Virtual Lab
64 subscribers
5 photos
5 links
Loyihaning asosiy maqsadi — laboratoriya sharoitlari mavjud bo‘lmagan maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarga ilm-fan tajribalarini vizual, sodda va real hayotga bog‘langan shaklda taqdim etish.
Sayt: virtual-lab.uz

Takliflar uchun: @virtuallabadmin
Download Telegram
Channel created
Virtual Lab nima?

Virtual Lab bu kimyo va fizika darsliklaridagi laboratoriya ishlarini video va tushunarli tavsif orqali ko'rsatadigan bepul onlayn platforma. Bugun biz uni ishga tushirdik.

Bu loyiha oddiy bir kuzatuvdan boshlandi. Darsliklarda ko'plab laboratoriya ishlari bor, ammo hamma maktabda ham ularni o'tkazish uchun kerakli jihoz va moddalar topilavermaydi. Shu sababdan ko'p o'quvchilar tajribani ko'rmasdan, darsliklardagi teoriyani o'rganadilar xolos. Biz shu bo'shliqni ozgina bo'lsa ham to'ldirishni xohladik.

Shuning uchun darsliklardagi tajribalarni maktab laboratoriyasida o'zimiz bajarib, videoga oldik. Har bir video yoniga tajribada nima bo'layotgani, uning maqsadi, ilmiy izohi va xulosasi yozilgan tavsiflar qo'shdik va bu orqali videoni ko'rib turib, bir vaqtning o'zida o'qib borish mumkin. Tavsiflarni iloji boricha darslikdagi atamalar va mazmunga yaqin yozishga harakat qildik.

Hozircha platformada 7–10-sinflar uchun bir nechta tajribalar bor. Albatta, hali hammasi mukammal emas. Hozirda ba'zi videolarni qayta olish, yangi tajribalar qo'shish va tavsiflarni yaxshilash ustida ishlashda davom etmoqdamiz.

Platformadan o'quvchilar darsga tayyorlanishda, o'qituvchilar esa laboratoriya imkoniyati cheklangan sinflarda foydalanishi mumkin degan umiddamiz.

Allaqachon qiziqayotgan bo'lsangiz, bir ko'z tashlab ko'ring:
virual-lab.uz

Fikr va takliflaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz — qaysi tajribani ko'rishni xohlaysiz, nimani yaxshilash kerak, tortinmasdan yozavering. Agar loyihamizni manfaatli deb bilsangiz, tanish o'qituvchi va o'quvchilarga ham ulashib qo'ying, juda minnatdor bo'lamiz.

Rahmat!

Savol va takliflar uchun: @virtuallabadmin
🔥5❤1❤‍🔥1
🧪 Virtual Lab’da yangi imkoniyat — simulyator!


Avval platformadagi tajriba videosini ko‘rib, jarayon bilan tanishasiz. Keyin esa simulyatorda tajribani o‘zingiz qayta bajarib ko‘rishingiz mumkin. Bu orqali nafaqat tajribani kuzatish, balki uning qanday bajarilishini amalda tushunish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Hozircha simulyator platformaning yangi qismi bo‘lib, undan foydalanishni yanada qulaylashtirish va imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlayapmiz.

👉 Sinab ko‘rish uchun: link

Agar sizga foydali bo‘lsa, do‘stlaringiz va o‘qituvchilaringiz bilan ham ulashib qo‘ying.
❤4🔥3❤‍🔥1
Uni Lab: Toshkent davlat tibbiyot universiteti bilan birinchi tajriba

Virtual Lab'da yangi bo'lim — Uni Lab ochildi. Unda universitet laboratoriyalarida mutaxassislar qanday ishlashini ko'rsatamiz. Birinchi hamkorimiz — Toshkent davlat tibbiyot universiteti.

Mavzu: dori vositalarining anomal toksikligini aniqlash testi.
Venaga yuboriladigan dorilar bemorga yetib borishidan oldin xavfsizligi aynan shu test bilan tekshiriladi. Videoda farmakolog va dori sifatini nazorat qiluvchi mutaxassislar ishini ko'rasiz.

Tajribani olib borgan TDTU o'qituvchisi Abdusattor Tojiboyevga katta rahmat!

To'liq tajriba: link
❤6🔥2❤‍🔥1
🧪 Simulyator bo‘limida 3 ta yangi tajriba
Endi tajribalarni nafaqat videoda ko‘rish, balki o‘zingiz bajarib ko‘rish ham mumkin:
🔹 Aralashmani ajratish: ifloslangan tuzni suvda eriting, filtrlang va bug‘lating. Oxirida qancha toza tuz olganingizni tarozida tortib ko‘rasiz.
🔹 Kislorod olish: vodorod peroksidga katalizator qo‘shing va cho‘g‘langan cho‘pni probirkaga tushiring: u alangalanib ketadi.
🔹 Vodorod olish: rux va xlorid kislotadan vodorod oling, yonib turgan cho‘p bilan sinang va sovun pufakchalari havoga qanday ko‘tarilishini kuzating.
Har bir tajriba 2D va 3D ko‘rinishda. 2D telefonda qulay, 3D da esa jihozlarni har tomondan aylantirib ko‘rish mumkin.
Simulyatorda endi jami 5 ta tajriba bor: Indikatorlar, Laboratoriya jihozlari, Aralashmani ajratish, Kislorod olish va Vodorod olish.
👉 https://www.virtual-lab.uz/laboratoriya
❤3❤‍🔥1🔥1
🔬Virtual Lab — a science lab for every student

Many schools don't have the equipment or reagents for chemistry and physics experiments, so students only read about them in textbooks. Virtual Lab helps close that gap.

What you'll find:
📹Real experiments from the school curriculum (grades 7–11), filmed in a real lab
📖Clear write-ups for each one: aim, explanation, equations, results and safety tips
🧪2D and 3D simulator where you run experiments yourself
🎓Uni Lab: experiments from university labs, made with New Uzbekistan University and Tashkent State Medical University

🤝We're open to collaboration! If you're a high school or university student with access to a lab and want to share your experiments with others, write to @virtuallabadmin


🌐virtual-lab.uz
📱@virtuallabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3🔥2