O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
17.7K subscribers
54K photos
3.31K videos
344 files
10.8K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
#Mustaqillik35

🇺🇿AZIZ VATAN, O‘ZBEKISTONIM!

Sen bilan tirikdir tanam va jonim,
Allohning tuhfasi sendirsan shonim,
Bayrog‘ing ostida jo‘sh urar qonim,
Jahon uzra bitta, O‘ZBEKISTONIM!

Buyuklar izi bor tuproqlaringda,
Millionlab jon yig‘lar firoqlaringda,
Moziyning sadosi quroqlaringda,
Jahon uzra bitta, O‘ZBEKISTONIM!

Nomingni tanitgan dostonlaring bor,
Pahlavon Mahmuddek posbonlaring bor,
Shavkatu-shoningdek sarbonlaring bor,
Jahon uzra bitta, O‘ZBEKISTONIM!

Ilmu-fan taraqqiy etgan makonsan,
Otamsan, onamsan, quyosh, osmonansan,
Baxtu-saodatga mangu zabonsan,
Jahon uzra bitta, O‘ZBEKISTONIM!

✍️ O‘zDJTU Xalqaro
Jurnalistika fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Eshonqulova Dilafro‘z Alisher qizi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥2
🟦🟦🟦🟦🟦

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🛡 “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHIGA QABUL BOSHLANDI!

Universitetimizda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Qalqon” jamoatchilik guruhi o‘z safiga yangi a’zolarni qabul qiladi.

Agar siz o‘zingizga ishongan, intizomli, jismonan chiniqqan va mas’uliyatli talaba bo‘lsangiz — “Qalqon” safida siz uchun o‘rin bor!

🔻 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Bo‘yi 170 sm va undan yuqori bo‘lishi;

• Jismonan chiniqqan va sportga qiziqishi bo‘lishi;

• Sport sohasida yutuqlarga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi;

• Harbiy xizmatni o‘tagan nomzodlarga ustuvorlik beriladi;

• Intizomli, mas’uliyatli va hushyor bo‘lishi;

• Jamoa bilan ishlay olish va topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarishi.


🔥Agar siz ham universitetimizda tartib-intizomni ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz — “Qalqon” safiga qo‘shiling!

🔥 Qabulda universitetning faol talaba-yoshlari — yigitlar va qizlar ishtirok etishlari mumkin.

🗓 Qabul muddati: 4-sentabrga qadar
✍️ Arizalaringizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: https://t.me/+HeDNq4S1xhgyZWQy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍1
🟦🟦🟦

2-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan 1-sonli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.

Kun tartibidan o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, professor-o‘qituvchilarning yangi o‘quv yilidagi faoliyatini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda fakultetda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga qaratilgan muhim vazifalar o‘rin oldi.

Shuningdek, fakultetga yangi tayinlangan tyutorlarga ularning faoliyat yo‘nalishlari, asosiy vazifalari va ish jarayonini samarali tashkil etish tartibi yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi. Tyutorlarning talabalar bilan ishlashi, ularning ta’lim jarayonidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashi, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashdagi o‘rni ham alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida fakultet jamoasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, ta’lim sifatini yuksaltirish, talabalar uchun munosib akademik muhit yaratish va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish borasida tegishli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥4👍2
Forwarded from Edu.uz
#mandat #magistratura #qabul2026

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5🔥1
🟦🟦🟦

“Birinchi qo‘ng‘iroq” — bilim va ezgu orzular sari ilk qadam

Bugun, 2-sentabr kuni yurtimizdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Shunday tadbirlardan biri Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. E’tiborlisi, rektor aynan shu maktabda tahsil olgan. Shu bois uning yillar o‘tib, o‘zi bilim olgan ta’lim maskaniga yangi o‘quv yilining ilk kunida tashrif buyurishi tadbirga o‘zgacha samimiy ruh bag‘ishladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ilxomjon Tuxtasinov maktab jamoasi, ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida ta’lim va ilm inson hayotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, o‘quvchilarga bilim olish, izlanish va kelajak sari dadil intilishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirning eng quvonchli lahzalaridan biri birinchi sinfga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi”ning tantanali topshirilishi bo‘ldi.

Ilxomjon Tuxtasinov 1-sinf o‘quvchilarini maktab hayotidagi ilk qadami bilan samimiy tabriklab, ularga “Prezident sovg‘asi”ni topshirdi hamda bilim olish yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, rektor tomonidan o‘zi tahsil olgan maktabga 100 dona kitob, vazirlik tomonidan tavsiya etilgan kitob va adabiyotlar, 5 turdagi 30 ta sport anjomlari hamda kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Mazkur sovg‘alar maktab kutubxonasini boyitish, o‘quvchilarning kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish, sport bilan shug‘ullanishlari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Prezident sovg‘alari 216 nafar 1-sinf o‘quvchisiga yetkazildi.

Tadbir davomida Prezidentimizning maktab o‘quvchilari va ustoz-murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigi ham o‘qib eshittirildi.

Bir paytlar shu maktabda o‘quvchi bo‘lgan insonning bugun o‘zi bilim olgan dargohga qaytib, yosh avlod bilan uchrashgani, ularga ezgu tilaklar bildirgani va ta’lim maskaniga qimmatli sovg‘alar taqdim etgani tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍3🔥3
📸

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiridagi ishtirokidan fotolavha

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍9🔥4