O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
11.6K subscribers
28.2K photos
1.83K videos
268 files
5.8K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+(99895) 197 41 44
+(99895) 198 41 44

Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Download Telegram
Joriy yilning 30-oktabr kuni Ispaniyaning Mursiya universitetining “Turizm va xalqaro aloqalar” fakultetidan koordinator professor-o'qituvchi Rosa Marcela Ramos O'zDJTU ning Roman-german filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.

📌Tashrifdan asosiy maqsad – ikki universitet hamda fakultet o'rtasidagi o'quv, ilmiy-amaliy, shuningdek, xalqaro aloqalarni boshlash, shartnoma tuzish va kelajakda hamkorlik qilishni ko'zda tutadi. Xususan, ispaniyalik professor Rosa Marsela Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov, dekan muovini A.Xalillayev, Ispan tili nazariy fanlar kafedra mudiri I.Turamuratova va kafedra xalqaro ishlariga mas'ul D.Xaydarovalar bilan uchrashdi.

📚Uchrashuvdan so'ng professor Rosa Marsela 3-kurs talabalari bilan “La importancia del español en las relaciones” (Ispan tilining dunyodagi o'rni) va “La nueva diplomacia” (Yangi diplomatik aloqalar) mavzusida ma'ruza qildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Bizni kuzatib boring!
🗣Yaxshi Yangilik

👉 “QVZ Rektor kubogi 2023” koʻrik tanlovi Final bosqichi rejalashtirilganidek universitet asosiy binosida emas, aksincha Mustaqillik maydoni metro bekatida joylashgan Yoshlar ijod saroyi sahnasida oʻtkaziladigan boʻldi.

🆓 Kirish mutlaqo Bepul.

❗️Sizdan talab qilinadigan yagona narsa tanlov boshlanishidan sal oldinroq borib joy band qilish va ushbu tanlovda sevimli jamoangizni qoʻllab quvvatlash.

❤️Barchangizni Yoshlar ijod saroyida kutib qolamiz...

🗓4-noyabr
14:00
🗺Yoshlar ijod saroyi.


📍 Location

😃 @qvz_yangi_bolalar
⚡️ Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov tashabbusi bilan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati "Jaholatga qarshi maʼrifat", " Diniy ekstremizm maʼnaviyatga  tahdid" mavzusi ostida oʻtkazildi. Dasturda Imom Buxoriy nomidagi Islom Instituti masʼul xodimi M. Mirismoilov hamda fakultet dekan muovinlari va tyutorlar ishtirok etdi.

📌 Davra suhbati qiziqarli va munozaralarga boy boʻldi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Telegram/ Instagram/ Facebook/ Sayt
⚡️ 31-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida  “El-yurt umidi” jamgʻarmasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim olish uchun 2023-yilgi 2-stipendiya tanlovlari oʻtkazilishi tartibi boʻyicha onlayn seminar oʻtkazildi. 

Mazkur seminarda OʻzDJTU doktorantlari qatnashib ajratilgan kvotalar, ustuvor yoʻnalishlar va hujjatlarni topshirish tartibi boʻyicha kerakli maʼlumotlar olishdi.

Batafsil: Uz. Ru. Eng.
🔰 31- oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishida tadqiqotchi Bobur Qodirovning 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ispan va oʻzbek latifalarining lingvomadaniy tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Batafsil: Uz. Ru. Eng.
⚡️Tyutorlar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Eshbekov Bahodir Nurullayevich, Tyutorlar faoliyatini monitoring qilish boʻlimi boshligʻi Eshkulov Avaz Mamarayimovich  hamda barcha fakultet tyutorlari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

📌 Seminar-trening Tyutorlar faoliyatini monitoring qilish boʻlimi boshligʻi yordamchisi M.Abdullayeva hamda Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Sh.Hamdamovalar tomonidan “Oliy taʼlim muassasalarida tyutorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari” mavzusida oʻtkazildi.

Batafsil: Uz. Ru. Eng.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt