O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
50.6K photos
3.12K videos
325 files
10.1K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

OʻzDJTUda Italiya universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2026-yil 1-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Italiyaning Milan zamonaviy tillar va kommunikatsiya universiteti delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitetning Tarjimonlik fakulteti dekani Jiovanna Rokka Shaid hamda Turizm fakulteti dekani Massimo De Giuseppe ishtirok etdi. Mehmonlarni OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi X. Yoʻldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yoʻldoshev hamda Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergashova kutib oldilar.

Muloqot davomida tarjimonlar, jumladan sinxron tarjimonlarni tayyorlash, gid-tarjimonlar malakasini oshirish, italyan va boshqa xorijiy tillar oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qisqa va uzoq muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish, talabalar amaliyotini oʻtkazish hamda yozgi va qishki maktablar tashkil etish boʻyicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Koreyaning ta’lim sohasidagi yetakchi kompaniyalari rahbari bilan uchrashuv

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreyaning Englishunt va EduLink Global kompaniyalari ta’sischisi hamda ijrochi direktori Chungrim Han xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kompaniya ingliz tili bo‘yicha bilimni baholash, testlarga tayyorlash va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn mock testlar tashkil qilishga ixtisoslashgan. Kompaniya O‘zbekistondagi ilk faoliyatini maktabgacha va maktab ta’limi tizimida boshlagan hamda maktab o‘quvchilari orasida testlarni sinovdan o‘tkazgan. Han xonimning maqsadi oliy ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan testlarni pilot tarzda til ta’limi bo‘yicha yetakchi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokida tashkil qilish hamda ushbu jarayonni respublikaning barcha oliygohlariga tatbiq etishdan iborat.

Uchrashuvda universitet tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i N. Ibragimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Tarjimonlik fakulteti professori G‘. Rahimov ishtirok etdi.

Muloqot davomida universitet talabalari uchun ingliz tilini o‘rganish hamda mock testlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektron platformalar imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zDJTUda ingliz tili bo‘yicha test va sertifikatlash markazini tashkil etishning tashkiliy hamda moliyaviy jihatlari, ingliz va koreys tili o‘qituvchilari malakasini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli takliflarni ko‘rib chiqish borasida kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🟦🟦🟦

“Talabalar bahori” festivali o‘z ishini boshladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 2026-yil 1–3-iyun kunlari o‘tkazilayotgan “Talabalar bahori” festivalining ochilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida respublikamizning 10 ta oliy ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan delegatsiyalar tantanali ravishda kutib olindi. Shundan so‘ng mehmon talabalar va mas’ullar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talabalar turar joyiga belgilangan tartib asosida joylashtirildi.

Mazkur festival yoshlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda madaniy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Festival dasturi doirasida qator uchrashuvlar, madaniy tadbirlar, sport musobaqalari va intellektual tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2👍1