O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
50.6K photos
3.12K videos
325 files
10.1K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

3-bosqich talabalari uchun yakuniy imtihonlar boshlandi!


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 😊Ingliz tili ikkinchi fakultetida 3-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi.

Talabalar o‘quv yili davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini imtihonlar orqali namoyon etishmoqda. Imtihon jarayonlari belgilangan tartib asosida, shaffoflik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda tashkil etilmoqda.

Jarayon davomida mas’ullar tomonidan imtihonlarning tartibli va xolis o‘tishi nazorat qilinib, talabalarga barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu esa ularning bilimlarini erkin va to‘liq namoyon etishlariga xizmat qilmoqda.

Yakuniy imtihonlar tasdiqlangan jadval asosida davom etadi. 3-bosqich talabalari uchun barcha sinovlarda ulkan muvaffaqiyatlar va yuqori natijalar tilaymiz!

😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

❤️Telegram 🧐 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
🌿Orolbo‘yi hududida ilmiy ekspeditsiya o‘tkazildi

27–28-may kunlari universitetning Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq Orolbo‘yi hududiga ilmiy ekspeditsiya tashkil etildi.

Ekspeditsiyaning asosiy maqsadi Orol dengizining qurigan tubi ekologik holati, tuproq va o‘simlik qoplami xususiyatlari hamda hudud ekotizimining zamonaviy holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tadqiqotlar davomida ekspeditsiya a’zolari Mo‘ynoq shahrida bo‘lib, Orol dengizi tarixi muzeyi (Kemalar qabristoni muzeyi) hamda Mo‘ynoq mayog‘iga tashrif buyurdilar. Mutaxassislar Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, Ustyurt platosi kanyonlari, ko‘chmanchilar maqbarasi va tarixiy-arxeologik yodgorlik hisoblangan Qurg‘on-Qal’a majmuasida kuzatuvlar olib borildi. Hududning tabiiy landshaftlari hamda cho‘llanish jarayonlari o‘rganildi.

Sudochye ko‘li hududida suv-botqoqlik ekotizimlarining biologik xilma-xilligi bo‘yicha dala kuzatuvlari amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida flamingolar va boshqa suv qushlarining mavjudligi qayd etildi.

Ekspeditsiya doirasida Orol dengizi atrofidagi turli masofalardan tuproq namunalari olinib, laboratoriya tahlillari uchun yig‘ildi. Bundan tashqari, saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklarining namunalari to‘planib, ularning qurg‘oqchil va sho‘rlangan muhitga moslashuv xususiyatlarini o‘rganish uchun ilmiy materiallar shakllantirildi.

Mazkur ekspeditsiya natijalari Orolbo‘yi hududining ekologik holatini baholash, ilmiy ma’lumotlar bazasini boyitish hamda ekologiya yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash jarayonida foydalaniladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir avvalida talabalar o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari haykallari poyida jam bo‘lib, ularning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar, adabiy merosning bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, she’rlar mutolaa qilinib, adabiyot va ma’naviyat mavzularida qiziqarli suhbatlar tashkil etildi.

Tadbirning ikkinchi qismida fakultet talabalari uchun sport musobaqalari hamda jamoaviy o‘yinlar o‘tkazildi. Faol va ko‘tarinki ruhda kechgan mashg‘ulotlar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga yordam berdi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32