Voqeat | Kamronbek Solih
74 subscribers
202 photos
23 videos
3 files
101 links
⦁ Shaxsiy blog

⦁ Kuzatishlar, fikrlar, iqtisodiy-ijtimoiy va erkin mavzu

⦁ Adabiy: https://t.me/intro_specta

⦁ insta: https://www.instagram.com/kamronbek_solih/
Download Telegram
Когда вы что-то делаете без любви и не профессионально — это халтура.

Когда вы что-то делаете без любви, но профессионально — это ремесло.

Когда вы что-то делаете не профессионально, но с любовью — это хобби.

Когда вы что-то делаете профессионально, и с любовью — это искусство.

Олег Табаков
2👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4 yil o’tib yana jahon chempionati finali, yana Argentina va yan universitetda o’rtoqlarim bilan futbol ko’rayotgan man. Bu safar Argentinaga muhlislik qilmadim. Turnir davomida o’rtamiyona yoki bahsli o’yinlar ko’rsatib keldi.

Mani hayron qilgani shu 4 yil ichida hayotimda bo’lgan o’zgarishlar bo’ldi. Endi bu boshqa mavzu…

Ispaniya g’alabaga munosib o’ynadi va haqli ravishda jahon chempioni bo’ldi!
1
Eshitishimga qaraganda O’zbekistonda har yilgidek anomal issiq. Anomal so’zi ham anomal bo’lmay qoldi.

Bu bizdagi tongi ob-havo. Imtihonlarni tugatmasimdan yoz tugab qolmasaydi deb o’ylab qoldim. Hali tuzukroq dam olishga ulgurmadim.
😁2
Tabiat ajoyib musavvir.
🤩2🕊21💯1
Nafs muolajasi, Abu Homid G'azzoliy

Kitob taomlanish borasidagi nafsni tiyishga islomiy-fundamental, va ba'zi o'rinlarda o'ta radikal chaqiriqlar bilan boshlangan. Manimcha tarjimadan bo'lsa kerak muallifning ko'pgina fikrlari, hikoyalar ancha saviyasiz eshitiladi (ko'pincha g'oya uni qanday so'zlar bilan ifodalanganiga qarab farqli tushuniladi). Shunday bo'lsa ham "radikal chaqiriqlar" kitob so'ngiga borib mo'tadillashadi. Kulgili jihati shuki bir-biriga qarama-qarshi ikki mulohaza ham Qur'oni karim, hadishi sharif va rahimahullohlarni hayotidan ibratli rivoyatlar bilan dastaklanadi.

Mutolaa davomida o'zimni boshqa dunyo odamidek his qildim. G'azzoliy o'lchovi bilan man o'ta ketgan yaramas bo'lsam kerak.

Ha, G'azzoliy — katta nom, atoqli olim va fikrlari balki millionlab odamlarni ta'sirlantirgan ulamo. Lekin katta nom hulosalarimga senzura bo'lishini istamadim.

Shunday bo'lsada kitobdagi asosiy argumentda jon bor: ortiqcha to'qlik insonni dangasa qilib qo'yadi, ibodat lazzatidan ayradi, shaxvatga yo'l ochadi. Nafsni o'z erkiga qo'yib berish ayniqsa bizda ko'p uchraydigan, hali ertalabki soat 10 bo'lmasdan "tushlikka qayerga boramiz, nima yeymiz" degan savollarni keltirib chiqaradi, bozorga borsak o'zimiz rajamizda bo'lmagan narsalarni ham sotib olamiz. Man kuzatganim, ba'zi odamlar energetik ichimliklar yoki kolaga ruju qo'yib o'rganib qolishadi. Shaxvat masalasidagi boblarda bahsga o'rin yo'q.

Kitob ta'siridagi yaxshi o'zgarishlar: nafsimni kuzata boshladim; ochlik va chanqoqlikka sabr qilishni o'rganyapman; nazarimni tiyishni mashq qilyapman.

27.07.2026

#mutolaa

@Voqeat
👍5
Inka qizaloq.

Surat National Geographic saytidan olindi.
Uyqudagi malika: 500 yil muzlik bag'rida

1999 yilda Argentina va Chili yaqinidagi so'ngan vulqon tog'idagi muzliklarga ko'milgan qiz jasadi topiladi. Jasad shu darajada yaxshi saqlangandiki qiz huddi bir necha soat oldin uyquga ketgandek tuyuladi. Sababi dengiz sathidan 6700 metr balandda, siyrak havo va o'ta sovuq harorat uni tabiiy ravishda "mumiyolagandi".

Qiz tahminan 13-15 yoshlarda bo'lib, ispan istosidan avval 1500-yillarda Inka imperiyasida yashagan. Uni diniy marosimda hudolar uchun qurbonlik qilishgan.

Eng daxshatlisi qurbonlikkacha yo'l. Qurbonlikka sog'lom va chiroyli yosh bolalarni bir yil oldin tablab olishgan. Kimyoviy tahlillarga ko'ra so'ngi bir yilda qizni ham hayot tarzi tuban o'zgargan: oddiy mahsulotlar (masalan, kartoshka) yeyishdan tansiq (go'sht va jo'xorili) taomlar tannovuliga o'tgan. So'ngi yilda (kokain olinadigan) coca barglari va alkagol iste'moli muttasil ortib borgan. Manimcha o'lishini bilgan qiz reallik bilan yasholmagan, hammasini unutgisi kelgan. Bizni og'zida qolgan coca bargi qoldiqlari va qonidan topilgan yuqori alkagol miqdoridan hulosa qilishganki ma'rosim kuni qizaloqni o'zini anglamaydigan, qarshilik qilmaydigan darajada mast qilib tog' boshiga olib chiqib tiriklayin ko'mishgan. Ustidagi yopinchiq, va urf-odatlarga qaraganda marosimda otasi ham qatnashgan. Qiz esa bu dunyo vaxshiyatlari unutgan, sarmast va sokin holda abadiy uyquga ketgan.

O'ylab qolaman, bizni jamiatimizdagi qanday norma 500 yildan keyin shunday achinish bilan tilgan olinarkin?...
💔2
Uzbekonomics
Alifbo o’zgartirilmasin
Yana bir argument shundaki, "alifboni o'zgartiramiz" qabilidagi muhokamalar(aslida tahdid so'zini ishlatmoqchi edim) allaqochon lotin yozuvidagi o'zbek tiliga zarar keltiryapti. Bunaqa noaniqlik davrida va kamida bundan 5 yil keyingacha ham o'zbek tilidagi kitoblar krill alifbosda bosib chiqarilaveradi. Chunki nashriyot, bosmaxonalar kitoblari ommabopligini yo'qotishini istashmaydi.

Behzod va Botir akalar ko'zdan qochiryotgan siyosiy jihat ham bor. Turkiy dunyo uchun yagona alifbo yaratish masalasi. Shuning uchun (Turkiyada o'qib kelgan, Milliy tiklanish partiyasi rahbari) Alisher Qodirov bu islohot uchun advokatlik qilyapti.

Turkiy dunyoning Turkiya boshchiligida birlashishi biz kabi aholi va iqtisodiyot nisbatida kichik bo'lgan davlatlar uchun huddi o'zimizga yangi Rossiyani topishdek gap bo'ladi. Fikrimcha, ideal integratsiya avval Markaziy Osiyoning 5 da davlatini konfederatsiya shaklidagi birlashuvi va shundan keyin Turkiya bilan teng sherik sifatidagi yaqin iqtisodiy-siyosiy aloqalar.

@Voqeat
🔥2
MoliyAI haqida

Loyiha bilan tanishib chiqarkanman shunchaki "Waaauw" dedim. Shovvozlar universitetda kurs ishi qilishga, yoki yosh dasturchiga uy vazifasi qilib beriladigan topshiriqdan furor ko'taradigan darajadagi mahsulot yaratishibdi. G'oya juda sodda, qizig'i yechim ham unchalik murrakkab yoki fantalab ko'rinmadi. Yechimda ishlatilgan algoritmlar anchadan beri klassifikatsiyalashjda ishlatib kelinadi. Hatto eskirgan deb qarladigan Logistic Regression ham ishlatishgan. Loyihaning manga qorong'u tarafi modellarni tarbiylashda va keyinchalik skoringda ishlatiladi deyishgan ma'lumotlarni qanday qilib telekom kompaniyalardan olishlari va Muqobil va Xulq-atvorga oid ma'lumotlar nimalardan iboratligi.

Muaffaqiyatlarining asosiy omili, maning fikrimcha, bu jamoa bo'lgan.

Murod aka Nazarov aytganlaridek varrak uchirish mavsumi bo'lyapti o'rtoqlar, varraklaringizni olib chiqing!
👍1
Birinchi semesterdan hulosalar

Germaniya ta’limining bizdan farqlari. Asosan loyihaga asoslangan o’rganishga urg’u berilgan. Ko’pincha yakuniy imtihonlar jamoaga tadqiqot yoki loyiha sifatida beriladi. Jamoa loyiha ustida eng kamida bir oy ishlaydi va natijalarni taqdimot qiladi. Bunda amaliyot jarayonida o’rganasiz (learning by doing). Har bir jamoa a’zosi loyihani umumiy tushunishi va o’z qismi bo’yicha savollarga javob bera olishi kerak bo’ladi.
Bu esa shaxsiy javobgarlik hissini uyg’otadi. Birgina sizni deb butun jamoaning mehnati chippakka chiqishi mumkin.

1/5
🔥32
O’z navbatida talabalarda jamoada ishlash malakasi shakillanadi. Bizda individualizm kuchli. Buni sportdagi muaffaqiyatlarimiz asosan yakka tartibdagi sport turlaridan ekanligidan ham bilsa bo’ladi. Bu haqida avval ham yozganman.

Bizda imtihonlar qanday olinadi? Eng yaxshi ssenariyda tayyorlanib odatda esa test yodlab yakka tartibda imtihon topshiramiz. Jamoda ishlash bizni ta’limda yetishmaydiga elementlardan biri deb hisoblayman.

2/5
🔥4
Oxirgi 3 oy ichida, turli mamlakatlardan kelgan talabalarning ~50-70 prezentsiyalarni ko’rdim. Qiziq bir kuzatish qildim, o’rtacha osiyolik talaba taqdimot jarayonida o’rtacha yevropalikka nisbatan ko’proq hayajonlanadi. Buni sabablari esa, biz osiyoliklarni ta’lim tizimlari test va yozma topshiriqlarga asoslangani va power distance index (Outliers kitobida juda yaxshi tushuntirilgan)ning yuqoriligi deb o’ylayman.

3/5
🔥4
Audi challenge dagi jamoadoshlarim Germaniya, Malaziya, Peru va Falastin davlatlaridan edi. Tom ma’nodagi internatsional jamoa. Ular bilan 3 oydan ortiq birga ishladik.

Lekin, manga eng yoqqan jamoaviy ish Applied Regression Analysis bo’ldi. Guruhdoshlarimning har biri yuqori saviyaliy va xayratlanarli darajada tez o’rganadigan, mehnatkash yigitlar ekan. Man yangi mavzularni o’rganishdagi o’rtoqlarimni tezligiyu o’zimni sekinligimni fundamental bilimlarimiz bilan bog’ladim. Olmoniyani sifatli ta’lim muhitida yaxshi fundament shakillantirganlar yangi narsalarni ham o’rganishi tez bo’ladi. Bazamni tuzatish uchun universitet darslarimdan tashqari “Introduction to statistics” , “AI Fluency: Framework & Foundations” kurslarini o’qishga to’g’ri keldi.

4/5
🔥4
Darslarda qatnashish majburiyni? Yo’q. Faqat imtihonlarni topshirolsangiz bo’ldi. Bu yerda hech kim davomatingizni, kiyimingizni nazorat qilmaydi.

Tangani ikkinchi tarafi esa, darslarga bormasangiz nima keragi bor edi top universitetga kirib?

Shaxsan man uchun magistratura full time o’qishni so’ngi bosqichi bo’lganidan undan maksimal foydalanmoqchiman. Yana talabalik hissi, korporativ bir xillikdan uzoqlashish va kelajak qurish. Bilmadim yana o’qishga vaqt, imkon va hozirgidek hohish bo’ladimi yo’qmi.

5/5
🔥41
Ўзбекистондан Қирғизистонга ўтган қишлоқлар аҳолисига Қирғизистон фуқаролиги берилади

Eng muhim jihat, o'sha yerdagi aholining fikri so'ralganmi?


https://qalampir.uz/news/chungara-va-tosh-tepa-k-ishlok-larini-k-irgizistonga-rasman-topshirish-zharayeni-boshlandi-140691
🔥1💯1
Bugun anchadan beri o’ylab yurganim — 10 km ga yugurib ko’rdim. Oxirgi marta qachon uzoqroq masofaga yugurganimni eslolmayman to’g’risi. 9-10 sinflarda boks to’garagiga qatnashardim. Shunda haftada bir-ikki marta kross yugurardik.

Daryo oqimi bo’ylab yugurib ketaverdim. Tinch sokin daraxtzorlar, keng dalalar hullas ajoyib manzara. Daryoda qayiq va sollarda suzyotganlarga ko’p ko’zim tushdi. Eshkakli sportlar Germaniyada juda ommalashgan ekan.

Strava

#sport

@Voqeat
🔥3
Chellendj nima bo’ldi?

#pushforward heshtegi bilan boshlangan chellendj 21 kunlik marrasidan o’tdi.

Maqsad, har kuni bomdot namozidan keyin yugurish va mashg’ulotlarga chiqishni odat tusiga kiritish edi.

Ha, bu safar uzluksiz, mukammal bo’lmadi. Lekin, ba’zida yiqilgan joydan turish, uzilgan joyidan bog’lash yoki to’xtagan joyidan davom ettirib oxiriga yetkazib qo’yish ham iroda talab qiladi. Bu chellendj mukammallik haqidamas davomiylik haqida bo’ldi.

To’xtagani yo’q. Nasib qilsa keyingi marralarni ham ulashib boraman.

Stravada kuzatib boring!

#sport

@Voqeat
🔥2