Vetetrack
2.35K subscribers
51 photos
15 videos
3 files
29 links
Shermuhammad Khudoyberdiev
🔹 HR | Leadership | Growth
🔹 Fikrlar, boshqaruv va rivojlanish haqida
🔹 O‘ylayman, kuzataman, baham ko‘raman
#vacancy@IstiqbolPro
#Thoughts@thatiswhatithink
Download Telegram
🇺🇿 Toshkentda propiska bekor qilindi — tarixiy qadam!

O‘zbekiston tarixida muhim sahifa ochildi — Toshkent shahrida doimiy propiska tizimi rasman bekor qilindi.

Bu qaror nafaqat huquqiy tenglik sari tashlangan qadam, balki jamiyatdagi adolat tamoyillarining mustahkamlanishidir. Endi har bir O‘zbekiston fuqarosi Toshkentda yashash, ishlash yoki o‘qish istagini hech qanday byurokratik to‘siqlarsiz ro‘yobga chiqarishi mumkin.

🟢 Ijobiy tomonlari:
Ish va o‘qish imkoniyatlari kengayadi.

Uy-joy olish, biznes boshlash osonlashadi.

Fuqarolar orasida huquqiy tenglik ta’minlanadi.

♻️ Ammo shuni ham unutmasligimiz kerak:
Tarixiy o‘zgarishlar har doim mas’uliyatni ham talab qiladi. Propiskaning bekor qilinishi bilan birga yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarga ham tayyor bo‘lishimiz kerak: aholi soni keskin oshadi, transport, uy-joy narxi va infratuzilmaga bosim kuchayishi.

Bunga hokimiyat ham, xalq ham tayyor bo‘lishi kerak.

Shuning uchun bu qarorni shunchaki e’lon emas, balki bosqichma-bosqich rejalashtirilgan, infratuzilma va ijtimoiy tizimlar bilan birga uyg‘un rivojlanish rejasi sifatida ko‘rish muhim.

@vetetrack
❤‍🔥101😁1412👍11🔥10🌚1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧩 Har qanday taraqqiyot – ichki qiziqishdan boshlanadi.

Bugun HR sohasiga qanday qilib kelib qolganimni siz azizlar bilan bo'lishmoqchiman.

Men hech qachon “shunchaki ishlash” tarafdori bo‘lmaganman. Qayerda ishlashni boshlasam, butun vujudim bilan shu ishga sho‘ng‘ib ketaman. Narsalarning qanday ishlashini tushunishga, “nega aynan bunday bo‘lishi kerak?” degan savolni berishga va eng muhimi – tizimni tahlil qilib uni avtomatlashtirish va takomillashtirishga harakat qilaman.

📞 Dastlabki tajribam Call-centerda boshlandi.
Aynan shu yerda o‘zimda bor bo‘lgan salohiyatni ilk bora angladim. Har kuni yuzlab odamlar bilan muloqot qilish, ularning ehtiyojini tushunish, savollarga javob topish – bu menga o‘zimni kashf etishga yordam berdi. Aslida bu bosqich eng kerakli fazilatlarimni yuzaga chiqardi va to‘g‘ri sohani tanlashimda yo‘l ochdi.

📶 HR – bu sohaga yurakdan qadam.
HR sohasiga birinchi qadamimni Rubber Toys o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi kompaniyasida internship sifatida qo‘ydim. Bu yerda asosiy bilimlarni oldim, amaliyotda o‘rgandim. Ortidan maxsus kurslar, ustoz maslahatlari, real jarayonlar kelib, HR sohasi menga tobora yaqinlashdi.

Va men bu sohaga oshno bo‘ldim.

🎓 HR’da chuqur bilim – Westministerda yana bir ochilish bo'ldi.
Universitetda ustozlarim bu sohaga bo‘lgan yondashuvimni butkul o‘zgartirdi. HR’ni endi faqat ishga qabul qilish emas, balki odamlar bilan ishlash san’ati, kompaniya madaniyatini shakllantirish, strategik fikrlash vositasi sifatida ko‘ra boshladim. Shundan keyin bu sohaga bo‘lgan muhabbatim yanada mustahkam bo‘ldi.

📈 O‘sish davri – Business Solutions.
Keyingi ish joyimda mas’uliyatliroq lavozimga ega bo‘ldim. Har kuni yangi qarorlar, muammolar, tahlillar va ularni hal qilish. Tajriba ortgani sari, o‘rganganlarimni boshqalarga o‘rgatish ishtiyoqi ham kuchaydi.

Shuningdek, bir necha boshqa loyihalarda faol ishtirok etdim – bu esa menga turli jarayonlarni ko‘rish va solishtirish imkonini berdi.

🧾 ICBT – Training & Gamification:

Nazariyani amaliyot bilan boyitish maqsadida ICBT’da “Training Methods and Gamification” modulini tamomladim. Yangi davrning HR’ga qo‘ygan talablari: o‘rgatish, ilhomlantirish, motivatsiya berish – bularning barchasini zamonaviy yondashuvlar orqali shakllantirish mumkinligini aynan shu darslar davomida chuqur angladim.

🚀 Endi esa – yangi bosqich!
Hozirgi kunda biz “IstiqbolPro” nomli rekruting agentlik loyihasini hayotga tatbiq etmoqdamiz. Bu agentlik haqida keyinroq batafsil yozaman, lekin hozir men Smart Delivery Investment Group kompaniyasida Head of Recruitment lavozimida faoliyat yuritmoqdaman.

❤️ Barchasi uchun tashakkur!
Yo‘lim davomida menga ustozlik qilgan, ishonch bildirgan, biror maslahat yoki turtki bergan barcha insonlarga chin dildan minnatdorchilik bildiraman.

🧠 Muvaffaqiyat kaliti – xarakterning mustahkamligida.
Menimcha, insonni oldinga olib chiqadigan narsa – ichidagi tahlilchi, so‘roq beruvchi, va doimiy o‘rganuvchi xarakteridir. Men aynan shu fazilatlarim evaziga bugungi joyimga yetib keldim va hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p.
❤‍🔥1376🌚1
1 million! O‘zbekistonliklar endi LinkedInda! 🇺🇿

Bugun LinkedIn'dan foydalanayotgan O‘zbekistonliklar soni 1 millionga yetdi!

Bu shunchaki raqam emas. Bu – o‘z ustida ishlayotgan, o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, o‘rganayotgan va o‘zini professional dunyoga tanitayotganlar soni.

🔹 Nega aynan LinkedIn?
LinkedIn bu shunchaki ijtimoiy tarmoq emas — bu:

-Ish topish va ishchi topish joyi
-Foydali postlar va bilimlar manbai
-Dunyo bo‘ylab networking qilish imkoniyati

-Professional imijingizni shakllantirish uchun eng yaxshi sahna

Shunchaki ko‘zdan kechirish emas — ishtirok etish va faol bo‘lish vaqti keldi.

🟢 Hozirdan boshlang — profil oching, o‘zingiz haqingizda yozing va eng muhimi, o‘rganishni boshlang!


LinkedIn – siz kutgan imkoniyatlarga to‘la!

@vetetrack | LinkedIn
😍78❤‍🔥60👍3🌚1
"Bo‘rini maqtaydilar – o‘zlari uchun xatarli bo‘lsa ham. Itni haqorat qiladilar – o‘zlari uchun do‘st bo‘lsada. Insonlar o‘zini mensimaganni hurmatlab, sadoqat ko‘rsatganlarni mensimaydilar."

@vetetrack
531😍1
🔰Rahbar bo‘lish — bu hamma ishni bilish emas, balki har bir ishni kim bajarishini bilishdir.

“Rahbar bo‘lish — orkestrda dirijyor bo‘lishga o‘xshaydi. Dirijyor barcha musiqa asboblarini chalishni bilishi shart emas, uning vazifasi har bir musiqa asbobini o‘z vaqtida va to‘g‘ri chalinishini ta’minlash. Agar dirijyor ham skripka, ham pianino, ham baraban chalaman desa — bu holda simfoniya barbod bo‘ladi. Xuddi shunday, rahbar ham marketingni, moliyani, sotuvni o‘zi qilsa — kompaniya rivojlanmaydi. Asl rahbarning kuchi — o‘z jamoasini orkestr kabi boshqarishida. Natijada ishlarning uyg‘unligi kuchli natija beradi. ”
©Ustozdan nasihat

@vetetrack
111🔥44😍1
🔰 Kompaniyada tizim yo'q bo'lsa, Odamlar boshqariladi.
Tizim bo'lsa — Jarayonlar boshqariladi.


Kichik kompaniya bilan yirik kompaniya o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri bu boshqaruv uslubidir. Kichik biznes boshqaruvida faqat xodimga e’tibor qaratiladi. Misol uchun mijoz shikoyat qildi, demak Aziz unga yaxshi xizmat ko‘rsatmagan bo‘ladi. Yirik kompaniyalarda esa asosiy e’tibor biznes jarayonlariga qaratiladi. Xuddi shu misol, mijoz shikoyat qildi, demak mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarida yoki xodimlarni o’qitish tizimida kamchilik bor. O‘smoqchimisiz, xodimlarni emas, tizimni to‘g‘irlang.
©Ustozdan nasihat

@vetetrack
88🔥4
18-20 yoshimga maslahatlarim!

Muhabbatni butun hayoting deb o‘ylama. Ketadigan odam baribir ketadi. Faqat Alloh xohlaganlari yoningda qoladi.

Faqat pul ortidan quvma. Pul doim qochadi, bilim va mehnat esa seni abadiy boqadi.

Hech qachon kelajakdan vaqt qarz olma. “Keyin qilaman” deb o‘ylagan ishing ko‘pincha qilinmay qoladi.

Do‘stlarni soni emas, sifati muhim. O‘nlab tanishlardan ko‘ra, birgina haqiqiy inson sen uchun butun dunyo bo‘lishi mumkin.

Yolg‘izlikdan qo‘rqma. Yolg‘izlik – o‘zingni tanish maktabi.

O‘zingni kimlargadir isbotlashga urunma. Kim seni qadrlasa, isbotsiz ham qadrlaydi.

Telefonni chetga qo‘y, kitob och. Vaqt o‘tadi, kitobdan olganing esa umringga hamroh bo‘ladi.

Vaqtni bekor ketkazma, hatto 5 daqiqa ham. Chunki aynan o‘sha 5 daqiqa kelajakda bir imkoniyat bo‘lishi mumkin edi.

Hayot – imtihon. Shodlik ham, alam ham sinov. Buni qabul qilishni o‘rgan.

Hammaga ishonma, lekin hammani hurmat qil.

@vetetrack
125🔥3😍3
🍃 Kichik qaror – katta natija

Mana bir oydirki, gazli ichimliklardan butunlay voz kechdim. Ikki oy oldin esa shakarli mahsulotlarni iste’mol qilishni to‘xtatgandim.

Dastlab qiyin bo‘ldi. Tadbirlar, yig‘inlar, jamoviy uchrashuvlarda hamma odatdagidek gazli ichimlik ichadi. Men esa faqat suv ichdim. Vaqt o‘tib esa bu narsa menga tabiiy holga aylanib bormoqda.

Eng qiziq tomoni – boshida hammaga umumiy suv olib kelinar edi. Lekin, atrofdagilar mening ichmasligimni ko‘rgach, endi alohida tabiiy sharbatlar olib kela boshlashdi. Hatto menga qo‘shilib, gazli va energetik ichimliklardan voz kechayotganlar ham ko‘paymoqda.

Shunda bir narsani angladim:
- Agar sen haqiqatda foydali qarorda mustahkam tursang – vaqt o‘tib odamlar qarshilik qilishni emas, qo‘shilishni boshlashadi.
- Haqiqat vaqtni yutadi.
- Qat’iyat esa insonni g‘olib qiladi.

Kichik odat – katta ta’sir. 🌱

@vetetrack
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
188🔥4😍1
Qachondan boshlab jamoat transportlarida yurish uyat va pastlik belgisi bo‘ldi?

Jamoat transportida yurish – uyat emas.

Bu reklamda: “60 yoshda ham avtobus kutib ishga borishni hohlamasangiz, farzandingizga til o‘rgating.” deyilgan.

Bu nimani anglatadi? Avtobusda yuradigan insonlar “muvaffaqiyatsiz”mi?
Bu — stereotip va diskriminatsiyaning o‘zginasi.

Dunyodagi eng boy shaharlarida — Tokio, London, Parij — milliardlab dollar egalari va Davlat tizimida katta martabalarda ishlaydigan odamlar ham metro va avtobusda yuradi. Bu yerda transport tanlovi insonning qadri yoki darajasini o‘lchamaydi.

Til o‘rganish — albatta, kelajak eshiklarini ochadi. Lekin uni boshqalarni past ko‘rsatish uchun vosita sifatida ishlatish — noto‘g‘ri va zararli marketing.

Jamoat transportlari xar tomonlama qulay.

Misol qilib aytadigan bo‘lsak: Toshkent ko‘chalari tirband bo‘lsa va o‘zining vaqtini qadrini biladigan inson bo‘lsa. 1 soatlab tirbandlikda moshinasida o‘tirgandan ko‘ra Metroda 10–15 daqiqada manziliga borishni tanlagan bo‘lar edi.
Ustozlardan.

Bu marketing odamlarni qo‘rquv, aybdorlik, umidlaridan foydalanib daromat topishni maqsad qilganmi shunda?

@vetetrack
2120🔥2
Mustaqillikning 34 yilligi muborak bo‘lsin 🇺🇿

Yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan aziz yurtdoshlarimizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Shuningdek, Tashabbusli budjet loyihasida g‘alaba qozongan barcha mahalla va qishloqlarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz!

@vetetrack
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
476🔥3
🪶
Eng kuchli odam bo‘lmoqchimisiz?
Allohga tavakkal qiling.

Eng boy odam bo‘lmoqchimisiz?

O'zingizning qo'lingizdagi narsaga ishonganingizdan ko'ra Allohni qo'lidagi narsaga qattiqroq ishoning!

Talabalar bir muddat bir tiynga mayda izlab yuradi, yo'l kirasini hisobini oladi, bitta perashkani hisobini oladi lekin osh yeyolmaydi. Allohga tavakkal deb yuradi chunki yo'qda, tavakkal deyishdan boshqa chorasi yo'qligi uchun Allohga tavakkal deb yuradi.
Keyin kattaroq mansabga o'tirgandan keyin yoki qandaydir tijoratni boshlab, boyib badavlat bo'lib 100 ming 200 ming dollar puli bo'lgandan keyin tavakkali puliga bo'lib qoladi.
Yarim puli ketib qolsa vasvas bo'lib qoladi, endi nima qilaman deydi 100 ming dollari qoldi deydi o'zi 100 ming so'm puli yo'qligida nima degan ...

Bir o'ylantiradigan savol: Allohni qo'lidagi narsaga tavakkulimiz qattiqroqmi yoki pulimizgami ?

Odamlarning eng hurmatlisi bo'lishni xohlaysizmi Allohdan taqvo qiling, Alloh bor hamma narsaga qodir deb qo'ying shuning o'zi yetadi.

Haqiqiy osoyishtalik Allohga tavakkal qilishda.

@vetetrack
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5146😍3
🔔 Yangi davr boshlanmoqda...

Hayotda bir haqiqat bor: o‘zgarish va katta natijalar uchun ba’zan jim bo‘lib, butun e’tiborni bir maqsadga qaratish kerak bo‘ladi. Rivojlanish shunchaki shovqinda emas, balki ichki kuchni yig‘ib, asta-sekin mukammal natijaga intilganda sodir bo‘ladi.

Biz ham shu yo‘lni tanladik — biroz muddat sizdan jim bo‘ldik, lekin bu jimlik ortida tinimsiz mehnat va yangi imkoniyatlarni yaratish jarayoni ketdi.

🌱 Bugun esa sizga o‘sha mehnat mevasi — mustaqil ravishda rus tilini o‘rganish imkonini beradigan platformamizni taqdim etamiz. Endi siz istalgan paytda, istalgan joyda rus tilini bosqichma-bosqich, tartibli darslar orqali o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi.

📚 Shu bilan birga, biz platformadagi darsliklarni kitob shaklida ham nashr etishni boshladik. Endi qo‘lda o‘qish, qayd qilish va mustahkamlash yanada qulay bo‘ladi.

Bilamizki: rus tilini bilmaslik sababli ko‘plab imkoniyatlardan cheklanib qolamiz. Ishda ham, o‘qishda ham til zarur bo‘ladigan vaziyatlar tug‘iladi. Lekin biz xohlagan vaqtda darslar bo‘lmaydi, yoki YouTube va boshqa tarmoqlarda oxirigacha yozilgan tartibli kurslarni topa olmaymiz.

Endi esa bu og‘riqlarning barchasiga yechim topildi — hammasi bitta joyda jamlandi.

👉 Bu loyihani allaqachon yuzlab insonlar sinov tariqasida ishlatishdi va ularning aksariyati uni foydali deb topishdi. Endi esa uni keng jamoatchilikka ochib bermoqdamiz.

💸 Eng quvonarli jihati — kurs narxini hammaga qulay bo‘lishi uchun boshqalardan ancha arzon qilib qo‘ydik. 3,5 oylik to‘liq kurs narxi atigi 100 000 so‘m. Bundan tashqari, “Shermuhammad Khudoyberdiev kanalidan keldim” deganlarga alohida 30% chegirma ham mavjud!

Yangi davr:
Play Market | App Store

Jimligimizning siri shu edi. Endi esa siz bilan birgalikda yangi davrni boshlaymiz.

@vetetrack
3574
Qilayotgan ishingizni yaxshi koʻring yoki yaxshi koʻrgan ishingizni qiling!

NASA (Amerika aerokosmik agentligi) da ishlaydigan farroshdan soʻrashibdi:
– Nima ish bilan shugʻullanasiz?
– Oyga odam uchirishga yordam beraman!


Agar suygan ishingizni qilayotgan boʻlsangiz, nur ustiga nur. Hozirgi ishingiz oʻzingizga yoqmasa, lekin shu ishda ishlashingiz zaruriyat boʻlsa, bu ishingizdan yaxshiliklarni qidiring.

Sizga yoqmaydigan ish joyingizda oqibatli hamkasblaringiz bordir. Mehnatingiz odamlar ogʻirini yengil qilayotgandir. Shu ishingiz sabab, qozoningiz qaynab, oilangiz muhtojlik koʻrmayotgandir...

"... Sizlarga yoqmagan narsa sizlar uchun yaxshilik bo‘lishi mumkin. Sizlar yoqtirgan narsa esa sizlar uchun yomonlik bo‘lishi mumkin. Alloh bilur, sizlar esa bilmaysizlar" (Baqara surasi, 216-oyat).

Men ko‘plab suhbatlar o‘tkazaman va ko‘ramanki, aksariyat xodimlar (savdo vakillari) o‘z ishini yoqtirmaydi, ko‘pincha majburiyat sababli ishlashadi. Ularni ham tushunish kerak — moliyaviy barqarorlik har bir inson uchun muhim.

Ammo unutmasligimiz kerakki: siz bu sohaga vaqtingizni hamda energiyangizni sarflayapsiz, buning evaziga maosh olib ehtiyojlaringizni qondirayapsiz. Demak, shu jarayonda siz tajriba va bilim orttiryapsiz.

Andrew Tate shunday degan edi:
“Xitoylik bir sement zavodi egasi, millioner. U sement ishlab chiqarishni yoki betonni yaxshi ko‘radi, deb o‘ylaysanmi? Yo‘q. Lekin u bu ish orqali katta daromad topadi va hayotini o‘zgartiradi.”

Xuddi shunday, siz ham hozirgi ishingizni majburiyat deb emas, imkoniyat deb qabul qiling. O‘zingizga yoqadigan tomonlarini toping, rivojlanishga intiling. Shunda siz kompaniya uchun yanada muhim inson bo‘lasiz, qadrlanib, hurmat topasiz. Eng muhimi — sekin-asta ishga nisbatan mehr ham uyg‘ona boshlaydi.

@vetetrack
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
559
🗯 O‘zgarish — bugungi ‘men’ni ertangi kuchliroq ‘men’ga aylantirish uchun kerak.

Inson hayotidagi eng katta yangilanish tashqi dunyoni emas, o‘zini o‘zgartirish bilan boshlanadi.
Kimdir ishini o‘zgartiradi, kimdir joyini… lekin eng muhim o‘zgarish — odamning o‘zi.
Kundalik odatlaringizni, fikrlash tarzini, qarorlaringizni tahlil qiling.
O‘zgarish — katta qadamlar bilan emas, kichik, ammo ongli qarorlar bilan boshlanadi.

Ba’zida biz o‘zgarishni xohlaymiz, lekin maqsadning o‘zi bizniki emas.
Eslaysizmi yoshligimizda barcha fanlarda a'lo bahoga o'qishga harakat qilganmiz aslida uni Ustoz bizni maqtashi uchun qilganmizdaa..
Jamiyat ranjiymasligi uchun qilamiz, kimdir maqtasin deb qilamiz.

Aslida esa haqiqiy o‘zgarish — ichki niyat pok bo‘lganda boshlanadi.
O‘zingizdan so‘rang: “Men bu o‘zgarishni kim uchun va nima uchun qilyapman?”

Atrofingizdagi odamlar sizni ko‘tarishi ham, pastga tortishi ham mumkin.
Yaxshi odamlar — ruh beradi. Yomon muhit — energiyani so‘rib oladi.
O‘zingizni o‘zgarishga undaydigan, o‘sishga qiziqtiradigan odamlarni tanlang.
Muhit o‘zgarsa — odam osonroq o‘zgaradi.

@vetetrack
3🔥10393😍35
-Yaxshi savol berish haqida…

Savol berish - bu bilim olishning eng sodda, ammo eng kuchli vositasi. Men ham xozir yaxshi savol berishni o‘rganish jarayonidaman. Chunki to‘g‘ri savol ko‘pincha to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi, noto‘g‘ri savol esa sizni ham, javob beruvchini ham charchatadi.

Qachon savol bermaslik kerak?
Ba’zi savollar bor, ulardan yaxshisi chetlab o‘tish:
Google javob beradigan savollar. Masalan: “HR nima degani?”. Bu 5 sekundlik javob.
O’zing yecha oladigan savollar. “CV shablonini qayerdan olsam bo‘ladi?” - bu savolga siz ham allaqachon javobni bilasiz.
Juda keng savollar. “Qaysi soha yaxshi?”, “Qaysi kasbda pul ko‘p?”. Bunday savollarga kim ham aniq javob bera oladi? Sizni tanimagan odam ayniqsa.
Shaxsiy yoki noqulay savollar. Masalan, kimningdir oilasi, maoshi yoki e’tiqodi haqida. Bu yomon ohang beradi.
Reklama aralashgan savollar. “Men 3 ta til bilaman, sertifikatlarim bor, siz nima deysiz?” - bu savol emas, bu o‘zingizni ko‘rsatish. Nobody cares.

Bir nechta savolni bitta xabarga tiqib yuborish. Odamlar sekretar emas, bitta savol - bitta javob.

Qanday savollar berish kerak?
Savolning sifati javobning sifatiga teng.

Yaxshi savol nima beradi?
Yaxshi savol:
suhbatni chuqurlashtiradi,
sizni aqlli ko‘rsatadi emas, balki o‘rganuvchi qilib ko‘rsatadi,
javob beruvchiga hurmatni bildiradi,
eng muhimi - vaqtni tejaydi.
To‘g‘ri savol ko‘pincha yarim javob bo‘ladi. Savol berish ko‘nikmasi esa mashq bilan shakllanadi. Sekin-sekin, lekin aniq rivojlanadi.

@vetetrack
3🔥572
Javohir Sindarov – Jahon Kubogi 2025 chempioni!

⚡️Goa (Hindiston)dagi FIDE Jahon Kubogi 2025 finalida Javohir Sindarov Vey Yiga qarshi bahsni o‘z foydasiga hal qildi va turnir chempioniga aylandi!

Chempionlik mukofoti: 120 000 dollar
Eng muhimi – Javohir 2026-yilgi Nomzodlar turniriga rasmiy yo‘llanma qo‘lga kiritdi!


Tarixdagi eng yosh jahon kubogi g'olibi — Javohir Sindarov!

Yang O'zbekistonga faqat va faqat shunaqa g'alabalar yarashadi barchamizga muborak bo'lsin!
1034🔥25
Savodsizlik qancha kam bo‘lsa...

Bir sudya ishini o‘zgartirib, o‘qituvchilik kasbiga o‘tib ketibdi. Tanishlari u nega bunday qilganini so‘rashganida, u shunday javob qilibdi:

— Menga kelgan sudlanuvchilarga razm solsam, ularning aksariyati yo o‘qimagan yoki to‘g‘ri qarashga ega bo‘lmagan odamlar ekanligiga guvoh bo‘ldim va men o‘zimga: "Barglar bilan shug‘ullanish o‘rniga, ildizni to‘g‘rilashimiz kerak", – degan xulosaga keldim. Savodsizlik qancha kam bo‘lsa, jinoyat shuncha kam bo‘ladi. Jamiyatning rivoji uchun sifatli ta’limning o‘rni bebahodir!..

Darhaqiqat, bugungi ta’lim tizimimiz kuchli o‘qituvchilarga muhtoj!


@vetetrack
154🔥5
Ichki imkoniyatlarni rad qilish qachondan boshlanadi ?

​Karl Yung bolaligida maktabda yiqilib tushib, boshi qattiq lat yegan. U o‘zicha: «Bir tomoni yaxshi bo‘ldi, endi maktabga qatnashimga hojat qolmaydi», deb o‘ylagan.

​Garchi u keyinchalik falsafiy fikrlari bilan dunyoga tanilgan bo‘lsa-da, maktabda o‘qishni xushlamagan, to‘g‘rirog‘i, tengdoshlari bilan chiqisholmagan. O‘sha baxtsiz hodisadan ko‘p o‘tmay, Yung tez-tez hushidan ketib qoladigan bo‘lgan. Bolaning miyasida sekin-astalik bilan nevroz kasalligi rivojlana boshlagach, oxir-oqibat shu kasallik bilan og‘rigan ko‘plab bemorlar singari «boshiga tushgan musibatning azob-uqubatlar o‘rnini bosuvchi tabiiy jarayon»ligini tushungan. Tengdoshlari ichida hushidan ketib qolgudek bo‘lsa, o‘zini juda yomon his qilgan.

​Shunga o‘xshab, ko‘pchilik insonlar uchun ichki qo‘rquvlar katta muammolarni keltirib chiqaradi, afsuski, bunday hollarda ularning aksariyati avvalo o‘zlari bilan kurashish kerakligini anglab yetolmaydilar.

@vetetrack
🔥523