O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
50.2K photos
3.1K videos
323 files
10K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan 2026-yil 21-may kuni professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminar “From Data to Discourse: Strategic Approaches to Overcoming Writer’s Block in Doctoral Research” mavzusiga bag‘ishlanib, unda doktorlik tadqiqotlari jarayonida uchraydigan yozuvdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishning zamonaviy va strategik yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar davomida filologiya fanlari doktori, professor Surkeyeva Dinara hamda Ismailova Raykan Apjaparovna ma’ruza qilib, ilmiy tadqiqotlarda ma’lumotlarni tahlil qilishdan tortib ilmiy matn yaratishgacha bo‘lgan jarayonlarda samarali usullar, ilmiy yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda “writer’s block” holatini bartaraf etish bo‘yicha o‘z tajriba va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan foydali tavsiyalar oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot xizmati bo‘limi amaliyotchi talabalari tomonidan mustaqillikni tarannum etuvchi milliy kontent mavzusida videorolik tayyorlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
🌍 Xalqaro hamkorlik kengaymoqda!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — M.V. Lomonosov nomidagi Shimoliy Arktika federal universiteti (САФУ) vakillari tashrif buyurishdi.

🤝 Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida:
- bakalavriat va magistratura bosqichlarida
- qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish
- akademik hamkorlikni rivojlantirish

masalalari muhokama qilindi.

📌 Muzokaralar yakunida o‘zaro manfaatli kelishuvga erishildi.
Mazkur hamkorlik talabalarga xalqaro darajada sifatli ta’lim olish va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Website | Telegram | Instagram | Facebook
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yakuniy imtihon jarayonlari davom etmoqda.

🎥 Imtihon jarayonlaridan videolavha tayyorlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

💧 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda “O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati hamkorligi doirasida talabalarning amaliyot jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Amaliyot davomida talabalar suv resurslari, ekologik PR hamda axborot xizmatlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Amaliyot jarayonlari O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi amaliyot rahbari, mustaqil izlanuvchi M. Saburova tomonidan tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🟦🟦🟦

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-yoshlari tomonidan 51-son Manzil koloniyasiga navbatdagi tashrif amalga oshirildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmoni ijrosi doirasida tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida keng tushunchalar berishga qaratildi.

Tashrif davomida talabalarga jinoyatchilikning shaxs, oila va jamiyat hayotiga ta’siri, huquqbuzarliklarning oldini olish choralari hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, giyohvandlik va psixoaktiv moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning og‘ir oqibatlari hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED 1-mintaqaviy hudud 51-sonli manzil koloniyasi tarbiyaviy ishlar bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan Abduraimov Lutfulla Payzullayevich hamda universitet profilaktika inspektori, mayor Nurmuhamedova Madina ishtirok etib, yoshlarga qonunbuzarliklarning salbiy oqibatlari, barvaqt profilaktikaning ahamiyati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berdi.

Yakunida talabalarga tengdoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, qonunbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy ongi va mas’uliyat hissini mustahkamlashga qaratilgan muloqot maydoni bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1🔥1