O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
17.9K subscribers
54.1K photos
3.31K videos
344 files
10.8K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦

Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Asrorova Nargiza Isomitdinovnaning 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligida “Ikkinchi tilda sun’iy intellekt chatbotlari bilan og‘zaki suhbatlarning korpusga asoslangan diskurs tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining bir martalik ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Unda dissertatsiya ishining ilmiy rahbari, taqrizchilar va rasmiy opponentlar ishtirok etdi.

Seminar davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqot natijalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan savol va takliflar bildirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍6🤩1
🟦🟦🟦

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim vazifalar belgilandi

3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi 2026–2027-o‘quv yilini tartibli va samarali tashkil etish, ta’lim jarayonini sifatli yo‘lga qo‘yish hamda universitet jamoasi oldidagi ustuvor vazifalarni belgilash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim sifatini ta’minlash, talabalar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Ayniqsa, universitetga ilk qadam qo‘yayotgan 1-kurs talabalarini munosib kutib olish, ularning universitet muhiti bilan tez va samarali tanishishiga ko‘maklashish, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda mavjud imkoniyatlar haqida zarur ma’lumotlarni yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidan yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quv ishlari, ilmiy ishlar va innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik, moliya-iqtisod ishlari, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens-nazorat” yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar o‘rin oldi.

Yig‘ilish davomida talabalarga korrupsiyaning oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda ichki tartib-qoidalarga amal qilish yuzasidan tushunchalar berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, fakultet va bo‘limlar kesimida yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda 1-kurs talabalarining universitet hayotiga moslashuvini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍2🔥2👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilarning kredit-modul tizimi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminarda Ingliz filologiyasi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari T. Omonov, shuningdek, Ingliz tili amaliy aspektlari va Ingliz tili nazariy aspektlari kafedralarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Seminar davomida kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari, o‘quv jarayonini mazkur tizim asosida rejalashtirish va tashkil etish, fan sillabuslarini ishlab chiqish, talabalarning mustaqil ta’limini samarali yo‘lga qo‘yish hamda o‘quv yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda talabalarning mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, ta’lim natijalarini baholash mezonlarini to‘g‘ri belgilash hamda baholash jarayonining shaffofligini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Seminarda kredit-modul tizimida talabaning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, mustaqil ta’limga yo‘naltirish hamda professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashib, kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥3🤩1
#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov

Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi


📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.

👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.

📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍1🔥1