O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
11.5K subscribers
26.6K photos
1.75K videos
268 files
5.5K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+(99895) 197 41 44
+(99895) 198 41 44

Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Download Telegram
🏆🏆🏆 🏆🏆🏆🏆 🏆🏆🏆🏆

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Dilbar Noriyeva United-2023 yozgi taʼlim almashuv dasturi ishtirokchisiga aylandi

🖼️ United-2023 AQSh elchixonasi va Amerikaning Indiana shtatida joylashgan Ball State University hamkorligida tashkil etilgan va toʻliq moliyalashtirilgan loyiha boʻlib, u 18-24 yoshdagi iqtidorli oʻzbek talabalariga muayyan ish faoliyati yaratishga imkon beruvchi, liderlik qobiliyati va fuqarolik boʻyicha qimmatli malakalarni egallashga qaratilgan loyiha hisoblanadi.

⚡️Joriy yil mazkur dasturda ishtirok etish uchun 2000 dan ortiq nomzod hujjat topshirgan va ular orasidan 15 nafar eng sara qatnashuvchilar tanlab olingan. Talabalar 23 kun davomida (15-iyundan 8-iyulgacha) AQShda boʻlishi rejalashtirilgan.

➡️Ayni damda saralab olingan isteʼdodli va omadli ishtirokchilar qatorida Dilbar Noriyeva ham Amerika boʻylab zavqli sayohat va taʼlim almashinuvini amalga oshirmoqda.

Dilbar kabi talabalarimiz bilan faxrlanamiz!

United-2023:✈️Telegram📷Instagram

@uzswlu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#amaliy_seminar

⚡️ O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining axborot xizmati faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan oliy ta’lim muassasalaridan biri deb topildi

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
munosabati bilan 26-iyun sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida barcha oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari uchun “OTM matbuot xizmati – 2023. Oliy ta’lim muassasalari matbuot xizmatlarini rivojlantirish: muammo va huquqiy yechimlar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi va unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Matbuot kotibi Otabek Ibragimov ham ishtirok etdi.

Batafsil👉https://uzswlu.uz/news/ozbekiston-davlat-jahon-tillari-universitetining-axborot-xizmati-faoliyati-namunali-yolga-qoyilgan-oliy-talim-muassasalaridan-biri-deb-topildi

@uzswlu
Mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha prezentatsiyalar qilishdi


Joriy yilning 24-26-27-iyun kunlari har bir ixtisoslik shifrlari bo‘yicha 18 ta guruh koordinatori, moderatori, mentori tomonidan 218 nafar mustaqil izlanuvchi (Phd) va 18 nafar mustaqil izlanuvchilar(DSc) monitoringi o‘tkazildi.

Batafsil👉 https://uzswlu.uz/news/mustaqil-izlanuvchilar-doktorlik-dissertatsiyalari-boyicha-amalga-oshirilgan-ishlari-boyicha-prezentatsiyalar-qilishdi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan yoʼllangan bayram tabrigida jurnalist kadrlar tayyorlaydigan OTMlar qatorida OʼzDJTU ham eʼtirof etildi.

https://uza.uz/oz/posts/matbuot-va-ommaviy-axborot-vositalari-xodimlariga_496628

@uzswlu