O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
50.5K photos
3.11K videos
325 files
10.1K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Universitet delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida tashkil etiladigan o‘zaro muloqot hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Delegatsiya tarkibidan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rektorning matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Otabek Ibragimov, Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Zokir Bazarov, tyutorlar hamda universitetning turli fakultatlarida tahsil olayotgan 43 nafar faol talabalar o‘rin olgan.

Safar oldidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov delegatsiya a’zolari bilan uchrashib, tashrifning maqsad va vazifalari, uning yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, safar davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar, xavfsizlik choralari hamda universitet nufuziga munosib tarzda vakillik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Delegatsiya poyezd orqali Nukus shahriga yo‘l oldi. Tashrif dasturi doirasida talabalar va yoshlar o‘rtasida uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda tajriba almashishga qaratilgan qator loyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏5👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Videolavha

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketishi jarayonidan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🖥🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2026-yil may oyidagi faoliyati hisoboti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram| Instagram |Facebook |Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2