Toshkent shahar Shayxontohur va Chilonzor tumanlaridagi umumta’lim maktablarida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida bir qator navbatdagi ingliz tili hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Jumladan, Chilonzor tumanidagi 280-sonli umumta’lim maktabida FING 2404 rus guruhi talabalari Abdumannopova Dildora va Abduraxmonova Odina tomonidan navbatdagi dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar darslikdagi yakuniy takrorlash topshiriqlarini bajardilar hamda o‘quv yili davomida o‘rganilgan mavzular turli qiziqarli o‘yinlar orqali mustahkamlandi. Interaktiv va quvnoq tarzda tashkil etilgan ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazishga xizmat qildi.
Shuningdek, Shayxontohur tumani 41-sonli umumta’lim maktabida Ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Farangiz Bozorova va Raxmonqulova Aziza tomonidan olib borildi. “Weekend activities” mavzusiga bag‘ishlangan dars jarayonida o‘quvchilar mavzuga oid yangi lug‘atlarni o‘rgandilar, “warm up” mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar, uy vazifalari tekshirildi hamda mavzuga doir qiziqarli o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamladilar.
Yana bir mashg‘ulot 299-sonli umumta’lim maktabida Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari N. Egamberdiyeva va F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida tashkil etildi. “Active & Passive Voice: Present Simple & Present Continuous Passive Voice” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu darsda 10-sinflardan shakllantirilgan variativ guruh o‘quvchilarining grammatik bilimlari mustahkamlandi. O‘quvchilarga active va passive voice tuzilishi, qo‘llanilishi hamda zamon shakllarida gap tuzish qoidalari batafsil tushuntirildi.
Mazkur mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ingliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning amaliy va kommunikativ kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

❤2
20-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Azzamov Yusufjon Rajabboyevich hamda fakultet jamoasi talabalar turar joyida bo‘ldi.
Uchrashuvdan maqsad talabalarni yakuniy imtihonlar oldidan qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va samimiy suhbat qurishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, darslarga tayyorgarligi hamda imtihon oldi kayfiyati haqida suhbatlashildi.
Shuningdek, gulxan atrofida kuy-qo‘shiqlar yangrab, qiziqarli suhbatlar va musiqiy chiqishlar orqali talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv talabalarda iliq taassurot qoldirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4❤1😢1
21-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ingliz filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” fanidan oʻtkazilayotgan yakuniy nazorat imtihonlari jarayoni bilan tanishdi.
Tashrif davomida imtihonlarning shaffof va adolatli tashkil etilishi, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinishi, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda nazorat jarayonining ochiqligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning tarixiy tafakkurini shakllantirish, milliy qadriyat va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda mazkur fan muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Yakuniy nazorat imtihonlari belgilangan me’yoriy talablar asosida davom etmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
Termiz davlat universitetida “Yosh oilalarda ajrim: sabablar, miflar va real omillar” mavzusida respublika seminar-treningi tashkil etildi.
Unda Oʻzbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchilari, professor-oʻqituvchilar, psixologlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yosh oilalarda uchrayotgan muammolar, ajrimlarga olib keluvchi ijtimoiy-psixologik omillar, oilaviy munosabatlardagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr hamda tajribalar almashildi. Shuningdek, oila mustahkamligini ta’minlash, yoshlarda mas’uliyat hissini shakllantirish hamda sogʻlom oilaviy muhit yaratish borasida muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.
Seminar-trening interaktiv muloqotlar, amaliy mashgʻulotlar va psixologik treninglar asosida tashkil etilib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida bu kabi seminarlar yoshlar orasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish va jamiyatda sogʻlom ma’naviy muhitni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Seminarda Oʻzbekiston tarixi kafedrasi mudiri Nilufar Djurayeva ishtirok etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2