Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi 5.1-bandida “Maʼrifat darslari” doirasida mutaxassislar ishtirokida “Oʻzbekiston Qahramonlari” mavzusida Ingliz tili 2-fakulteti tyutori S.Muxitdinova tashabbusi bilan suhbat tashkil etildi.
Ushbu tadbirda fakultet dekan Z.Bazarov o’z nutqlari bilan davrani ochib berdi.Mudofaa Vazirligi mutaxassislar va xizmat itlarini tayyorlash markazi boshlig’ining birinchi o’rinbosari R.X.Islandarov tomonidan xizmat itlarining maxsus tayyorgarligi, ularning xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni hamda harbiy xizmatdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, talabalar katta qiziqish bilan kuzatdilar.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
25-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Zaripova Ranoxon Zaripovna ishtirokida “O‘zbekiston Qahramonlari hayoti va faoliyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida yurtimiz ravnaqi, xalq farovonligi hamda mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan O‘zbekiston Qahramonlarining hayoti va faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ularning Vatan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi va ibratli hayot yo‘li yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shuningdek, talabalar tomonidan qahramonlarning jasorati, mehnatsevarligi hamda xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirgan xizmatlari yuzasidan ma’ruzalar qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar yoshlarning tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
“Kelajak kasblari. Mening kasbim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari — pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) I. Moyanov, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent D. Davronova, psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent D. Polvanova, psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi A. Bozorov hamda katta o‘qituvchilar G. Risova, Sh. Mirzaahmedov, J. G‘ulomov va G. Qalandarovalar Uchtepa tumanidagi 107-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida 107-maktab o‘qituvchilari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kelajak kasblari. Mening kasbim” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida kasblar olami, kasb tanlash motivlari hamda kasb tanlash formulasi yuzasidan atroflicha suhbatlar olib borildi. Shuningdek, o‘quvchilarga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash, o‘z qobiliyat va qiziqishlarini to‘g‘ri baholash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning kelajakdagi professional yo‘nalishini to‘g‘ri belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏1
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Jahon adabiyoti kafedrasi tomonidan “Jahon adabiyoti va filologik komparativistika” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur anjumanni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish soʻzi bilan ochib berib, bugungi kunda jahon adabiyoti va qiyosiy filologiya yoʻnalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilmiy tajriba almashinuvining dolzarbligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir davomida Abduraxim Nasirov, Otabek Yusupov, Nazira Salomova, David Damrosch, Irma Ratiani, Kemal Yavuz Ataman, Galin Tixanov hamda Jereon Gerrits tomonidan samimiy tabrik soʻzlari bildirildi hamda xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar taqdim etildi.
Shuningdek, Baktigul Ismailova, Aleks Kormanski, Gulnoz Xalliyeva, Galiba Gadjiyeva, Guseyn Tikayev, Jasur Ziyomixammedov, Uzoq Joʻraqulov, Feruza Sapayeva, Xayrulla Hamidov, Dilshod Nasriddinov, Ulugʻbek Koʻchimov hamda Munira Umarqulova oʻz ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etib, jahon adabiyoti, komparativistika va zamonaviy filologiyaning dolzarb masalalari yuzasidan muhim ilmiy qarashlarni ilgari surdilar.
Anjuman davomida ilmiy muloqot, tajriba almashinuvi hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilm-fan va taʼlim integratsiyasini rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda filologiya sohasidagi xalqaro aloqalarni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1