Forwarded from O’zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI
🌎🎓 Xalqaro qo‘shma malaka oshirish kurslarining Malayziya bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
🇺🇿🇲🇾 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi INTI International University o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro qo‘shma malaka oshirish kurslarining Malayziya tomonida amalga oshirilgan 72 soatlik o‘quv bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
📚 O‘quv jarayonlari davomida tinglovchilar uchun zamonaviy ta’lim metodikalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar, xalqaro ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🤝 Tinglovchilar xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan akademik tajriba almashib, xalqaro ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishish hamda kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🏅 Kurs yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda tinglovchilarga INTI International University tomonidan sertifikatlar topshirildi.
✨ Endilikda xalqaro qo‘shma malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida davom ettiriladi.
🌐 Mazkur xalqaro loyiha pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
📱 Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻
🚀 Telegram
🔵 Facebook
📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍3🔥2🤩1
Barcha yurtdoshlarimizga Arafa muborak bo‘lsin!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🎉3👍2
Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — Amaliy ingliz tili darsi
O‘DJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Zakirova M.D. hamda 2-bosqich magistratura talabasi Nodirova S.T. tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumani 203-umumta’lim maktabida “Til kurslari” fani doirasida “Daily life & Routine” mavzusida qiziqarli va ijodiy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
📌Dars jarayonida o‘quvchilar:
▪️“Daily life & Routines” mavzusiga oid yangi so‘z va iboralarni o‘zlashtirdilar;
▪️ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi;
▪️nutq imtihonlarida uchraydigan qo‘rquvni yengish usullari bilan tanishdilar.
✨Ochiq dars qulay o‘quv muhiti, samarali metodika va o‘quvchilarning faol ishtiroki bilan yuqori saviyada tashkil etildi.

👍7❤1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi 5.1-bandida “Maʼrifat darslari” doirasida mutaxassislar ishtirokida “Oʻzbekiston Qahramonlari” mavzusida Ingliz tili 2-fakulteti tyutori S.Muxitdinova tashabbusi bilan suhbat tashkil etildi.
Ushbu tadbirda fakultet dekan Z.Bazarov o’z nutqlari bilan davrani ochib berdi.Mudofaa Vazirligi mutaxassislar va xizmat itlarini tayyorlash markazi boshlig’ining birinchi o’rinbosari R.X.Islandarov tomonidan xizmat itlarining maxsus tayyorgarligi, ularning xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni hamda harbiy xizmatdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, talabalar katta qiziqish bilan kuzatdilar.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
25-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Zaripova Ranoxon Zaripovna ishtirokida “O‘zbekiston Qahramonlari hayoti va faoliyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida yurtimiz ravnaqi, xalq farovonligi hamda mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan O‘zbekiston Qahramonlarining hayoti va faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ularning Vatan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi va ibratli hayot yo‘li yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shuningdek, talabalar tomonidan qahramonlarning jasorati, mehnatsevarligi hamda xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirgan xizmatlari yuzasidan ma’ruzalar qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar yoshlarning tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
“Kelajak kasblari. Mening kasbim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari — pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) I. Moyanov, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent D. Davronova, psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent D. Polvanova, psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi A. Bozorov hamda katta o‘qituvchilar G. Risova, Sh. Mirzaahmedov, J. G‘ulomov va G. Qalandarovalar Uchtepa tumanidagi 107-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida 107-maktab o‘qituvchilari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kelajak kasblari. Mening kasbim” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida kasblar olami, kasb tanlash motivlari hamda kasb tanlash formulasi yuzasidan atroflicha suhbatlar olib borildi. Shuningdek, o‘quvchilarga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash, o‘z qobiliyat va qiziqishlarini to‘g‘ri baholash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning kelajakdagi professional yo‘nalishini to‘g‘ri belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏1