26-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Ilhomjon Rojiboyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etilgan “Sharq tillari va madaniyati” III-xalqaro diplomatik anjumanida ishtirok etdi.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu xalqaro anjumanda dunyoning turli mamlakatlari bilan til, madaniyat va diplomatik aloqalarni rivojlantirish, sharq tillarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda madaniyatlararo muloqot masalalari muhokama qilindi.
Ilhomjon Rojiboyev anjuman davomida “Koreys tilida madaniy shok fenomenini kamaytirish yo‘llari” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan qatnashdi. Ma’ruzada koreys tilini o‘rganayotgan talabalar va Koreya jamiyatiga moslashayotgan xorijliklarda uchraydigan madaniy shok holatlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda ushbu muammolarni bartaraf etishning samarali usullari haqida batafsil fikr yuritildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
📚 «THE BEST 2026» MUSOBAQASI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI!
🇺🇿 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti
"Ingliz tilini o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyalari" kafedrasi 3-bosqich talabalari o'rtasida o'tkazilgan «THE BEST 2026» musobaqasining final bosqichi 22-may kuni bo'lib o'tdi. 🎓
Musobaqa kafedra dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Normurotova Valentina Ivanovna rahbarligida va kafedra o'qituvchilari Kurbanova Dilafruz Shuxratovna, Mirzoidova Nigora Avazovna hamkorligida tashkil etildi.
Final bosqichida ishtirokchilar pedagogika fanlari doktori, professor Axmedova Laylo Tolibjanova boshchiligidagi hurmatli hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.
🏆 Musobaqa g'oliblari:
🥇 1-o'rin — "Luminaries" jamoasi (2325-guruh)
🥈 2-o'rin — Abdujalieva Dilfuza (2301-guruh)
🥉3-o'rin — Jolibayeva Shaxzada (2304-guruh)
Barcha g'oliblar sertifikatlar bilan taqdirlandilar!
Bunday musobaqalar xorijiy tillarni o'qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish, talabalar bilimini chuqurlashtirish va ularning amaliy ko'nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kafedra jamoasi barcha g'olib va ishtirokchilarga samimiy tabriklar yo'llaydi va kelajakda yanada katta yutuqlarni tilaydil! 👏

❤8🔥2👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-maydagi Farmoniga muvofiq mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh ijodkorlar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofotlanganlar qatorida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Arab tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Ahmed Jasim Abbas Al-Zubaidi ham “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
Ushbu yuksak e’tirof ustozning ko‘p yillik samarali mehnati, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi munosib hissasining amaliy ifodasi bo‘ldi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Ahmed Jasim Abbas Al-Zubaidini ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👏4🔥3🎉3👍2
Ozarbayjon Mustaqillik kuni tantanali ravishda nishonlandi
28-may kuni Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekistondagi Elchixonasi hamda Toshkent shahridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamkorligida Ozarbayjon Mustaqillik kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, professor Baxronova Dilrabo, Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri Moydinova Elmira hamda kafedra dotsenti Musayeva Sevinj faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalqlari oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik, qardoshlik rishtalari hamda madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi kundagi ahamiyati alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, mehmonlarga ikki xalqning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va sanʼatini aks ettiruvchi badiiy dasturlar namoyish etildi.
Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan tadbir davomida ishtirokchilar oʻzaro muloqot qilib, fikr va tajriba almashdilar. Kechki qabul marosimi esa mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir ikki davlat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash, oʻzaro doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3🎉2
Filologiya va pedagogika sohalaridagi ilmiy izlanishlaringizni xalqaro standartlar asosida e’lon qilish imkoniyati endi yanada qulay!
Mazkur jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiya etgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, maqolalar zamonaviy akademik talablar asosida qabul qilinadi.
Platforma imkoniyatlari:
🔹 Double Blind Peer Review tizimi
🔹 DOI raqamli maqolalar
🔹 Ochiq elektron arxiv
🔹 Barcha tillarda maqolalar qabuli
🔹 Onlayn maqola yuborish imkoniyati
https://philmatt.uzswlu.uz/page/author_instructions
https://philmatt.uzswlu.uz
Ilm-fan rivoji yo‘lida sifatli tadqiqotlarni birlashtiruvchi zamonaviy akademik maydon
https://philmatt.uzswlu.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
❤8
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OLIM TOSHBOYEVDAN YANGI ROMAN: “FITRAT”
❤8🔥1
29-may kuni Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tomonidan davlat mukofotlari va tegishli hujjatlar o‘z egalariga topshirildi.
Mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Arab tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Ahmed Jasim Abbas Al-Zubaidi ham bor. Unga Prezidentimiz Farmoniga muvofiq “Mehnat shuhrati” ordeni tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur yuksak mukofot ustozning ko‘p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati, tarjimashunoslik va arabshunoslik yo‘nalishlaridagi fidokorona mehnati hamda yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi munosib hissasining e’tirofi hisoblanadi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Ahmed Jasim Abbas Al-Zubaidini ushbu yuksak mukofot bilan yana bir bor samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤7🔥4👏3
🎶🎶🎶
Qurbon hayiti munosabati bilan berilgan besh kunlik dam olish kunlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlariga xushkayfiyat ulashildi.
Universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan taniqli xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning “Qo‘qonlik” nomli konsert dasturiga 200 dan ortiq chipta taqdim etildi.
Mazkur tashabbus jamoa a’zolarining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy hordiq chiqarishi hamda bayram kayfiyatini yanada ko‘tarishga xizmat qildi.
Universitet jamoasi uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar xodimlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgan ezgu ishlardan biridir.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤11👍4😢1