O‘zDJTUda italiyalik talabalar uchun “Yozgi maktab” loyihasi boshlandi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan universitetning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Milan zamonaviy tillar va kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun “Yozgi maktab” loyihasi tashkil etildi.
Loyiha doirasida 18 nafar talaba va 4 nafar professor-o‘qituvchidan iborat delegatsiya 2026-yil 30-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Mehmonlar uchun 30–31-may kunlari Toshkent shahrining tarixiy obidalari, madaniy maskanlari hamda diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirildi.
30-maydan 8-iyunga qadar davom etadigan “Yozgi maktab” dasturi ishtirokchilarga o‘zbek tili, madaniyati, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini yaqindan o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Dasturdan o‘zbek tili va madaniyatiga bag‘ishlangan darslar, seminar-treninglar, madaniy tadbirlar hamda Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlarga tashriflar o‘rin olgan.
Mazkur loyiha xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini boyitish hamda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini xorijiy yoshlarga keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤38🔥20👏12👍5🤩5🎉3
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
🎥 Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Mazkur videoqo‘llanmada:
✅ onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi;
✅ hujjatlarni onlayn to‘g‘ri rasmiylashtirish;
✅ tizimdan foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar batafsil tushuntirilgan.
❗️ Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤2👍1
Maqul Ipoteka.pdf
189.3 KB
Ipoteka bank tomonidan doimiy daromadga ega bo‘lgan fuqarolar uchun “Maqul” RM-3 ipoteka krediti taklif etilmoqda.
🔹 Kredit maqsadi: birlamchi va ikkilamchi bozordan tayyor uy-joy xarid qilish
🔹 Yillik foiz stavkasi: 21,5%
🔹 Kredit muddati: 120 oydan 240 oygacha
🔹 Boshlang‘ich badal: uy-joy qiymatining 26 foizi
🔹 Minimal kredit miqdori: 50 million so‘m
🔹 Maksimal kredit miqdori:
▪️ Toshkent shahrida – 800 million so‘mgacha
▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 500 million so‘mgacha
Kredit bo‘yicha muddatidan oldin to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
📌 Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998 (94) 151-13-43
+998 (71) 230-12-85
E’lon 2026-yil 19-fevraldan amal qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Oson ipoteka Doimiy daromad.pdf
191.8 KB
🏠 Uy-joy xarid qilishni rejalashtirayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar diqqatiga!
Ipoteka bank tomonidan doimiy daromadga ega bo‘lgan fuqarolar uchun “Oson” RM-2 ipoteka krediti taklif etilmoqda.
🔹 Kredit maqsadi: birlamchi bozordan uy-joy xarid qilish
🔹 Yillik foiz stavkasi: 16,99%
🔹 Kredit muddati: 240 oygacha
🔹 Boshlang‘ich badal: uy-joy qiymatining 15 foizi
🔹 Minimal kredit miqdori: 50 million so‘m
🔹 Maksimal kredit miqdori:
▪️ Toshkent shahrida – 480 million so‘mgacha
▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 380 million so‘mgacha
🔹 Kreditni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati mavjud (qo‘shimcha to‘lovlarsiz).
📌 Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kredit olish shartlari va talab etiladigan hujjatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
📞 +998 (94) 151-13-43
📞 +998 (71) 230-12-85
E’lon 2026-yil 27-martdan amal qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
O‘zDJTU delegatsiyasi Nukus shahriga yetib bordi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida Nukus shahriga yetib bordi.
Delegatsiya a’zolari Nukus temiryo‘l vokzalida tantanali kutib olindi. Tashrif davomida universitet vakillari uchun qator uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2👏2🎉2
Aziz professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar!
Sizlarni donorlikni targ‘ib qilish hamda onkologik kasallikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
1–3-iyun kunlari soat 16:00 ga qadar Respublika qon quyish markazi hamda uning hududiy bo‘limlarida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etiladi.
Donorlik — inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiladigan olijanob va savobli amal. Sizning ishtirokingiz davolanishga muhtoj bolalarga umid va madad baxsh etishi mumkin.
Barchangizni ushbu ezgu tashabbusga befarq bo‘lmaslikka va faol qatnashishga chorlaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
❤5👍1
Yozning issiq kunlarini betalafot va mazmunli o‘tkazish, o‘z hayotingiz hamda salomatligingizni asrash maqsadida suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.
1-iyundan 30-iyunga qadar yurtimizda “Suv havzalarida xavfsizlik oyligi” o‘tkazilmoqda.
❗ Noma’lum va cho‘milish taqiqlangan joylarda suvga tushmang;
❗ Xavfsizlik belgilariga amal qiling;
❗ O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang;
❗ Har qanday xavfli vaziyatlarning oldini olishga harakat qiling.
Unutmang, inson hayoti bebaho. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish orqali siz nafaqat o‘zingizni, balki atrofingizdagilarni ham turli ko‘ngilsiz hodisalardan asragan bo‘lasiz.
O‘zingizni ehtiyot qiling va yozgi ta’tilni xavfsiz o‘tkazing!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora)
3-bosqich talabalari uchun yakuniy imtihonlar boshlandi!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining
Talabalar o‘quv yili davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini imtihonlar orqali namoyon etishmoqda. Imtihon jarayonlari belgilangan tartib asosida, shaffoflik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda tashkil etilmoqda.
Jarayon davomida mas’ullar tomonidan imtihonlarning tartibli va xolis o‘tishi nazorat qilinib, talabalarga barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu esa ularning bilimlarini erkin va to‘liq namoyon etishlariga xizmat qilmoqda.
Yakuniy imtihonlar tasdiqlangan jadval asosida davom etadi. 3-bosqich talabalari uchun barcha sinovlarda ulkan muvaffaqiyatlar va yuqori natijalar tilaymiz!
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1
27–28-may kunlari universitetning Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq Orolbo‘yi hududiga ilmiy ekspeditsiya tashkil etildi.
Ekspeditsiyaning asosiy maqsadi Orol dengizining qurigan tubi ekologik holati, tuproq va o‘simlik qoplami xususiyatlari hamda hudud ekotizimining zamonaviy holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Tadqiqotlar davomida ekspeditsiya a’zolari Mo‘ynoq shahrida bo‘lib, Orol dengizi tarixi muzeyi (Kemalar qabristoni muzeyi) hamda Mo‘ynoq mayog‘iga tashrif buyurdilar. Mutaxassislar Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Ustyurt platosi kanyonlari, ko‘chmanchilar maqbarasi va tarixiy-arxeologik yodgorlik hisoblangan Qurg‘on-Qal’a majmuasida kuzatuvlar olib borildi. Hududning tabiiy landshaftlari hamda cho‘llanish jarayonlari o‘rganildi.
Sudochye ko‘li hududida suv-botqoqlik ekotizimlarining biologik xilma-xilligi bo‘yicha dala kuzatuvlari amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida flamingolar va boshqa suv qushlarining mavjudligi qayd etildi.
Ekspeditsiya doirasida Orol dengizi atrofidagi turli masofalardan tuproq namunalari olinib, laboratoriya tahlillari uchun yig‘ildi. Bundan tashqari, saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklarining namunalari to‘planib, ularning qurg‘oqchil va sho‘rlangan muhitga moslashuv xususiyatlarini o‘rganish uchun ilmiy materiallar shakllantirildi.
Mazkur ekspeditsiya natijalari Orolbo‘yi hududining ekologik holatini baholash, ilmiy ma’lumotlar bazasini boyitish hamda ekologiya yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash jarayonida foydalaniladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2