O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
50.6K photos
3.12K videos
325 files
10.1K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🖥🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2026-yil may oyidagi faoliyati hisoboti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram| Instagram |Facebook |Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
O‘zDJTUda italiyalik talabalar uchun “Yozgi maktab” loyihasi boshlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan universitetning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Milan zamonaviy tillar va kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun “Yozgi maktab” loyihasi tashkil etildi.

Loyiha doirasida 18 nafar talaba va 4 nafar professor-o‘qituvchidan iborat delegatsiya 2026-yil 30-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Mehmonlar uchun 30–31-may kunlari Toshkent shahrining tarixiy obidalari, madaniy maskanlari hamda diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirildi.

30-maydan 8-iyunga qadar davom etadigan “Yozgi maktab” dasturi ishtirokchilarga o‘zbek tili, madaniyati, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini yaqindan o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Dasturdan o‘zbek tili va madaniyatiga bag‘ishlangan darslar, seminar-treninglar, madaniy tadbirlar hamda Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlarga tashriflar o‘rin olgan.

Mazkur loyiha xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini boyitish hamda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini xorijiy yoshlarga keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
138🔥20👏12👍5🤩5🎉3
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026
 
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
 
🎥 Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
 
Mazkur videoqo‘llanmada:
 
onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi;
hujjatlarni onlayn to‘g‘ri rasmiylashtirish;
tizimdan foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar batafsil tushuntirilgan.
 
❗️ Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍1
Maqul Ipoteka.pdf
189.3 KB
🟦🟦🟦🟦🟦

🏠 Uy-joy xarid qilishni rejalashtirayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar diqqatiga!

Ipoteka bank tomonidan doimiy daromadga ega bo‘lgan fuqarolar uchun “Maqul” RM-3 ipoteka krediti taklif etilmoqda.

🔹 Kredit maqsadi: birlamchi va ikkilamchi bozordan tayyor uy-joy xarid qilish
🔹 Yillik foiz stavkasi: 21,5%
🔹 Kredit muddati: 120 oydan 240 oygacha
🔹 Boshlang‘ich badal: uy-joy qiymatining 26 foizi
🔹 Minimal kredit miqdori: 50 million so‘m
🔹 Maksimal kredit miqdori:
▪️ Toshkent shahrida – 800 million so‘mgacha
▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 500 million so‘mgacha

Kredit bo‘yicha muddatidan oldin to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

📌 Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998 (94) 151-13-43
+998 (71) 230-12-85

E’lon 2026-yil 19-fevraldan amal qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Oson ipoteka Doimiy daromad.pdf
191.8 KB
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏠 Uy-joy xarid qilishni rejalashtirayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar diqqatiga!

Ipoteka bank tomonidan doimiy daromadga ega bo‘lgan fuqarolar uchun “Oson” RM-2 ipoteka krediti taklif etilmoqda.

🔹 Kredit maqsadi: birlamchi bozordan uy-joy xarid qilish
🔹 Yillik foiz stavkasi: 16,99%
🔹 Kredit muddati: 240 oygacha
🔹 Boshlang‘ich badal: uy-joy qiymatining 15 foizi
🔹 Minimal kredit miqdori: 50 million so‘m
🔹 Maksimal kredit miqdori:
▪️ Toshkent shahrida – 480 million so‘mgacha
▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 380 million so‘mgacha

🔹 Kreditni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati mavjud (qo‘shimcha to‘lovlarsiz).

📌 Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kredit olish shartlari va talab etiladigan hujjatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

📞 +998 (94) 151-13-43
📞 +998 (71) 230-12-85

E’lon 2026-yil 27-martdan amal qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🟦🟦🟦

O‘zDJTU delegatsiyasi Nukus shahriga yetib bordi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida Nukus shahriga yetib bordi.

Delegatsiya a’zolari Nukus temiryo‘l vokzalida tantanali kutib olindi. Tashrif davomida universitet vakillari uchun qator uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2👏2🎉2