O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
50.6K photos
3.12K videos
325 files
10.1K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🌿Orolbo‘yi hududida ilmiy ekspeditsiya o‘tkazildi

27–28-may kunlari universitetning Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq Orolbo‘yi hududiga ilmiy ekspeditsiya tashkil etildi.

Ekspeditsiyaning asosiy maqsadi Orol dengizining qurigan tubi ekologik holati, tuproq va o‘simlik qoplami xususiyatlari hamda hudud ekotizimining zamonaviy holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tadqiqotlar davomida ekspeditsiya a’zolari Mo‘ynoq shahrida bo‘lib, Orol dengizi tarixi muzeyi (Kemalar qabristoni muzeyi) hamda Mo‘ynoq mayog‘iga tashrif buyurdilar. Mutaxassislar Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, Ustyurt platosi kanyonlari, ko‘chmanchilar maqbarasi va tarixiy-arxeologik yodgorlik hisoblangan Qurg‘on-Qal’a majmuasida kuzatuvlar olib borildi. Hududning tabiiy landshaftlari hamda cho‘llanish jarayonlari o‘rganildi.

Sudochye ko‘li hududida suv-botqoqlik ekotizimlarining biologik xilma-xilligi bo‘yicha dala kuzatuvlari amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida flamingolar va boshqa suv qushlarining mavjudligi qayd etildi.

Ekspeditsiya doirasida Orol dengizi atrofidagi turli masofalardan tuproq namunalari olinib, laboratoriya tahlillari uchun yig‘ildi. Bundan tashqari, saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklarining namunalari to‘planib, ularning qurg‘oqchil va sho‘rlangan muhitga moslashuv xususiyatlarini o‘rganish uchun ilmiy materiallar shakllantirildi.

Mazkur ekspeditsiya natijalari Orolbo‘yi hududining ekologik holatini baholash, ilmiy ma’lumotlar bazasini boyitish hamda ekologiya yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash jarayonida foydalaniladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir avvalida talabalar o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari haykallari poyida jam bo‘lib, ularning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar, adabiy merosning bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, she’rlar mutolaa qilinib, adabiyot va ma’naviyat mavzularida qiziqarli suhbatlar tashkil etildi.

Tadbirning ikkinchi qismida fakultet talabalari uchun sport musobaqalari hamda jamoaviy o‘yinlar o‘tkazildi. Faol va ko‘tarinki ruhda kechgan mashg‘ulotlar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga yordam berdi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

OʻzDJTUda Italiya universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2026-yil 1-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Italiyaning Milan zamonaviy tillar va kommunikatsiya universiteti delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitetning Tarjimonlik fakulteti dekani Jiovanna Rokka Shaid hamda Turizm fakulteti dekani Massimo De Giuseppe ishtirok etdi. Mehmonlarni OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi X. Yoʻldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yoʻldoshev hamda Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergashova kutib oldilar.

Muloqot davomida tarjimonlar, jumladan sinxron tarjimonlarni tayyorlash, gid-tarjimonlar malakasini oshirish, italyan va boshqa xorijiy tillar oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qisqa va uzoq muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish, talabalar amaliyotini oʻtkazish hamda yozgi va qishki maktablar tashkil etish boʻyicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Koreyaning ta’lim sohasidagi yetakchi kompaniyalari rahbari bilan uchrashuv

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreyaning Englishunt va EduLink Global kompaniyalari ta’sischisi hamda ijrochi direktori Chungrim Han xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kompaniya ingliz tili bo‘yicha bilimni baholash, testlarga tayyorlash va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn mock testlar tashkil qilishga ixtisoslashgan. Kompaniya O‘zbekistondagi ilk faoliyatini maktabgacha va maktab ta’limi tizimida boshlagan hamda maktab o‘quvchilari orasida testlarni sinovdan o‘tkazgan. Han xonimning maqsadi oliy ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan testlarni pilot tarzda til ta’limi bo‘yicha yetakchi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokida tashkil qilish hamda ushbu jarayonni respublikaning barcha oliygohlariga tatbiq etishdan iborat.

Uchrashuvda universitet tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i N. Ibragimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Tarjimonlik fakulteti professori G‘. Rahimov ishtirok etdi.

Muloqot davomida universitet talabalari uchun ingliz tilini o‘rganish hamda mock testlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektron platformalar imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zDJTUda ingliz tili bo‘yicha test va sertifikatlash markazini tashkil etishning tashkiliy hamda moliyaviy jihatlari, ingliz va koreys tili o‘qituvchilari malakasini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli takliflarni ko‘rib chiqish borasida kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2