19 subscribers
7 photos
5 links
Download Telegram
Channel created
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿UzbekHub - O‘zbekiston uchun milliy messenger 😺
-------------------------------------
Bugun sizlar bilan ustida ishlayotgan loyiham - UzbekHub haqida qisqacha ulashmoqchiman.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda muloqot asosan xorijiy platformalar orqali amalga oshiriladi. Bu esa:
1.Ma’lumotlarimizning tashqarida saqlanishi
2.Mahalliy ehtiyojlarning to‘liq inobatga olinmasligi
3.Iqtisodiy oqimlarning chetga chiqib ketishiga olib keladi

Shu muammolarni hisobga olib, biz UzbekHubni yaratdik.
👉 Milliy, xavfsiz va mahalliy foydalanuvchilar uchun moslashgan messenger
-------------------------------------
Hozirgi holat:
250+ foydalanuvchi allaqachon foydalanmoqda
Web sayt va Play Market’da mavjud

-------------------------------------
Asosiy imkoniyatlar:
Chat (xabar almashish)
Post joylash
Yaqin atrofdagi foydalanuvchilarni topish

-------------------------------------
Maqsadimiz:
Yaqin oylar ichida platformani kengaytirib, katta auditoriyaga chiqish va O‘zbekiston uchun haqiqiy alternativ messenger yaratish.
Bu hali boshlanishi. Oldinda ko‘p yangiliklar bor.

-------------------------------------
🤝Siz ham qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin:
Messengerni sinab ko‘ring
Fikr va takliflaringizni yozib qoldiring
Va eng muhimi - do‘stlaringizga ulashing
🙌
Sizning har bir sharing’ingiz biz uchun katta yordam


#uzbekhub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👏1
🕹 Yuklab olish 🕹
🌐 Uzbekhub.uz 🌐
📸 Uzbekhub 📸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
🕹 Yuklab olish 🕹
📱 Yuklab olish 📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Nega har doim chet el ilovalariga moslashishimiz kerak?
Ularning algoritmlari bizni tushunmaydi, bizning qadriyatlarimizni bilmaydi. Endi barchasi o'zgardi.

Uzbekhub - bu shunchaki messenger emas, bu o‘zbek raqamli dunyosining yangi manzili.

Nega aynan Uzbekhub: Chunki bu yerda hamma narsa o‘z tilimizda, xavfsiz va eng muhimi bizning dasturchilar tomonidan, biz uchun yaratilgan.

[ App Store va Play Market'da rasman mavjud ]

Biz 330 nafardan oshdik. Kichik boshlanish, lekin maqsad-O'zbekistonning eng yirik raqamli makonini qurish!

#uzbekhub #uzbekmessenger
1🔥1👏1🕊1
Messenger ommalashishiga o’z hissangizni qo’shing)

#uzbekhub #uzbekmessenger
🔥2🕊1
🚀 614!

2 oy oldin 0 dan boshladik. Bugun 614 o'zbek Uzbekhub'da. 240 ta post. Real odamlar. Real faollik.
Marketing yo'q. Majburlov yo'q. Faqat - o'z platformamiz bo'lsin degan istak.
Sen ham qo'shil 👇

uzbekhub.uz
🔥31🕊1
🔥1
Uzbekhub
Photo
😒 "Telegram bor-ku, yana bitta messenger nima kerak?"
Bu savolni ko‘pchilik berishi tabiiy.
Lekin Uzbekhub'ning maqsadi shunchaki Telegram'ning nusxasini yaratish emas.

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlari o‘z raqamli ekotizimiga ega.Xitoyda - WeChat,Janubiy Koreyada - KakaoTalk,Yaponiyada - LINE.Bu platformalar oddiy messenjer emas, balki davlatning raqamli infratuzilmasining bir qismiga aylangan.
Nima uchun?
🔒 Ma'lumotlar xavfsizligi
Millionlab o‘zbekistonliklarning yozishmalari, fayllari va ma'lumotlari bugun xorijiy platformalarda saqlanmoqda. Uzbekhub esa ma'lumotlarni mahalliy infratuzilmada saqlash va milliy qonunchilik asosida himoya qilishni maqsad qiladi.

💰 Iqtisodiy manfaat
Telegram va boshqa xorijiy platformalarda reklama, premium obuna va boshqa xizmatlar orqali hosil bo‘ladigan daromadlar mamlakat tashqarisiga chiqib ketadi.
Uzbekhub rivojlansa,ushbu mablag‘larning bir qismi mahalliy IT sohasi,kontent yaratuvchilar va yangi ish o‘rinlari rivojiga xizmat qilishi mumkin.

🛡️ Firibgarlik va zararli kontentga qarshi kurash
Kiberfiribgarlik, phishing havolalar, noqonuniy kontent va boshqa xavflar internetning global muammolaridan biri hisoblanadi.
Uzbekhub'da AI asosidagi moderatsiya va xavfsizlik tizimlari orqali bunday holatlarni tezroq aniqlash va oldini olish rejalashtirilgan.

🚀 Mahalliy platforma-mahalliy imkoniyatlar
Uzbekhub nafaqat chat,balki stories,follow tizimi,hamjamiyatlar,kontent yaratish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini birlashtiruvchi platforma bo‘lishni maqsad qilgan.

Bu Telegram'ga qarshi kurash emas.
Bu O‘zbekistonning o‘z raqamli mahsulotlarini yaratish,rivojlantirish va kelajakda global bozorda raqobatlasha oladigan platformalarni qurish yo‘lidagi qadam.

🇺🇿 Uzbekhub - shunchaki messenger emas. Bu raqamli mustaqillik sari tashlangan qadam.
#Uzbekhub #MadeInUzbekistan #DigitalUzbekistan #MilliyMessenger
2