Vahmiy (Shamsuddin Sadruddin)
Garchi hech dunyoda ko‘rmadim ohu, men uni taniyman - o‘zi quralay. Garchi qo‘limga ham olmadim og‘u, mastlik ne - mastdan zo‘r bilgum har qalay. Qishdan boshim chiqmay o‘tirdim bo‘kib, Na kunduz, na yulduz tutdi kaftini. Yaxshiyam, kitob bor - betiga cho‘kib…
Bugun tushimda rahmatli Abdulla Oripovga shu she’rimni tekshirtirayotgan ekanman. Keyin olam yaralishi haqida gaplashibmiz. Qiziq!
😍29❤17👍15😭4😁2✍1👏1
Forwarded from Vahmiy (Shamsuddin Sadruddin)
Bugun hayit, najot kuni!
Bugun hayit, palov kuni,
Tabrik, salom, qutlov kuni,
Nisobi bor boyning emas
Bir otaning sinov kuni.
Bugun hayit, azho kuni,
Kulgu to‘la taqvo kuni,
Qurbonlikka hayvon emas
Bir o‘g‘ilning fido kuni.
Bugun hayit, ehson kuni,
Qo‘ni-qo‘shni, mehmon kuni,
Sinov kelgan bandalarga
Rahm aylar Rahmon kuni!
Bugun hayit, najot kuni,
Dunyomizning sirot kuni,
Jonin fido etganlarga
Mamot emas, hayot kuni!
Sinov va fido kuningiz muborak bo‘lsin!
@Vahm_olami
Bugun hayit, palov kuni,
Tabrik, salom, qutlov kuni,
Nisobi bor boyning emas
Bir otaning sinov kuni.
Bugun hayit, azho kuni,
Kulgu to‘la taqvo kuni,
Qurbonlikka hayvon emas
Bir o‘g‘ilning fido kuni.
Bugun hayit, ehson kuni,
Qo‘ni-qo‘shni, mehmon kuni,
Sinov kelgan bandalarga
Rahm aylar Rahmon kuni!
Bugun hayit, najot kuni,
Dunyomizning sirot kuni,
Jonin fido etganlarga
Mamot emas, hayot kuni!
Sinov va fido kuningiz muborak bo‘lsin!
✍️Shamsuddin Sadruddin (06.06.2025)
@Vahm_olami
❤43🔥20👍12❤🔥2
Uchrashmading men bilan uzoq,
Sening bunga bahonang bisyor.
Hammasiga ishongum, biroq -
bu olamda bir haqiqat bor.
Sen aytasan:
- Bo‘ldim ovora,
tushdi kichik boshimga kulfat,
- Aytganding-ku, axir ming bora:
«Musibatni ko‘tarar ulfat».
- Bir gul to‘sdi mening yo‘limni,
xayolimni oldi u go‘zal.
- Senmasmiding, ochib qo‘limni
gullar bilan to‘ldirgan azal!?
- Yomg‘ir yog‘di, ostida qoldim.
- Ikkimizni sevardi yomg‘ir.
- Zimistonda birdan yo‘qoldim.
- Chin muhabbat yonishga qodir.
- Seni endi istamas qalbim...
- Bu yolg‘oning ko‘zingdan ma’lum.
- Gunohimni kechirmas Rabbim...
- Hayajoning so‘zingdan ma’lum.
- Seni o‘ylab so‘ylamadilar,
vafotimning uchinchi kuni...
- Meni hech ham o‘ylamadilar,
ko‘mmadilar... qalbimga seni.
@Vahm_olami
Sening bunga bahonang bisyor.
Hammasiga ishongum, biroq -
bu olamda bir haqiqat bor.
Sen aytasan:
- Bo‘ldim ovora,
tushdi kichik boshimga kulfat,
- Aytganding-ku, axir ming bora:
«Musibatni ko‘tarar ulfat».
- Bir gul to‘sdi mening yo‘limni,
xayolimni oldi u go‘zal.
- Senmasmiding, ochib qo‘limni
gullar bilan to‘ldirgan azal!?
- Yomg‘ir yog‘di, ostida qoldim.
- Ikkimizni sevardi yomg‘ir.
- Zimistonda birdan yo‘qoldim.
- Chin muhabbat yonishga qodir.
- Seni endi istamas qalbim...
- Bu yolg‘oning ko‘zingdan ma’lum.
- Gunohimni kechirmas Rabbim...
- Hayajoning so‘zingdan ma’lum.
- Seni o‘ylab so‘ylamadilar,
vafotimning uchinchi kuni...
- Meni hech ham o‘ylamadilar,
ko‘mmadilar... qalbimga seni.
✍️Shamsuddin Sadruddin (06.06.2026)
@Vahm_olami
❤24❤🔥16💔11🔥7👍5🕊2✍1
A’rof
Na yurmoq bor, na turmoq bor,
Na yutmoq, na tupurmoq bor,
Xarob yerda holi xarob
xazonlarni supurmoq bor.
Na buzmoq bor, na qurmoq bor,
Faqat umid sug‘urmoq bor,
Yuluq umid o‘rniga g‘am,
tushkunlikni sug‘ormoq bor.
Na hayvondek quturmoq bor,
Na karvondek ulgurmoq bor,
Karvon ana, itlar mana,
Na hurkmoq bor, na hurmoq bor.
Na ta’qiq, na buyurmoq bor,
Istalganga had urmoq bor,
Ham g‘azabni, ham sevgini
behudaga sovurmoq bor.
Na olisga yugurmoq bor,
Na yaqinga yuz burmoq bor,
A’rof degan bu tuzoqda
yolg‘iz - yig‘lab o‘y surmoq bor.
@Vahmiy
Na yurmoq bor, na turmoq bor,
Na yutmoq, na tupurmoq bor,
Xarob yerda holi xarob
xazonlarni supurmoq bor.
Na buzmoq bor, na qurmoq bor,
Faqat umid sug‘urmoq bor,
Yuluq umid o‘rniga g‘am,
tushkunlikni sug‘ormoq bor.
Na hayvondek quturmoq bor,
Na karvondek ulgurmoq bor,
Karvon ana, itlar mana,
Na hurkmoq bor, na hurmoq bor.
Na ta’qiq, na buyurmoq bor,
Istalganga had urmoq bor,
Ham g‘azabni, ham sevgini
behudaga sovurmoq bor.
Na olisga yugurmoq bor,
Na yaqinga yuz burmoq bor,
A’rof degan bu tuzoqda
yolg‘iz - yig‘lab o‘y surmoq bor.
✍️Shamsuddin Sadruddin (07.06.2026)
@Vahmiy
👍16🔥13❤10💔5✍3
Kungaboqar
Shamsuddin Sadruddin
❤16❤🔥11🔥11🕊6😭3👍2🥰2
Azizlar, sahifa nomi @Vahmiy ga o‘zgardi. Telegram va instagram sahifamiz bir xil qiyofaga keltirildi. Sahifa haqida har qanday fikrni hoziroq yozishingiz mumkin.
❤25👍15❤🔥5✍1🔥1
Vahmiy - «xayolparast»/«xavotir oluvchi». Sahifadagi she’rlar ham shirin xayol, ham achchiq xavotir mahsuli.
🔥27❤🔥15❤6👏4🤓1
Obid uchun har zamon fatvo muhim,
Zohid uchun har makon taqvo muhim,
Mening holim gulga o‘xshar - bog‘bonidan
suv va qaychi orasida parvo muhim.
Mendan bo‘lak barcha gulga ma’vo muhim,
Ma’volarning bunyodida peshvo muhim,
Bobildagi bog‘larga ham sig‘maydigan
mendek gulga onam qilgan halvo muhim.
@Vahmiy
Zohid uchun har makon taqvo muhim,
Mening holim gulga o‘xshar - bog‘bonidan
suv va qaychi orasida parvo muhim.
Mendan bo‘lak barcha gulga ma’vo muhim,
Ma’volarning bunyodida peshvo muhim,
Bobildagi bog‘larga ham sig‘maydigan
mendek gulga onam qilgan halvo muhim.
✍️Shamsuddin Sadruddin (16.06.2026)
@Vahmiy
❤🔥31👍21🔥16❤9🕊7✍4👏1💔1
Chindan istalgan yolg‘on
(Ona xitobi)
Yulduzlarga ilingan osmondagi osmon bo‘l,
Yerga inib tog‘ bilan birgalikda botmon bo‘l,
Butazorlar ichida qotib ketdi yuragim,
Yumshatgani kel, o‘g‘lim... o‘roq, bolg‘a, ketmon bo‘l.
Gaplarimga gap topar, bijir-bijir gapdon bo‘l,
O‘qisa ham tugamas tillardagi doston bo‘l,
Men qulagan quduqqa hali hech kim tushmadi,
Yusufini qidirgan mayli bitta karvon bo‘l.
Seni qay baliq yutdi? Zunnun kabi imkon bo‘l,
Huvillagan xonamni saroy qilib arkon bo‘l,
Ortginamda qol, o‘g‘lim, so‘nggi damim kelganda
og‘riqdan uvillagan jonim ichra bir jon bo‘l.
Qabrim ustidan chiqib qurish bilmas rayhon bo‘l,
Shamol minib oldimga esadigan afg‘on bo‘l,
Nafasingga yutilay, ko‘zlaringni och, o‘g‘lim,
«O‘ldi» degan kimsalar qarshisida yolg‘on bo‘l...
@Vahmiy
(Ona xitobi)
Yulduzlarga ilingan osmondagi osmon bo‘l,
Yerga inib tog‘ bilan birgalikda botmon bo‘l,
Butazorlar ichida qotib ketdi yuragim,
Yumshatgani kel, o‘g‘lim... o‘roq, bolg‘a, ketmon bo‘l.
Gaplarimga gap topar, bijir-bijir gapdon bo‘l,
O‘qisa ham tugamas tillardagi doston bo‘l,
Men qulagan quduqqa hali hech kim tushmadi,
Yusufini qidirgan mayli bitta karvon bo‘l.
Seni qay baliq yutdi? Zunnun kabi imkon bo‘l,
Huvillagan xonamni saroy qilib arkon bo‘l,
Ortginamda qol, o‘g‘lim, so‘nggi damim kelganda
og‘riqdan uvillagan jonim ichra bir jon bo‘l.
Qabrim ustidan chiqib qurish bilmas rayhon bo‘l,
Shamol minib oldimga esadigan afg‘on bo‘l,
Nafasingga yutilay, ko‘zlaringni och, o‘g‘lim,
«O‘ldi» degan kimsalar qarshisida yolg‘on bo‘l...
✍️Shamsuddin Sadruddin (18.06.2026)
@Vahmiy
💔27😢14😭10🔥6❤4🕊3❤🔥1👍1
Forwarded from Vahmiy (Shamsuddin Sadruddin)
Yog‘ochsiz
Dudug‘iga kuldilar,
tilmochi topilmadi.
Hosilini yuldilar,
omochi topilmadi.
Turi Siyno tog‘ida
suhbat inar chog‘ida
tayanishiga aso-
yog‘ochi topilmadi.
Zilolidan ichdilar,
visolidan kechdilar,
Firoq sahrosida bir
og‘ochi topilmadi.
Faqir oldi tovog‘in,
sag‘ir yedi uvog‘in,
o‘zi uchun uyida
umochi topilmadi.
Dunyo dardini yutdi,
birovga quchoq tutdi,
o‘z g‘amiga botganda
qulochi topilmadi.
Bahor uniki edi,
nahor uniki edi,
«Sen meniki», demoqqa
ro‘pochi topilmadi.
Bo‘ldi yomondan uzoq,
ozor bermasdan, biroq
xanjar urganlarida
oq sochi topilmadi...
@Vahmiy
Dudug‘iga kuldilar,
tilmochi topilmadi.
Hosilini yuldilar,
omochi topilmadi.
Turi Siyno tog‘ida
suhbat inar chog‘ida
tayanishiga aso-
yog‘ochi topilmadi.
Zilolidan ichdilar,
visolidan kechdilar,
Firoq sahrosida bir
og‘ochi topilmadi.
Faqir oldi tovog‘in,
sag‘ir yedi uvog‘in,
o‘zi uchun uyida
umochi topilmadi.
Dunyo dardini yutdi,
birovga quchoq tutdi,
o‘z g‘amiga botganda
qulochi topilmadi.
Bahor uniki edi,
nahor uniki edi,
«Sen meniki», demoqqa
ro‘pochi topilmadi.
Bo‘ldi yomondan uzoq,
ozor bermasdan, biroq
xanjar urganlarida
oq sochi topilmadi...
✍️Shamsuddin Sadruddin (01.05.2025)
@Vahmiy
👍18❤10🔥5💔3❤🔥1🤨1
Ojiz oshiq dastidan
ishqning yuzi parishon,
Soxta ma’shuqlarni deb
qoldirmadi nom-nishon.
Ishon menga, azizam,
ishqning shodon kuyi yo‘q,
yetim boshiga uning
bizdan boshqa uyi yo‘q.
Ayriliqdan ayrildik,
Keldi bugun davrimiz,
Endi so‘ngsiz uch kecha
ishqning bag‘ri - Savrimiz.
@Vahmiy
ishqning yuzi parishon,
Soxta ma’shuqlarni deb
qoldirmadi nom-nishon.
Ishon menga, azizam,
ishqning shodon kuyi yo‘q,
yetim boshiga uning
bizdan boshqa uyi yo‘q.
Ayriliqdan ayrildik,
Keldi bugun davrimiz,
Endi so‘ngsiz uch kecha
ishqning bag‘ri - Savrimiz.
✍️Shamsuddin Sadruddin (10.07.2026)
@Vahmiy
❤18🔥11❤🔥7✍1
Vahmiy (Shamsuddin Sadruddin)
Ojiz oshiq dastidan ishqning yuzi parishon, Soxta ma’shuqlarni deb qoldirmadi nom-nishon. Ishon menga, azizam, ishqning shodon kuyi yo‘q, yetim boshiga uning bizdan boshqa uyi yo‘q. Ayriliqdan ayrildik, Keldi bugun davrimiz, Endi so‘ngsiz uch kecha ishqning…
Tun eng katta ilhom qaynog‘i. Kunduz deyarli she’r yozmaganman.
❤16👍7🥰4✍3👏1
Yaqin orada yozilgan har qanday she’rimga «yangisi» degim kelmaydi. Bari ichdagi qadim gaplar.
❤24👍18🥰4👏2💔1
Forwarded from Vahmiy Music 🎶
✍️ Vahmiy she’rlari va 🎶 Suno AI ijrosi uyg‘unligida yaratilgan qo‘shiqlar sahifasiga xush kelibsiz!
Ushbu sahifada tinglaydigan qo‘shiqlaringiz mazmuni va ijrosi siz uchun har tomonlama manfaat berishidan umidvorman.
Ushbu sahifada tinglaydigan qo‘shiqlaringiz mazmuni va ijrosi siz uchun har tomonlama manfaat berishidan umidvorman.
❤6👍4✍2
Forwarded from Vahmiy Music 🎶
Cheklagin!
Vahmiy & Suno AI
🎶 | Cheklagin |
👉 @Vahmiymusic 👈
📜 Matn:
Qushni zindon istasang, parvozini cheklagin,
Ilmni qurbon istasang, qog‘ozini cheklagin.
Saltanat qorunlari orasida bir gap bor:
«Xalqni hayvon istasang, ovozini cheklagin!»
Qamal qilish qal’alar qulatolmas, o‘rniga -
yurtni vayron istasang, sarbozini cheklagin.
Qo‘lidagi cho‘g‘ini irg‘itmaydi musulmon,
Insni shayton istasang, namozini cheklagin.
Rashksiz erlar zamoni, jufti haloling asra,
Yorni pinhon istasang, pardozini cheklagin.
Vahmiy aytar: ey do‘stim, ko‘p do‘stlarda xayr yo‘q,
O‘zni sulton istasang, hamrozini cheklagin.
✍️Shamsuddin Sadruddin (14.05.2025)
👉 @Vahmiymusic 👈
❤9👍5🔥4