлар мунча кўп.
Ҳар қандай балодан асрашга тайёр,
Ахир қўлларида кўтаришган чўп.

Бир инсон ўтмоқда умр йўлидан,
У хурсанд, саноқсиз яқинлар билан.
Кетмоқда ёмғирни истаса ҳатто,
У учун чаққувчи чақинлар билан.

Бир инсон ўтмоқда умр йўлидан,
Аммо билармикан, эҳ, билармикан...
Ўзин қўриқлаган чўплар бир куни,
Кўзига қадалса мисоли тикан...

Бир инсон ўтмоқда умр йўлидан,
У учун чақилган ўша чақмоқлар.
Қачондир ўзига қараб чақилса,
Кўриб, бурдаланиб кетмасми тоғлар?

Бир инсон ўтмоқда умр йўлидан,
Билмайди, ҳеч бирин билмайди эссиз.
Ва лекин билади, бир кун билади,
У йўловчи менман, у йўловчи - сиз...


Ёрқинжон Ҳайитбоев,
13.10.2024


@Yorqinjon_Hayitboyev_ijodi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Акмалжон Махмудалиев номзодини қўллаб-қувватланг!

😎ЎзЛиДеП томонидан 8-“Маданият” сайлов округидан Халқ депутатлари Сирдарё вилояти Кенгаши депутатлигига кўрсатилган номзод — Махмудалиев Акмалжон Азимжоновичга овоз беринг!

🗺 8-"Маданият" сайлов округи Гулистон шаҳрининг "Маънавият", "Маданият", "Ниҳол", "Юксалиш", "Ибратли" ва "Улуғ йўл" маҳаллаларини ўз ичига олади👇

Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YOSH BO‘LMAGANSIZ

To‘g‘ri, hali yoshmiz va juda g‘ormiz,
Sizningcha, ko‘zlari hamisha ko‘rmiz.

Deysiz: Qo‘llaridan ne kelar buning?
Qayerga borardi chirangan uning?

Juda tajribasiz, yomon, deysizlar,
Tajribasizligi hamon deysizlar.

Yo‘limizdan xato axtarasiz siz,
Topganingiz bilan maqtanasiz siz.

Boshimiz xam bo‘lsa, quvonasizmi?
Yoki joyingizni qizg‘onasizmi?

Aybimiz yoshlikmi, kechiring bizni,
Lekin ustoz deya bilamiz sizni.

Yaxshiyam, qop-qora tosh bo‘lmagansiz
Yoki siz hech qachon yosh bo‘lmagansiz.


@Yorqinjon_Hayitboyev_ijodi