O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
18.6K subscribers
54.3K photos
3.32K videos
345 files
10.9K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from UzSWLU sports club
💪🇺🇿💛💛💛💼🇺🇿

❤️❤️❤️❤️❤️💛❤️❤️

🌟Bugun "Tashkent City" parkida "PRORUN" tashkiloti tomonidan "TASHKENT INTERNATIONAL HALF MARATHON" yugurish marafoni tashkil etildi.

👍Ushbu marafonda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalar faol ishtirok etdilar.

➡️Musobaqa ishtirokchilari 21 km va 5 km masofalarda Islom Karimov shoh koʻchasi boʻylab yugurishdi.

💤Ushbu yugurish marafonlari aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish hamda ularni gʻalaba shukuhida tarbiyalash uchun muhim oʻrin egallaydi.

🕸Biz bilan qoling:
@uzswlusportsclub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍7🔥5
🟦🟦

🇺🇿🇨🇳 O‘zDJTU talabalari Xitoyda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokidagi xalqaro ta’lim dasturi Xitoyning Xi’an International Studies University rasmiy saytida yoritildi.

“Bilim bilan Sian sari – Ipak yo‘li yoshlari” dasturi doirasida talabalar Sian shahrining tarixiy va madaniy maskanlari bo‘ylab sayohat qildilar. Jumladan, shaharning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari hamda madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Safar davomida yoshlar uchun Xitoy madaniyati bilan tanishish, mahalliy yoshlar bilan muloqot qilish va yangi taassurotlar orttirishga qaratilgan turli tadbirlar ham tashkil etildi.

Mazkur xalqaro dastur O‘zDJTU talabalari uchun nafaqat ta’lim olish, balki Xitoyning boy tarixi va madaniyatini bevosita o‘rganish imkonini berdi.

📌 Manba: Xi’an International Studies University rasmiy sayti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33👍12🔥6😢3
O‘zbekiston–Xitoy ta’limiy hamkorligi natijasida Xitoyda o‘zbek tili bo‘yicha yangi bakalavriat yo‘nalishi ochildi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik doirasida ta’lim va gumanitar sohalardagi hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik aloqalari o‘zbek tili va madaniyatini Xitoyda keng targ‘ib etish, malakali mutaxassislar tayyorlash hamda akademik almashinuvni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur hamkorlikning amaliy natijalaridan biri sifatida Xitoy Xalq Respublikasidagi Xi’an xalqaro tadqiqotlar universitetida (西安外国语大学) 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “乌兹别克语” — “O‘zbek tili” to‘rt yillik mustaqil bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sifatida faoliyatini boshladi.

Mazkur yo‘nalish universitetning 2026-yilgi bakalavriat dasturlariga yangi yo‘nalish sifatida kiritilgan bo‘lib, uning tashkil etilishida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zDJTU va Xi’an xalqaro tadqiqotlar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik 2025-yilda yangi bosqichga ko‘tarildi. 2025-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy innovatsion hamkorlik xalqaro forumida ikki universitet o‘rtasida rasmiy hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu kelishuv o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda konferensiyalar o‘tkazish kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Shuningdek, O‘zDJTU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirovning Xi’an shahriga tashrifi davomida Xi’an xalqaro tadqiqotlar universiteti prorektori Deng Ying bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish, xususan, Xitoyda o‘zbek tilini o‘qitish va ushbu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Xi’an xalqaro tadqiqotlar universiteti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolanishi ham mazkur jarayonning muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi.

Ushbu kelishuvlar natijasida o‘zbek tilini Xitoyda mustaqil ta’lim yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, uning o‘quv-uslubiy bazasini shakllantirish va sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur akademik zamin yaratildi.

Bu jarayonda O‘zDJTU professori, pedagogika fanlari doktori Shahlo Shukrullaevna Yuldashevaning ilmiy-pedagogik faoliyati ham alohida ahamiyatga ega. U 2026-yil 1-martdan boshlab Xi’an xalqaro tadqiqotlar universitetida ilmiy-pedagogik xizmat safarida bo‘lib, yangi yo‘nalish uchun o‘zbek tilini o‘qitishga oid o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish ishlarida ishtirok etdi.

Yangi bakalavriat dasturi talabalarda o‘zbek tili bo‘yicha tinglash, gapirish, o‘qish, yozish va tarjima qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda, O‘zbekistonning tarixi, adabiyoti, madaniyati, siyosati, iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti va boshqa sohalari haqida kompleks bilim berishga qaratilgan.

Dastur bitiruvchilarni diplomatiya, tashqi iqtisodiy va savdo munosabatlari, madaniy almashinuv, matbuot va nashriyot, ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot sohalarida faoliyat yuritishi uchun zarur kompetensiyalar bilan ta’minlashni maqsad qiladi.

Xi’an xalqaro tadqiqotlar universitetida o‘zbek tilining mustaqil bakalavriat yo‘nalishi sifatida yo‘lga qo‘yilishi nafaqat ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy natijasi, balki O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’limiy, ilmiy va madaniy-gumanitar aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilayotganining muhim ko‘rinishidir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🤩3🔥2
Forwarded from Edu.uz
Kelajak soati 1-mavzu Taqdimot.pdf
6.1 MB
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti

Hurmatli ustozlar!

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi.

Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Dars ssenariysi

1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz!
2-kontent: Mustaqillik va biz!
3-kontent: Talabalik maktublari
4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍3
Xi’an xalqaro tadqiqotlar universiteti prorektori O‘zDJTU professorini qabul qildi

Xitoy Xalq Respublikasining Xi’an xalqaro tadqiqotlar universitetida (西安外国语大学) 2026/2027-o‘quv yilidan faoliyatini boshlagan “乌兹别克语” — “O‘zbek tili” to‘rt yillik mustaqil bakalavriat ta’lim yo‘nalishida dars berayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Shaxlo Shukurlaevna Yuldashevani Xi’an xalqaro tadqiqotlar universiteti prorektori, professor Deng Ying qabul qildi.

Uchrashuvda yangi bakalavriat yo‘nalishining istiqbollari, uning tashkil etilishiga sabab bo‘lgan omillar hamda o‘quv jarayonini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Professor Deng Yingning ta’kidlashicha, 2026-yilda Shansi provinsiyasida 34 ta asosiy sanoat tarmog‘i zanjiri bo‘yicha “Bakalavriat yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi” e’lon qilingan. Mazkur hujjat universitetda gumanitar va texnik fanlarni o‘zaro integratsiyalash jarayonini jadallashtirishga xizmat qilmoqda.

Sanoat va iqtisodiyot sohalarida o‘zbek tilini biladigan mutaxassislarga ehtiyoj ortib borayotgani sababli XISUda “O‘zbek tili” to‘rt yillik bakalavriat yo‘nalishi tashkil etilgani qayd etildi.

Shuningdek, universitetda “til + mintaqashunoslik + soha + raqamli texnologiyalar” modeli asosida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilayotgani, mazkur yondashuv “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi davlatlar uchun zamonaviy va ko‘p yo‘nalishli kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Markaziy Osiyoga ochilgan muhim ta’limiy darvoza sifatida Shimoli-g‘arbiy hududda joylashgan XISUning bu boradagi imkoniyatlari keng ekani qayd etildi.

Suhbat davomida professor Shaxlo Shukurlaevna Yuldasheva XISUda o‘zbek tili mashg‘ulotlari to‘liq immersiv yondashuv asosida tashkil etilayotganini ta’kidladi. Ya’ni ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, shuningdek, talabalar bilan muloqot jarayonida vositachi tildan foydalanmagan holda o‘zbek tili muhiti yaratilmoqda.

Professor, shuningdek, mazkur metodika asosida “O‘zbek tili amaliyoti I” darsligini XISUda sinovdan o‘tkazgani va nashrga tayyorlaganini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida O‘zDJTU va XISU o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda yangi bakalavriat yo‘nalishining ta’limiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👏7👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎙“ENG YAXSHI QO‘SHIQ” TANLOVI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:
• bakalavriat va magistratura talabalari;
• yakka tartibda yoki 2–5 nafardan iborat jamoa shaklida.

🎶 Tanlov shartlari:
• har bir ishtirokchi yoki jamoa 1 ta qo‘shiq ijro etadi;
• qo‘shiq jonli ijro (live) tarzida ijro etilishi shart;
• chiqish konsert yoki sahna ko‘rinishida taqdim etiladi.

📌Qo‘shiq mavzulari:
Vatan va vatanparvarlik;
milliy qadriyatlar va an’analar;
umumxalq bayramlari;
yoshlar va talabalar hayoti.

🏆 Baholash mezonlari:
• ovoz imkoniyatlari va diapazoni;
• ijro mahorati;
• sahna madaniyati;
• musiqiy asarning mazmundorligi;
• ijodiy yondashuv va artistizm.

🪙 MUKOFOTLAR

Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
🥇1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 baravari + diplom
🥈2-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari + diplom
🥉3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorida + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 baravari
🥈 2-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari
🥉 3-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorida

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra qo‘shimcha nominatsiyalar ham belgilanishi mumkin.

📅 Tanlov 16-sentabr kuni o‘tkaziladi.

📋 Tanlovning to‘liq nizomi:
Nizom bilan tanishish

🎵 Iste’dodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📸 “ENG YAXSHI FOTOALBOM” TANLOVI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:
• bakalavriat va magistratura talabalari;
• yakka tartibda yoki 2–3 nafardan iborat jamoa shaklida.

📷 Tanlov shartlari:
• har bir ishtirokchi yoki jamoa 1 ta fotoalbom taqdim etadi;
• fotoalbom 10–15 ta fotosuratdan iborat bo‘lishi lozim;
• fotosuratlar ishtirokchilarning shaxsiy ijodiy ishlari bo‘lishi kerak;
• mualliflik huquqiga rioya etilishi shart;
• fotoalbom elektron yoki bosma ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.

🖼 Fotoalbom mavzulari:
umumxalq bayramlari;
milliy qadriyatlar va an’analar;
talabalar hayoti;
universitetda o‘tkazilayotgan madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlar.

🏆 Baholash mezonlari:
• kompozitsiya va kadr tanlash mahorati;
• mavzuning mazmunli yoritilishi;
• fotosuratlarning badiiy va estetik sifati;
• ijodiy yondashuv va originallik;
• fotoalbomning umumiy konsepsiyasi.

🪙MUKOFOTLAR

Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 baravari + diplom
🥈 2-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari + diplom
🥉 3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorida + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 baravari
🥈 2-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari
🥉 3-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorida

Faol ishtirokchilar universitet tomonidan diplom bilan taqdirlanishi, shuningdek hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlanishi mumkin.

🗓️ Tanlov 16-sentabr kuni o‘tkaziladi.

📋 Tanlovning to‘liq nizomi:
Nizom bilan tanishish

Ijodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥3
📚 Birinchi kurs talabalari Axborot-resurs markazi bilan tanishmoqda!
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) Axborot-resurs markaziga 1-kurs talabalarining maxsus tanishuv tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida yoshlarimiz markazda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, boy kitoblar fondi hamda qulay o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdilar.
Mas'ul xodimlar tomonidan talabalarga quyidagilar haqida batafsil ma'lumot berildi:
🔹 Axborot-resursga markaziga a'zo bo‘lish va undan foydalanish qoidalari;
🔹 Zamonaviy sensorli ekranlar orqali elektron katalogdan kerakli adabiyotlarni tez va oson qidirib topish tizimi;
🔹 Raqamlashtirilgan o‘quv resurslari va xalqaro elektron bazalardan foydalanish imkoniyatlari.
Universitetimiz ostonasiga ilk qadam qo‘ygan barcha 1-kurs talabalariga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ilm yo‘lidagi izlanishlaringizda Axborot-resurs markazi sizning eng yaqin ko‘makchingiz bo‘lishiga ishonamiz.
📍 O‘zDJTU Axborot-resurs markazi #O_zDJTU #ARM #
21🔥1🤩1