🌟 Dunyodagi eng g’aroyib 5 kutubxona
1️⃣ Trinity College Library – Dublin, Irlandiya
↪️“Book of Kells” kabi noyob qo‘lyozmalar saqlanadi, eski kitob kollektsiyasi dunyodagi eng boylardan biri.
2️⃣ George Peabody Library – Baltimore, AQSh
↪️ XIX asr barokko arxitekturasi, baland shiftlar va devorlar bo‘ylab kitoblar bilan nafis dizayn.
3️⃣ Admont Abbey Library – Avstriya
↪️Dunyoning eng katta monastir kutubxonasi, barokko uslubidagi zallari bilan ajoyib go‘zallikni namoyish qiladi.
4️⃣ Strahov Monastery Library – Praga, Chexiya
↪️XVII-XVIII asr yirik qo‘lyozmalar va rasmli kitoblar bilan to‘la, tarixiy atmosfera bilan mashhur.
5️⃣ Bibliotheca Alexandrina – Misr
↪️Qadimiy Alexandria kutubxonasining zamonaviy nashri, futuristik dizayn, millionlab kitoblar va ilmiy markazlar mavjud.
✨ Har bir kutubxona o‘zining tarixiy yoki zamonaviy dizayni, noyob kitob kollektsiyasi va ilmiy merosi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Kitob sevuvchilar uchun bu joylar haqiqiy jannat!

❤2🔥2👏1
Forwarded from Nordic International University
🔥Diqqat tanlov: tarixga taʼzim!
Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan talabalar o‘rtasida tanlov eʼlon qilinadi!
🖌 Yo‘nalishlar:
🎨 Devoriy gazeta
🎬 Videorolik (3–5 daqiqa).
📅 Muddat: 1–20 aprel
📜 Asosiy talablar:
✔ Ishlar Amir Temur hayoti va merosiga bag‘ishlanishi
✔ Kreativlik, mazmun va dizayn
✔ Videolarda storytelling muhim!
🏆 Nominatsiyalar:
🥇 Eng yaxshi devoriy gazeta
🥇 Eng yaxshi videorolik.
🎁 Mukofotlar:
Diplomlar, esdalik sovg‘alari va eng muhimi — e’tirof!
📞 Bog‘lanish uchun:
+998903588148
💥 Tarixni his qilib, ijodingiz bilan uni qayta jonlantiring!
🌐 Web-site

❤1🔥1👏1🤓1
📚 Parallel o‘qish nega kerak?
• Hozirgi kunda har qanaqa bilim olish uchun kitoblar tanlovi keng. Kitobxonlar o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblarni sanab shoshib qolishadi. Qaysidan boshlashni bilishmaydi yoki, qay tartibda o‘qishda ikkilanishadi.
🔥 Parallel o‘qish — bir nechta kitobni bir vaqtda o‘qish imkonini beradi. Bunda kitobxon o‘qishi eng muhim bo‘lgan 2-3 ta kitobni tanlab oladi va kunni har xil qismida, har xil joylarda mutolaa qiladi.
⚡️ Masalan, sohaga doir kitobni tongda xonasida, shaxsiy rivojlanishga doir asarni tushda mehmonxonada, badiiy asarni kechgi payt oshxonada. Chunki, badiiy asarni tushunish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
⁉️Nega har xil joylarda o‘qish kerak? Miya kitobni o‘sha joy bilan eslab qoladi va chalkashlik bo‘lmaydi. Parallel o‘qish orqali bir vaqtda har tomonlama yuksalish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, kitobxonlar!
Sinab ko‘raman — ❤️🔥

❤🔥7👍4❤1👏1🤓1
#IQTIBOS
Инсон дегани — унутувчан ва хатокор дегани. Яхши кунларда ёмон кунини, ёмон кунида яхши кунларини унутиб қўйдими, демак, у хато қилади. Ажабо, бу дунёда хато қилмай яшаш мумкинми?
©️Eркин Малик (Дуо олган келинчак) китобидан

❤4🔥4🙏2🎉1🤓1
#ибрат
УСТОЗ
Магистратура талабаларидан бири маъруза охирида менга:
- Доктор! Дарсдаги маърузангизни эшитган пайтимизда уни тушунамиз ва кейинги дарсингизни интизорлик билан кутамиз. Лекин уйга қайтиб, дарсликларни ўқисак, сиз маъруза қилган пайтдагичалик фойда ва руҳиятни топмаймиз, - деди.
Мен унга:
- Асалари асални нимадан олади? - дедим. У:
- Гуллар ширасидан, - деди. Мен:
- Агар сен ўша гулларнинг бирортасидан есанг, таъми қандай бўлади? - дедим. У:
- Аччиқ бўлади, - деди. Шунда мен:
- Устознинг вазифаси мана шудир. Устозлар аччиқ гуллардан ширин ва фойдали асал чиқариш учун миллионлаб гуллар узра айланиб, сўнг талабалар олдига тўплаган шираларининг хулосасини қўйишади, - дедим.
P.S.: "Асалари" устозларимиз бор бўлсин!
Устозларимизга юборамиз!

❤7👍4🔥3👏1🎉1🤓1
#tarixda_bugun
Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi.
Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan.
Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar
1. Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan.
2. Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.
3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.
4. 1398-1399-yillar davomida Amir Temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt etgan.
5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urush Iroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan.
6. 1402-yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi.
Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi.
G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan.
Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan.
7. Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Fransiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
8. 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan.
9. Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.

⚡3❤1👍1🔥1🎉1👌1🤓1
Talabamiz tomonidan chizilgan Amir Temur surati
Ushbu rasmda Amir Temurning salobati va buyuk siymosi talabamiz tasavvuri orqali ifodalangan.

🔥13❤4⚡2👏2❤🔥1🎉1🤓1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Амир Темур давлати таркибида бўлган замонавий давлатлар визуализацияси.
👏2❤1⚡1🔥1🎉1🙏1💯1
#Jahon_adabiyotidan
Zamin malikasi, dilbar Samarqand
Jahon taqdiriga egalik qilar.
Barcha shaharlardan mag’rur va baland,
Shuhratda u bilan bellasha olar,
Ayting, qaysi shahar, ayting, qaysi kent?
Na uning tengi bor va na bor misli,
Uning oddiy toshi dunyodagi eng
Zo’r taxt uchun bo’lar shohsupa asli.
Shahar hukmdori kim, deb so’rsangiz,
Javobim Temurdir, hayron lak nafar
Omma ko’z o’ngida turar, ko’rsangiz,
Yakson saltanatlar uzra muzaffar
Manba: Edgar Allan Poe. Tamerlane and other poems. Boston. Calvin F.S. Thomas Printer. 1827. 35- p.

❤2💯2⚡1🔥1
Hurmatli talabalar!
Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyatini takomillashtirish hamda talabalar ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Ushbu so‘rovnoma orqali kitob fondi, elektron resurslar, o‘quv zallari va xizmatlar sifati bo‘yicha fikr-mulohazalaringiz aniqlanadi.
So‘rovnomada kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura yo‘nalishlari talabalari ishtirok etishlari so‘raladi.
So‘rovnoma natijalari ARM xizmatlarini yaxshilash va talabalar uchun qulay sharoitlar yaratishda foydalaniladi.
So‘rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
(https://forms.gle/b9KWjTs1hhN6x6uH8)
Eslatma: So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi va barcha javoblar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi.

Google Docs
ARM faoliyati bo‘yicha talabalar so‘rovnomasi
🔥2🎉2❤1👍1👏1
Forwarded from Sherzod Mustafakulov | Xalqaro Nordik Universiteti rektori
#bugungi_gazetada
🗞 Nuqtai nazar: Mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch
7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda qanday g‘oyalar ilgari surildi va sport kelajagini qanday o‘zgartiradi?
“Xalq so‘zi” gazetasida rektor Sherzod Mustafakulov muallifligida e’lon qilingan maqolada aynan shu savollarga javob topish mumkin.
📌 Qiziqarli tahlil, taklif va xulosalar batafsil 👉 saytimizda

🔥3❤1👍1
Forwarded from Sherzod Mustafakulov | Xalqaro Nordik Universiteti rektori
10-04-26.pdf
10.2 MB
🙏2❤1🔥1
📚 Kongress kutubxonasi 1800-yilda tashkil topgan
AQSh Kongress kutubxonasi 1800-yilda tashkil etilgan. U bugun dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biri sifatida taniladi. Rasmiy ma’lumotlarda uning kolleksiyalarida 470 tilda materiallar borligi qayd etiladi. Bu ko‘rsatkich oddiy kutubxona tasavvuridan ancha kattaroq miqyosni ko‘rsatadi. U yerda nafaqat kitoblar, balki xaritalar, ovoz yozuvlari va filmlar ham jamlangan. Demak, bu joy faqat javonlar emas, katta xotira tizimidir. Tarixni qog‘oz, ovoz va tasvir bilan bir joyda ko‘rish mumkin bo‘lgan kam maskanlardan biri aynan shu.
AQSh Kongress kutubxonasi 1800-yilda tashkil etilgan. U bugun dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biri sifatida taniladi. Rasmiy ma’lumotlarda uning kolleksiyalarida 470 tilda materiallar borligi qayd etiladi. Bu ko‘rsatkich oddiy kutubxona tasavvuridan ancha kattaroq miqyosni ko‘rsatadi. U yerda nafaqat kitoblar, balki xaritalar, ovoz yozuvlari va filmlar ham jamlangan. Demak, bu joy faqat javonlar emas, katta xotira tizimidir. Tarixni qog‘oz, ovoz va tasvir bilan bir joyda ko‘rish mumkin bo‘lgan kam maskanlardan biri aynan shu.
🔥3❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚 Ustoz 60 yillik “qovoq”ni ko‘rgan ekanlar, siz-chi?
🤔 Rostdan ham ko‘p kitob o‘qiganlarning boshi og‘riydimi?
👍5😁3❤1👏1🙏1
📚 Kitobxonlarning qiziqarli odatlari
1️⃣ Abibliophobia – Kitob tugashidan qo‘rqib uni zaxiraga olish odati.
2️⃣ Marginalia – Sahifalarga izohlar, fikrlar yoki belgilar yozish odati. Kitob bilan shaxsiy suhbat qilgandek bo‘lasiz.
3️⃣ Bibliosmia – Kitob hididan rohatlanish. Avval hidlab, keyin o‘qish – haqiqiy kitobsevarlarning zavqi!
4️⃣ Logophile – Chiroyli so‘zlarni sevish va iqtibos yig‘ish odati.
5️⃣ Book Hangover – Kuchli asar ta’siridan uzoqlasha olmaslik. Kitobni yoping, lekin undagi hikoya qalbingizda davom etadi.
❓ Sizda yuqoridagilardan qaysi odatlar bor ekan?

❤5👍2🔥2⚡1🎉1
– Shuncha pulga nima olding?
– Baxt, qayg‘u, iztirob, kulgu...
– Qayerdan?!
– Kitob do‘konidan
☝️Aslida bu hazil ortida katta haqiqat bor. Kitob do‘koniga kirgan inson hech qachon “bo‘sh” chiqmaydi. Chunki u yerda faqat kitob emas – his-tuyg‘ular sotiladi.
Bir kitob sizni kuldiradi, boshqasi yig‘latadi. Yana biri esa hayotingizga jiddiy savollar beradi. Eng qizig‘i – bularning barchasini birgina muqova ichida topasiz. Shuning uchun kitobga ketgan pul hech qachon isrof emas. Bu – o‘zingizga qilingan eng chiroyli investitsiya. Chunki siz sahifalarni sotib olmaysiz, siz o‘zingizni boyitasiz.
‼️Keyingi safar kimdir “Shuncha pulni kitobga sarflabsanmi?” desa, bemalol javob bering: “Ha, men his-tuyg‘ular sotib oldim” 🙂
Siz 1 oyda kitob olish uchun qancha pul sarflaysiz?

❤3🔥2👏2🎉1🙏1
📚 Dunyodagi eng qimmat kitob
Hozirgi kungacha sotilgan kitoblar orasida eng qimmat kitob - Leonardo da Vinchining "Lester kodi" nomli ilmiy asaridir. Ushbu kitob 1994 yilda 30.8 million AQSH dollariga Bill Geyts tomonidan sotib olingan. Hozirgi kunda ushbu summa 53.5 million AQSH dollariga teng deb baholanadi. "Lester kodi" asari da Vinchining ilmiy mavzulardagi, shu jumladan suv, oy va oydagi suv kabi mishmashlar haqidagi fikrlarini o‘z ichiga oladi.

❤6🔥1👏1🙏1