O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
18.6K subscribers
54.3K photos
3.32K videos
345 files
10.9K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI TANTANALI BOSHLANDI!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbirda Angren shahar hokimi o‘rinbosari A. Parpiyev, faxriy ustozlar, ota-onalar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni Angren fakulteti dekani ochib berib, barchani mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan 1-kurs talabalarini yangi hayot bosqichi bilan tabriklab, ularga o‘qishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

🌟 Tadbir davomida universitetga yuqori natijalar bilan qabul qilingan hamda kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan talabalar munosib ravishda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

🎉 Barcha talabalarimizni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etamiz!


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren
9👍1
🎓 “BIRINCHI KURS MAKTABI”

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida 1-kurs talabalarini talabalik hayotiga moslashtirish, universitet muhiti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Birinchi kurs maktabi” doirasida ilk kun mashg‘ulotlari tashkil etildi.

📚 Dastur davomida talabalar:

🔹 Fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari hamda fakultet kafedralari faoliyati bilan tanishdilar;

🔹 Universitetning rasmiy sayti va elektron platformalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar;

🔹 Universitet Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan yaqindan tanishib, uning elektron resurslari va imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar;

🔹 Universitet bo‘ylab, uning muhim va diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida videosayohat tashkil etildi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren
11👍1
🟦🟦🟦

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rahbariyati, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda universitet rektori I. Tuxtasinov so‘zga chiqib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. Talabalarga ta’lim jarayonida faol bo‘lish, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlarini tiladi.

Shuningdek, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i F.M. Rashidova talabalarni tabriklab, yangi o‘quv yilida yuqori natijalarga erishish, bilim olishga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirish hamda universitet hayotida faol ishtirok etishga chorladi.

Tadbir davomida yangi o‘quv yilining maqsad va vazifalari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tantanali marosim ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, Qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun yangi o‘quv yilining mazmunli boshlanishiga zamin yaratdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍7🎉2🔥1
🟦🟦🟦

SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETIDA 1-BOSQICH TALABALARI KUTIB OLINDI

7-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida yangi o‘quv yilini boshlayotgan 1-bosqich talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekani Dilshod Djurayev so‘zga chiqib, talabalarni universitet hayotidagi ilk qadami bilan tabrikladi. Yoshlarni yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga, ta’lim jarayonida faol ishtirok etishga hamda ustoz va murabbiylar tavsiyalariga amal qilishga chorladi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalar uchun turli madaniy-badiiy chiqishlar namoyish etilib, ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Yangi talabalarga fakultetdagi ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda talabalik davrida yaratiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Universitetda yoshlarning bilim olishi bilan bir qatorda, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi, turli loyihalarda faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi barcha 1-bosqich talabalariga yangi o‘quv yilida mustahkam bilim, yuqori natijalar va muvaffaqiyatlar tilaydi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍1