Bugun universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli hamda PQ-2-sonli qarorlari mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berdi. Tadbir davomida ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, oila-turmush munosabatlari doirasidagi muammolarni ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish, ayollar va yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish, noqonuniy holatlar yuzasidan murojaatlarga tezkor munosabat bildirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, oʻquv-seminarda profilaktika inspektorlari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari, tyutorlar, psixologlar hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etib, qarorlarda belgilangan vazifalarni amaliyotga samarali tatbiq etish yuzasidan fikr almashdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2
O‘z ishiga sadoqat bilan yondashadigan insonlar har doim atrofdagilar uchun namuna bo‘ladilar!
🙂 Rus filologiyasi fakultetining «Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash» bo‘limi mutaxassisi Yuldasheva M. R. MDH davlatlari hamkorligida tashkil etilgan ilmiy tanlovda «Faol tadqiqotchi» nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etib, «Scientific Academy» ilmiy-tadqiqot markazining esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini katta faxr bilan ma’lum qilamiz.
Yuldasheva M. R.ni ushbu munosib mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz hamda unga cheksiz g‘ayrat, ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz! 💐👏
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥2🎉1
Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam
Kuni kecha Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi tomonidan yana bir muhim va strategik tashabbus amalga oshirildi. Kafedra Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari — “Universitas Muhammadiyah”, “State Islamic University SMH Banten” hamda “Universitas Medan Area” bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumlarini rasman imzoladi.
Mazkur xalqaro kelishuvlarning dastlabki amaliy natijalari ham uzoq kuttirmadi. Memorandum doirasida yurtimizga tashrif buyurgan indoneziyalik vakillar va mehmonlar kafedra jamoasi tomonidan yuqori saviyada kutib olindi.
Kafedra mudiri P. Omanov, Ingliz tili 3-fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X. Shomuxammadov hamda katta o‘qituvchilar F. Mannonova va Z. Ismailova hammuallifligida tashkil etilgan xalqaro “Trip Camp” loyihasi doirasida 20–25-may kunlari mehmonlar uchun mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar uyushtirildi.
Mehmonlar zamonaviy Toshkent, muhtasham Samarqand hamda islom madaniyati durdonasi bo‘lgan qadimiy Buxoro shaharlarining boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va o‘zbek xalqining samimiy mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish hamda qo‘shma xalqaro tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kafedra jamoasini ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va xalqaro maydondagi yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
26-may kuni Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan MDU va BDU qo‘shma ta’lim dasturining 1-bosqich talabalari ishtirokida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid taqdimot namoyish etilib, Vatanga sadoqat, yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyatni his etish hamda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, quyidagi muhim masalalar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi:
✅ ekologiya — ona tabiat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat sifatida,
✅ sog‘lom turmush tarzi — barkamol va kuchli avlod garovi sifatida,
✅ oila — ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va tarbiyaning muhim maskani sifatida.
Suhbat jarayonida talabalar ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Tadbir davomida o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid taqdimot namoyish etilib, Vatanga sadoqat, yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyatni his etish hamda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, quyidagi muhim masalalar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi:
Suhbat jarayonida talabalar ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2