O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
50.4K photos
3.11K videos
325 files
10K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

29-may kuni Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tomonidan davlat mukofotlari va tegishli hujjatlar o‘z egalariga topshirildi.

Mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Arab tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Ahmed Jasim Abbas Al-Zubaidi ham bor. Unga Prezidentimiz Farmoniga muvofiq “Mehnat shuhrati” ordeni tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur yuksak mukofot ustozning ko‘p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati, tarjimashunoslik va arabshunoslik yo‘nalishlaridagi fidokorona mehnati hamda yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi munosib hissasining e’tirofi hisoblanadi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Ahmed Jasim Abbas Al-Zubaidini ushbu yuksak mukofot bilan yana bir bor samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍127🔥4👏3
🎶🎶🎶

Qurbon hayiti munosabati bilan berilgan besh kunlik dam olish kunlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlariga xushkayfiyat ulashildi.

Universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan taniqli xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning “Qo‘qonlik” nomli konsert dasturiga 200 dan ortiq chipta taqdim etildi.

Mazkur tashabbus jamoa a’zolarining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy hordiq chiqarishi hamda bayram kayfiyatini yanada ko‘tarishga xizmat qildi.

Universitet jamoasi uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar xodimlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgan ezgu ishlardan biridir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍5😢1
Forwarded from Dunyo mamlakatlari
#diqqat_tanlov

📚 “Dunyo mamlakatlari” kitobini o‘qib, super sovg‘alar egasiga aylaning! Tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Barcha ishtirokchilariga QR kodli sertifikat beriladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-2-o‘rinlarga – 🇹🇷Turkiyaga sayohat;
🥈3-4-o‘rinlarga – 🇪🇬Misrga sayohat;
🥉5-6-o‘rinlarga – 🇻🇳Vetnamga sayohat;
🔸7-o‘ringa – 5 million so‘m pul;
🔸8-o‘ringa – 4 million so‘m pul;
🔸9-o‘ringa – 3 million so‘m pul;
🔸10-15-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🔹16-20-o‘rinlarga – 15 tadan kitoblar;
🔹21-50-o‘rinlarga – 10 tadan kitoblar;
🔹51-100-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar;
🎁150 kishiga qo‘shimcha sovg‘alar.

Eng faol targ‘ibotchilarga:

🥇1-3-o‘rinlarga – 1.5 million so‘mdan;
🥈4-6-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🥉7-9-o‘rinlarga – 500 ming so‘mdan;
🔹10-20-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar.

Kitob o‘qing, bilim oling – sovg‘a yutib, sayohat qiling!

Tanlovda ishtirok etish:
👉 https://t.me/kitobtargibot?start=6123296650
4
🟦🟦🟦

Universitet delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida tashkil etiladigan o‘zaro muloqot hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Delegatsiya tarkibidan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rektorning matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Otabek Ibragimov, Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Zokir Bazarov, tyutorlar hamda universitetning turli fakultatlarida tahsil olayotgan 43 nafar faol talabalar o‘rin olgan.

Safar oldidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov delegatsiya a’zolari bilan uchrashib, tashrifning maqsad va vazifalari, uning yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, safar davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar, xavfsizlik choralari hamda universitet nufuziga munosib tarzda vakillik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Delegatsiya poyezd orqali Nukus shahriga yo‘l oldi. Tashrif dasturi doirasida talabalar va yoshlar o‘rtasida uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda tajriba almashishga qaratilgan qator loyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏5👍2