ShDPI Xotin-qizlar maslahat kengashi
365 subscribers
802 photos
114 videos
3 files
375 links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Ферганскую область.

#Mirziyoyev #safar #Fargona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#To'maris_izdoshlari

"To'maris izdoshlari" hududiy sport bellashuvi bo'lib o'tdi.

✔️ Joriy yilning 29-aprel kuni Qarshi davlat universitetida viloyat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining hududiy bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Dildora Axatova hamda Jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti Sitora Elova ishtirok etib, jamoamizning tayyorgarligi va yuqori natija ko‘rsatishini qo‘llab-quvvatladilar.

Ushbu nufuzli bellashuvda Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Jasorat” jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi! Murosasiz kechgan bahslarda, shuningdek, Qarshi davlat universitetining “To‘maris” hamda Qarshi davlat texnika universitetining “Massaget malikalari” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar quyidagi shartlar bo‘yicha sinovdan o‘tdilar:

* Tanishtiruv: Jamoalar milliy raqs, she’r va qo‘shiqlar orqali o‘zligini namoyon etdi. Har bir jamoada To‘maris siymosi yuksak mahorat bilan gavdalantirildi.
* Tezkorlik: 100 metrga yakka tartibda yugurish va jamoaviy estafeta (400x300x200x100 m) bahslari o‘tkazildi.
* Merganlik: Darts va 10 metr masofadan kamondan o‘q otish bo‘yicha aniq mo‘ljal olish mahorati sinovdan o‘tkazildi.
* Amaliy ko‘nikma: 100 metrga velosipedda uchish hamda “Birinchi tibbiy yordam” ko‘rsatish bo‘yicha simulyatsion epizodlar namoyish etildi.

“Jasorat” jamoasining ushbu muvaffaqiyati talaba-qizlarimizning jismoniy tayyorgarligi, irodasi va jamoaviy birdamligi yuksak ekanligidan dalolat beradi. Erishilgan natija muborak bo‘lsin!


Bizni kuzating:
Telegram |Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Feruza
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada nufuzli taʼlim olish va xalqaro dasturlarda qatnashish istagida boʻlganlar diqqatiga! 🇹🇷
Xorijda oʻqish va malaka oshirish xarajatlari koʻpchilik uchun asosiy toʻsiq boʻlib tuyulishi mumkin. Biroq, Turkiya hukumati va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan rasmiy dasturlar yordamida barcha xarajatlarni toliq qoplagan holda ushbu maqsadga erishish imkoniyati mavjud.
Quyida xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanadigan 3 ta eng nufuzli xalqaro dasturni taqdim etamiz:

1️⃣ TÜRKİYE BURSLARI (Turkiya Hukumat Granti)
Turkiya Respublikasining eng yirik va nufuzli davlat granti dasturi hisoblanadi. Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishni istagan xalqaro talabalar uchun moʻljallangan.

Dastur qamrovi: Oʻqish toʻlovi + Turar joy + Oylik stipendiya + Aviachipta (borish-kelish) + Tibbiy sugʻurta hamda 1 yillik bepul turk tili kursi.


2️⃣ ERASMUS+ YOUTH EXCHANGE (Yoshlar almashinuvi)
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan ushbu loyihada qatnashish uchun talaba boʻlish shart emas. 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar turli ijtimoiy, madaniy va taʼlim loyihalarida ishtirok etishlari mumkin.

Muddati: 5 kundan 21 kungacha.

Dastur qamrovi: Transport (yoʻl) xarajatlari, turar joy va oziq-ovqat toʻliq bepul (moliyalashtiriladi).


3️⃣ MEVLANA EXCHANGE PROGRAM (Mevlana almashinuv dasturi)
Oʻzbekiston va Turkiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga asoslangan talabalar almashinuvi dasturi. Bu talabalarga oʻz oʻqishlarini uzmagan holda Turkiyada tajriba orttirish imkonini beradi.

Muddati: 1 yoki 2 semestr davomida Turkiya universitetlarida tahsil olish.

Dastur qamrovi: Talabalarga belgilangan tartibda oylik stipendiya ajratiladi.

Ariza topshirish tartibi: Mazkur dastur boʻyicha arizalar toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzingiz tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasining Xalqaro aloqalar boʻlimi orqali qabul qilinadi.


Bizni kuzatishda davom eting — tez orada har bir dasturga hujjat topshirish talablari va bosqichlari boʻyicha batafsil rasmiy yoʻriqnomalarni eʼlon qilamiz.

💳 Telegram 😀Instagram 🎬 Youtube
1🥰1