O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
17.8K subscribers
54.1K photos
3.31K videos
344 files
10.8K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
📸

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiridagi ishtirokidan fotolavha

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍13🔥5
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Abduģani Qayumovich)
2026-yil 2-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish va ta’lim jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan 1-sonli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Jumladan O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 21-avgustdagi "O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz besh yillik bayramini yuqori saviyada o`tkazish hamda ta`lim tashkilotlarini yangi 2026/2027-o`quv yiliga shay holatga keltirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida" 356-son buyrug`i mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Kun tartibida o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini oshirish, talabalar uchun qulay akademik muhit yaratish hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar yakunida yangi o‘quv yilida fakultet oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
15👍4🔥1👏1
🟦🟦

Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Asrorova Nargiza Isomitdinovnaning 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligida “Ikkinchi tilda sun’iy intellekt chatbotlari bilan og‘zaki suhbatlarning korpusga asoslangan diskurs tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining bir martalik ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Unda dissertatsiya ishining ilmiy rahbari, taqrizchilar va rasmiy opponentlar ishtirok etdi.

Seminar davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqot natijalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan savol va takliflar bildirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍6🤩1
🟦🟦🟦

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim vazifalar belgilandi

3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi 2026–2027-o‘quv yilini tartibli va samarali tashkil etish, ta’lim jarayonini sifatli yo‘lga qo‘yish hamda universitet jamoasi oldidagi ustuvor vazifalarni belgilash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim sifatini ta’minlash, talabalar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Ayniqsa, universitetga ilk qadam qo‘yayotgan 1-kurs talabalarini munosib kutib olish, ularning universitet muhiti bilan tez va samarali tanishishiga ko‘maklashish, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda mavjud imkoniyatlar haqida zarur ma’lumotlarni yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidan yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quv ishlari, ilmiy ishlar va innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik, moliya-iqtisod ishlari, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens-nazorat” yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar o‘rin oldi.

Yig‘ilish davomida talabalarga korrupsiyaning oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda ichki tartib-qoidalarga amal qilish yuzasidan tushunchalar berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, fakultet va bo‘limlar kesimida yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda 1-kurs talabalarining universitet hayotiga moslashuvini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍2🔥2👏1