O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
18.6K subscribers
54.3K photos
3.32K videos
345 files
10.9K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Xi’an xalqaro tadqiqotlar universiteti prorektori O‘zDJTU professorini qabul qildi

Xitoy Xalq Respublikasining Xi’an xalqaro tadqiqotlar universitetida (西安外国语大学) 2026/2027-o‘quv yilidan faoliyatini boshlagan “乌兹别克语” — “O‘zbek tili” to‘rt yillik mustaqil bakalavriat ta’lim yo‘nalishida dars berayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Shaxlo Shukurlaevna Yuldashevani Xi’an xalqaro tadqiqotlar universiteti prorektori, professor Deng Ying qabul qildi.

Uchrashuvda yangi bakalavriat yo‘nalishining istiqbollari, uning tashkil etilishiga sabab bo‘lgan omillar hamda o‘quv jarayonini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Professor Deng Yingning ta’kidlashicha, 2026-yilda Shansi provinsiyasida 34 ta asosiy sanoat tarmog‘i zanjiri bo‘yicha “Bakalavriat yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi” e’lon qilingan. Mazkur hujjat universitetda gumanitar va texnik fanlarni o‘zaro integratsiyalash jarayonini jadallashtirishga xizmat qilmoqda.

Sanoat va iqtisodiyot sohalarida o‘zbek tilini biladigan mutaxassislarga ehtiyoj ortib borayotgani sababli XISUda “O‘zbek tili” to‘rt yillik bakalavriat yo‘nalishi tashkil etilgani qayd etildi.

Shuningdek, universitetda “til + mintaqashunoslik + soha + raqamli texnologiyalar” modeli asosida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilayotgani, mazkur yondashuv “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi davlatlar uchun zamonaviy va ko‘p yo‘nalishli kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Markaziy Osiyoga ochilgan muhim ta’limiy darvoza sifatida Shimoli-g‘arbiy hududda joylashgan XISUning bu boradagi imkoniyatlari keng ekani qayd etildi.

Suhbat davomida professor Shaxlo Shukurlaevna Yuldasheva XISUda o‘zbek tili mashg‘ulotlari to‘liq immersiv yondashuv asosida tashkil etilayotganini ta’kidladi. Ya’ni ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, shuningdek, talabalar bilan muloqot jarayonida vositachi tildan foydalanmagan holda o‘zbek tili muhiti yaratilmoqda.

Professor, shuningdek, mazkur metodika asosida “O‘zbek tili amaliyoti I” darsligini XISUda sinovdan o‘tkazgani va nashrga tayyorlaganini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida O‘zDJTU va XISU o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda yangi bakalavriat yo‘nalishining ta’limiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👏7👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎙“ENG YAXSHI QO‘SHIQ” TANLOVI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:
• bakalavriat va magistratura talabalari;
• yakka tartibda yoki 2–5 nafardan iborat jamoa shaklida.

🎶 Tanlov shartlari:
• har bir ishtirokchi yoki jamoa 1 ta qo‘shiq ijro etadi;
• qo‘shiq jonli ijro (live) tarzida ijro etilishi shart;
• chiqish konsert yoki sahna ko‘rinishida taqdim etiladi.

📌Qo‘shiq mavzulari:
Vatan va vatanparvarlik;
milliy qadriyatlar va an’analar;
umumxalq bayramlari;
yoshlar va talabalar hayoti.

🏆 Baholash mezonlari:
• ovoz imkoniyatlari va diapazoni;
• ijro mahorati;
• sahna madaniyati;
• musiqiy asarning mazmundorligi;
• ijodiy yondashuv va artistizm.

🪙 MUKOFOTLAR

Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
🥇1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 baravari + diplom
🥈2-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari + diplom
🥉3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorida + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 baravari
🥈 2-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari
🥉 3-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorida

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra qo‘shimcha nominatsiyalar ham belgilanishi mumkin.

📅 Tanlov 16-sentabr kuni o‘tkaziladi.

📋 Tanlovning to‘liq nizomi:
Nizom bilan tanishish

🎵 Iste’dodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📸 “ENG YAXSHI FOTOALBOM” TANLOVI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:
• bakalavriat va magistratura talabalari;
• yakka tartibda yoki 2–3 nafardan iborat jamoa shaklida.

📷 Tanlov shartlari:
• har bir ishtirokchi yoki jamoa 1 ta fotoalbom taqdim etadi;
• fotoalbom 10–15 ta fotosuratdan iborat bo‘lishi lozim;
• fotosuratlar ishtirokchilarning shaxsiy ijodiy ishlari bo‘lishi kerak;
• mualliflik huquqiga rioya etilishi shart;
• fotoalbom elektron yoki bosma ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.

🖼 Fotoalbom mavzulari:
umumxalq bayramlari;
milliy qadriyatlar va an’analar;
talabalar hayoti;
universitetda o‘tkazilayotgan madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlar.

🏆 Baholash mezonlari:
• kompozitsiya va kadr tanlash mahorati;
• mavzuning mazmunli yoritilishi;
• fotosuratlarning badiiy va estetik sifati;
• ijodiy yondashuv va originallik;
• fotoalbomning umumiy konsepsiyasi.

🪙MUKOFOTLAR

Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 baravari + diplom
🥈 2-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari + diplom
🥉 3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorida + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 baravari
🥈 2-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari
🥉 3-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorida

Faol ishtirokchilar universitet tomonidan diplom bilan taqdirlanishi, shuningdek hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlanishi mumkin.

🗓️ Tanlov 16-sentabr kuni o‘tkaziladi.

📋 Tanlovning to‘liq nizomi:
Nizom bilan tanishish

Ijodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥3
📚 Birinchi kurs talabalari Axborot-resurs markazi bilan tanishmoqda!
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) Axborot-resurs markaziga 1-kurs talabalarining maxsus tanishuv tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida yoshlarimiz markazda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, boy kitoblar fondi hamda qulay o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdilar.
Mas'ul xodimlar tomonidan talabalarga quyidagilar haqida batafsil ma'lumot berildi:
🔹 Axborot-resursga markaziga a'zo bo‘lish va undan foydalanish qoidalari;
🔹 Zamonaviy sensorli ekranlar orqali elektron katalogdan kerakli adabiyotlarni tez va oson qidirib topish tizimi;
🔹 Raqamlashtirilgan o‘quv resurslari va xalqaro elektron bazalardan foydalanish imkoniyatlari.
Universitetimiz ostonasiga ilk qadam qo‘ygan barcha 1-kurs talabalariga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ilm yo‘lidagi izlanishlaringizda Axborot-resurs markazi sizning eng yaqin ko‘makchingiz bo‘lishiga ishonamiz.
📍 O‘zDJTU Axborot-resurs markazi #O_zDJTU #ARM #
21🔥1🤩1
🇺🇿 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida MAQOLALAR TANLOVI start oldi.

📚Tanlov mavzulari:
“Ona Vatanimning buyuk farzandlari”
“O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”
“Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim”
👥 Tanlov ishtirokchilari:
Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha talabalar.
✍️ Maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Muallif tomonidan mustaqil yozilgan bo‘lishi;
Dolzarb, tahliliy va ilmiy-ommabop mazmunga ega bo‘lishi;
Muallifning shaxsiy fikri, tahlili, xulosasi va takliflari yoritilishi;
Akademik halollik talablariga rioya qilinishi (plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi).
🏆 Baholash mezonlari (100 ball):
Mavzuning to‘liq yoritilishi – 20 ball
Vatanparvarlik g‘oyasining ta’sirchan ifodalanishi – 20 ball
Mustaqil va ijodiy yondashuv – 20 ball
Tahliliy fikrlash va dalillarning asoslanganligi – 15 ball
Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans g‘oyalari bilan bog‘liqligi – 10 ball
Mantiqiy izchillik va uslubiy savodxonlik – 10 ball
Akademik halollik va rasmiylashtirish – 5 ball
🥇 G‘oliblar:
Har bir mavzu bo‘yicha I, II va III o‘rin sohiblari universitet rahbariyatining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi maqolalar universitetning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.

🗓Muddat: 09.09.2026

📥 Maqolalarni yuborish manzili:
🌐Telegram: @ITITFTB

🇺🇿Vatan taraqqiyoti – har birimizning daxldorligimizdan boshlanadi!
Barcha iqtidorli talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20
📢 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🏆 “REKTOR STIPENDIYASI” TANLOVI E’LON QILINADI!

Iqtidorli, bilimli, ilmiy izlanishga intiluvchan hamda universitet hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovi o‘tkaziladi.

👨‍🎓 TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
Bakalavriatning 2-, 3- va 4-kurs talabalari
Magistraturaning 2-kurs talabalari

⭐️ NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR:

🔹 O‘quv jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish;

🔹 Mutaxassislik fanlarini asosan “a’lo” baholarga o‘zlashtirgan bo‘lish;

🔹 Universitet hayoti, klub va jamoat ishlarida hamda volontyorlik faoliyatida faol ishtirok etish;

🔹 Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish, ilmiy maqola va tezislarga ega bo‘lish;

🔹 Ilmiy jurnallar, konferensiyalar va turli tanlovlarda faol qatnashish;

🔹 O‘zbekiston tarixini bilish;

🔹 Davlat tilini mukammal bilish;

🔹 O‘rganilayotgan xorijiy til bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish.

📁 FAKULTET BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR:

1️⃣ Pasport yoki ID-karta nusxasi;

2️⃣ Akademik transkriptdan tasdiqlangan ko‘chirma;

3️⃣ Ilmiy rahbar faoliyat yuritayotgan kafedra bayonnomasi;

4️⃣ Ilmiy (ijodiy ish) rahbarining fikr-mulohazasi;

5️⃣ Dekanat tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning tegishli nusxalari;

6️⃣ Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat.
🏆 TANLOV BOSQICHLARI VA MUDDATLARI:
🥇 1-bosqich — Fakultet bosqichi
📅 2026-yil 14-sentabrdan 17-sentabrgacha

🥈 2-bosqich — Universitet bosqichi
📅 2026-yil 21-sentabrdan 23-sentabrgacha

📝 Universitet bosqichida nomzodlar 2 ta fandan imtihon topshiradilar:
🇺🇿 O‘zbekiston tarixi — 80 daqiqa, 100 ballik tizimda.
✍️ Davlat tilida insho yozish — 60 daqiqa, 100 ballik tizimda.
💰 STIPENDIYA MIQDORI
🏅 “Rektor stipendiyasi” miqdori oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun belgilangan bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida bo‘lib, o‘quv yili davomida har oy to‘lab boriladi.

⚠️ ESLATMA!

Joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, nomli Davlat stipendiyalari yoki “Aleksandr Fanberg” nomli maxsus stipendiya sohibi bo‘lgan talabalar “Rektor stipendiyasi” tanlovida ishtirok eta olmaydi.

🔴TANLOV NIZOMI🔴

📣 BILIMINGIZ, ILMIY SALOHIYATINGIZ VA FAOLLIGINGIZNI NAMOYON ETING!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
🟦🟦🟦

O‘zDJTU Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, yangi o‘quv yilini boshlagan yoshlarni samimiy tabrikladi. Rektor o‘z nutqida talabalik davridan unumli foydalanish, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Marosimda Tarjimonlik fakulteti dekani, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi. Fakultet faoliyati, ta’lim jarayoni, yangi o‘quv yilidagi vazifalar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilining ilk kunida talabalar uchun “Kelajak soati”ning 1-mavzusi — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida dars tashkil etildi.

Dars davomida talabalar universitetning o‘quv xonalari, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi. Ularga universitet hayoti, ichki tartib-qoidalar, ta’lim olish imkoniyatlari hamda talabalik davridan unumli foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, dars jarayonida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Yoshlarni vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍3
🟦🟦🟦

Ingliz tili 1-fakultetida yangi talabalik sari ilk qadam

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 1-fakultetida yangi o‘quv yilini boshlayotgan 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, talabalik maqomiga ega bo‘lgan yoshlarni muborakbod etdi. U o‘z so‘zida xorijiy tilni mukammal egallash bilan bir qatorda, mustaqil fikrlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda universitetdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdi.

Yangi talabalar fakultetning professor-o‘qituvchilari va ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularga o‘quv jarayoni, universitetdagi imkoniyatlar, talabalarning huquq va majburiyatlari hamda ichki tartib-qoidalar haqida zarur tushunchalar berildi.

Marosim davomida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalariga tashakkurnomalar topshirildi.

📚 “Kelajak soati” — ilk dars

1-kurs talabalari uchun yangi o‘quv yilining dastlabki kunida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida “Kelajak soati” darsi ham tashkil etildi.

Dars davomida talabalar bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, mustaqillikning mazmun-mohiyati, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va kelajakdagi maqsadlari haqida suhbatlashildi.

Dars yakunida talabalar o‘z fikrlarini bildirib, yangi o‘quv yilidan kutayotgan maqsad va rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4