Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал
5.61K subscribers
14.5K photos
825 videos
6 files
6.51K links
Veb-sayt: www.standart.uz
Facebook: www.fb.com/uzstandard
Instagram: www.instagram.com/uzstandard
Youtube: bit.ly/3kbWQa0

Murojaat uchun:
@uzstandartga_savollar_bot
📧 uzst@standart.uz
☎️1880

📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A
Download Telegram
Agentlik vakillari Chexiya Respublikasida hukumat vakillari va yirik kompaniyalar rahbariyati bilan muzokaralarda ishtirok etdi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari 16-17-aprel kunlari Chexiya Respublikasida bo‘ldi. Tashrif doirasida hukumat vakillari va yirik kompaniyalar rahbariyati bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: 2025-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 200 million dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Chexiya sarmoyasi ishtirokidagi 44 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Hamkorlik aloqalari kimyo, farmatsevtika va qurilish tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, uskunalar ishlab chiqarish, shuningdek, logistika va IT-xizmatlari kabi sohalarni qamrab olgan.

Mashinasozlik, geologiya va tog‘-kon sanoati, kimyo va farmatsevtika, energetika, hamda  texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlokni baholash va metrologiya sohalari hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi. Bunda asosiy e’tibor ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, zamonaviy texnologiyalarni va halqaro standartlarni joriy etish, malakali kadrlar tayyorlash va energiya tejamkorligini oshirishga, shuningdek, muhim foydali qazilmalar va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqish loyihalariga qaratildi.
Loyihalarni amalga oshirishning aniq mexanizmlari, jumladan, uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb qilish, qo‘llab-quvvatlash vositalarini kengaytirish, korxonalararo kooperatsiyani rivojlantirish va qo‘shma quvvatlarni ishga tushirish masalalari kelishib olindi.

Tashrif doirasida  Chexiya standartlar, metrologiya va sinov idorasi (UNMZ) hamda Chexiya metrologiya instituti (CMI) vakillari bilan uchrashuv o’tlazildi va bir qator kelishuvlarga erishildi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
INNOPROM. Markaziy Osiyo – sanoat va innovatsiyalar uchrashuv nuqtasi

🌐 2026 yil 20–22 aprel kunlari Toshkent shahrida oltinchi bor “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli tadbir so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik sanoat platformalaridan biriga aylanib, ishlab chiqarish, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🫥 Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Turkiya, Xitoy va boshqa qator davlatlardan davlat idoralari vakillari, yirik sanoat kompaniyalari, investorlar hamda ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi. Tadbir ishtirokchilari uchun yangi texnologiyalar taqdimoti, B2B va B2G uchrashuvlar, investitsiya loyihalarini muhokama qilish hamda tajriba almashish imkoniyatlari yaratiladi.

🫥 Ko‘rgazmada Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi ham faol ishtirok etib, o‘zining maxsus stendi bilan qatnashadi. Unda agentlik tizimidagi tashkilotlar — Standartlar instituti va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati, xalqaro standartlashtirish, hamda metrologiya yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun milliy standartlar bazasini rivojlantirish, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, texnik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xalqaro savdoni yengillashtirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi doirasida Texnik tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari tomonidan mahalliy hamda xorijiy hamkorlar bilan yangi aloqalar o‘rnatish, istiqbolli loyihalarni ilgari surish va o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☯️ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xalqaro sanoat maydonida

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
INNOPROM – 2026: Markaziy Osiyoda sanoat hamkorligining yangi bosqichi

🌐 “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi mintaqadagi sanoat hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlardan rasmiy delegatsiyalar, investorlar hamda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirok etmoqda. Bu yilgi INNOPROM texnologik sheriklik g‘oyasini davom ettirib, sanoatda o‘zaro integratsiya va kooperatsiyani yanada chuqurlashtirishga qaratilgan.

Rossiya Federatsiyasidan qator yirik sanoat kompaniyalari, jumladan, mashinasozlik, neft-gaz, metallurgiya va yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar qatnashmoqda. Shuningdek, Rossiya eksport markazi eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Rossiyaning Moskva shahri, Tatariston va Boshqirdiston respublikalari, Chelyabinsk viloyati kabi hududlari ham o‘z investitsion va sanoat salohiyatini namoyon qilmoqda.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston kompaniyalari bilan bir qatorda Belarus, Xitoy va Turkiya ishlab chiqaruvchilari ham o‘z mahsulotlari va innovatsion yechimlari bilan qatnashmoqda.

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mazkur tadbirda faol ishtirok etib, metrologiya va standartlashtirish sohasidagi xizmatlar, ilmiy ishlanmalar, milliy va xalqaro standartlarni joriy etish, hamda savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘nalishlaridagi faoliyatini taqdim etmoqda. Shuningdek, kadrlar tayyorlash va sohani rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar bo‘yicha alohida stend tashkil etilgan.

Tadbir doirasida qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik hujjatlari imzolanib, kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun mustahkam asos yaratilmoqda.

2026 yilgi ko‘rgazma doirasida sanoatning barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan zamonaviy texnologiyalar namoyish etilmoqda. Jumladan, shahar infratuzilmasi va transport tizimlari uchun innovatsion yechimlar, sanoat uskunalari, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari, robotlashtirilgan texnika, uchuvchisiz uchish apparatlari, sun’iy intellekt asosidagi ta’lim dronlari va boshqa ilg‘or ishlanmalar ishtirokchilar e’tiboriga havola qilinmoqda.

Ishbilarmonlik dasturining asosiy voqealaridan biri — bugun bo‘lib o‘tgan Bosh plenar sessiya hisoblanadi. Unda hukumat vakillari, xalqaro delegatsiyalar rahbarlari, yirik sanoat kompaniyalari va tarmoq birlashmalari ishtirok etib, zamonaviy sanoat taraqqiyoti va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilidilar.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2