O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
50.4K photos
3.11K videos
323 files
10K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam

Kuni kecha Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi tomonidan yana bir muhim va strategik tashabbus amalga oshirildi. Kafedra Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari — “Universitas Muhammadiyah”, “State Islamic University SMH Banten” hamda “Universitas Medan Area” bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumlarini rasman imzoladi.

Mazkur xalqaro kelishuvlarning dastlabki amaliy natijalari ham uzoq kuttirmadi. Memorandum doirasida yurtimizga tashrif buyurgan indoneziyalik vakillar va mehmonlar kafedra jamoasi tomonidan yuqori saviyada kutib olindi.

Kafedra mudiri P. Omanov, Ingliz tili 3-fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X. Shomuxammadov hamda katta o‘qituvchilar F. Mannonova va Z. Ismailova hammuallifligida tashkil etilgan xalqaro “Trip Camp” loyihasi doirasida 20–25-may kunlari mehmonlar uchun mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar uyushtirildi.

Mehmonlar zamonaviy Toshkent, muhtasham Samarqand hamda islom madaniyati durdonasi bo‘lgan qadimiy Buxoro shaharlarining boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va o‘zbek xalqining samimiy mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish hamda qo‘shma xalqaro tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kafedra jamoasini ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va xalqaro maydondagi yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
26-may kuni Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan MDU va BDU qo‘shma ta’lim dasturining 1-bosqich talabalari ishtirokida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid taqdimot namoyish etilib, Vatanga sadoqat, yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyatni his etish hamda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, quyidagi muhim masalalar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi:
ekologiya — ona tabiat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat sifatida,
sog‘lom turmush tarzi — barkamol va kuchli avlod garovi sifatida,
oila — ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va tarbiyaning muhim maskani sifatida.

Suhbat jarayonida talabalar ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦

2025–2026-o‘quv yili yakunlanib, talabalar yozgi ta’tilga yo‘l olmoqda. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashib, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rektor talabalarning yozgi ta’tilni mazmunli va xavfsiz o‘tkazishlari, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari, turli noxush holatlardan ehtiyot bo‘lishlari hamda o‘z manzillariga sog‘-salomat yetib olishlari muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, talabalarga bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, kitob mutolaasi, xorijiy tillarni o‘rganish, sport bilan shug‘ullanish va oilaviy qadriyatlarga e’tibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berildi. Uchrashuv davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Talabalar tomonidan universitet rahbariyatiga yaratilayotgan sharoitlar va doimiy e’tibor uchun minnatdorlik bildirildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarni yanada hushyorlik, mas’uliyat va vatanparvarlik ruhida harakat qilishga undadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👍1
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining qadrli professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talaba-yoshlari hamda keng jamoatchilikni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman!

Mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlarini ulug‘laydigan ushbu qutlug‘ ayyom yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shsin.

Davlatimiz rahbarining Qurbon hayiti munosabati bilan aholini qo‘llab-quvvatlash, mehr-saxovat tadbirlarini kengaytirish borasidagi ezgu tashabbuslari xalqimiz qalbidagi insonparvarlik va muruvvat tuyg‘ularining yorqin ifodasidir. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalar, bemorlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik barchamizni ezgu ishlarga undaydi.


Ilohim, ushbu muborak kunlarda har bir xonadonga fayz-u baraka, mehr-oqibat va quvonch kirib kelsin. Barcha ezgu niyat va duolarimiz ijobat bo‘lsin!

Hurmat bilan,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🎉5🔥4👏1
🟦🟦🟦

26-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Ilhomjon Rojiboyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etilgan “Sharq tillari va madaniyati” III-xalqaro diplomatik anjumanida ishtirok etdi.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu xalqaro anjumanda dunyoning turli mamlakatlari bilan til, madaniyat va diplomatik aloqalarni rivojlantirish, sharq tillarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda madaniyatlararo muloqot masalalari muhokama qilindi.

Ilhomjon Rojiboyev anjuman davomida “Koreys tilida madaniy shok fenomenini kamaytirish yo‘llari” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan qatnashdi. Ma’ruzada koreys tilini o‘rganayotgan talabalar va Koreya jamiyatiga moslashayotgan xorijliklarda uchraydigan madaniy shok holatlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda ushbu muammolarni bartaraf etishning samarali usullari haqida batafsil fikr yuritildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
📚 «THE BEST 2026» MUSOBAQASI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI!

🇺🇿 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti

"Ingliz tilini o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyalari" kafedrasi 3-bosqich talabalari o'rtasida o'tkazilgan «THE BEST 2026» musobaqasining final bosqichi 22-may kuni bo'lib o'tdi. 🎓

Musobaqa kafedra dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Normurotova Valentina Ivanovna rahbarligida va kafedra o'qituvchilari Kurbanova Dilafruz Shuxratovna, Mirzoidova Nigora Avazovna hamkorligida tashkil etildi.

Final bosqichida ishtirokchilar pedagogika fanlari doktori, professor Axmedova Laylo Tolibjanova boshchiligidagi hurmatli hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.

🏆 Musobaqa g'oliblari:

🥇 1-o'rin — "Luminaries" jamoasi (2325-guruh)
🥈 2-o'rin — Abdujalieva Dilfuza (2301-guruh)
🥉3-o'rin — Jolibayeva Shaxzada (2304-guruh)

Barcha g'oliblar sertifikatlar bilan taqdirlandilar!

Bunday musobaqalar xorijiy tillarni o'qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish, talabalar bilimini chuqurlashtirish va ularning amaliy ko'nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kafedra jamoasi barcha g'olib va ishtirokchilarga samimiy tabriklar yo'llaydi va kelajakda yanada katta yutuqlarni tilaydil! 👏
7🔥2