📰 🟦 🟦 🟦 🟦 🟦
“Zamonaviy jurnalistika va sun’iy intellekt: istiqbollar va muammolar” monografiyasi taqdim etildi
Bugun Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi hamkorligida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zamonaviy jurnalistika va sun’iy intellekt: istiqbollar va muammolar” nomli jamoaviy monografiyaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi axborot makonida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni tobora ortib borayotgani, ayniqsa jurnalistika sohasida tezkorlik, tahliliy yondashuv va media mahsulotlar sifatini oshirishdagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
“Ovozi Samarqand” gazetasi kutubxonasi rukni ostida chop etilgan mazkur monografiyada jurnalistlar, tadqiqotchilar va talabalarning sun’iy intellekt mavzusidagi ilmiy-tahliliy hamda ijodiy ishlari jamlangan.
Tadbirda Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Shuhrat Oripov, monografiya mualliflari, ustoz jurnalistlar, olimlar, tadqiqotchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida sun’iy intellektning jurnalistikadagi imkoniyatlari, media etikasi va zamonaviy jurnalistika oldidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, monografiya muallifi tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markaziga o‘z kitoblari taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
📚Yakuniy imtihonlar qizg‘in pallada!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining
Ayni kunlarda fakultet talabalari o‘quv yili davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini yakuniy imtihonlarda namoyon etishmoqda. Imtihon jarayonlari belgilangan tartib asosida, yuqori mas’uliyat va qat’iy intizom bilan tashkil etilmoqda. Auditoriyalarda yaratilgan sharoitlar talabalarning bilimini adolatli baholashga xizmat qilmoqda.
Jarayon davomida Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani ham bevosita ishtirok etib, imtihonlarning shaffof va tartibli o‘tishini nazorat qildilar. Bu esa talabalar uchun yanada mas’uliyat hissini oshirib, ularga motivatsiya bag‘ishlamoqda.
Yakuniy imtihonlar tasdiqlangan jadval asosida davom etadi. Barcha talabalarga sinovlarni muvaffaqiyatli topshirib, o‘z bilimlarini munosib namoyon etishlarida omad tilaymiz!
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda umumta’lim maktablari hamkorligida ingliz, nemis tili va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bir qator o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar va interfaol darslar tashkil etib kelinmoqda
Jumladan, Uchtepa tumanidagi 283-sonli umumta’lim maktabida nemis tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot RGF filologiyasi fakulteti, Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Sh. Jumanazarova rahbarligida, 4-bosqich talabasi M. Xushvaqtova tomonidan olib borildi. “Hilfsverben im Deutschen” mavzusiga bag‘ishlangan darsda o‘quvchilar sein, haben va werden yordamchi fe’llarining qo‘llanilishi hamda grammatik funksiyalari bilan tanishdilar. Interfaol mashqlar va dialoglar orqali mavzu amaliy jihatdan mustahkamlandi.
Shu kuni, shuningdek, 283-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti ham o‘tkazildi. Mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi. “Skills for My Dream Job” mavzusida o‘tkazilgan dars davomida o‘quvchilar orzudagi kasb uchun zarur ko‘nikmalar, shaxsiy maqsadlar hamda qiziqishlar haqida ingliz tilida fikr bildirishni mashq qildilar. Shuningdek, “can / can’t” grammatik mavzusi amaliy misollar orqali mustahkamlandi.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 299-sonli umumta’lim maktabida Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari N. Egamberdiyeva va F. Ashurova hamda XT2-2214 guruh talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti tashkil etildi. “CEFR Reading: Part 1, Part 2 and Part 3” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu darsda 10-sinf variativ guruh o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalari rivojlantirildi hamda CEFR formatidagi reading topshiriqlarini bajarish strategiyalari tushuntirildi.
Yana bir tadbir 280-sonli umumta’lim maktabida “Speaking Club: Healthy lifestyle” mavzusida o‘tkazildi. Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchi-stajyorlari M. O‘roqova, L. Allanova, O. Sultanbayeva va G. Jurayeva tomonidan tashkil etilgan ushbu interfaol darsda 9-“G” sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Dars davomida sog‘lom turmush tarzi, foydali odatlar va kundalik faoliyat haqida ingliz tilida fikr bildirish ko‘nikmalari rivojlantirildi, shuningdek, “healthy food”, “exercise”, “drink water”, “daily routine” kabi so‘z va iboralar amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi.
Mazkur mashg‘ulotlar o‘quvchilarning til kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning kommunikativ faolligini oshirish hamda zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga tatbiq etishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i rahbarligida 2026-yil 17-aprel kuni o‘tkazilgan majlisning 66-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo‘ylab «Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi» o‘tkazilmoqda.
Mazkur haftalik doirasida 2026-yil 20-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-sonli o‘quv binosida «Zilzila oqibatlarini kamaytirish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalari» mavzusida amaliy-nazariy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimlari, universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi, Xo‘jalik bo‘limi, Elektr ta’minoti hamda Santexnika bo‘limi boshliqlari, o‘quv binolari komendantlari, Talabalar turar joyi mudirlari va universitet ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida zilzilaga qadar, zilzila paytida va undan keyin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar, xavfsiz hududlarni tanlash, evakuatsiya qoidalari hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda elektr, gaz va suv tarmoqlarini tezkor o‘chirish hamda texnik xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3