O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
50.1K photos
3.09K videos
323 files
9.99K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov tomonidan Ingliz tili 1-fakulteti hamda Ingliz tili 2-fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan ta’lim jarayoni, o‘quv-uslubiy ishlar va turli dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi.

Sayyor qabul ochiq muloqot va samimiy muhokama ruhida o‘tdi. Bildirilgan taklif va masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar universitetda ta’lim sifatini oshirish, talaba-yoshlar muammolarini o‘rganish hamda ularni samarali hal etishga yo‘naltirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4👏1
📚 “Bir kitob – ming do’st”: Qoraqalpog‘istonlik tengdoshlarimizga quvonch ulashamiz!

🇺🇿 O‘zDJTUning aziz va mehribon talabalari!

Sizning javoningizda turgan birgina kitob chekka qishloqdagi bir bolajonning dunyoqarashini o‘zgartirishi, uning kelajakdagi orzulariga qanot bag‘ishlashi mumkinligini bilasizmi?

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti barchangizni ko‘ngilli va xayrli 📚 “Bir kitob – ming do’st” chellenjda ishtirok etishga chorlaydi!

Universitetimiz delegatsiyasi yaqin kunlarda 🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng chekka qishloqlariga tashrif buyurib, u yerdagi maktab o‘quvchilari va bolajonlarga siz yig‘ib bergan kitoblarni o‘z qo‘llari bilan topshiradi.

✉️ Loyihaning eng maxsus qismi: Kitob ichidagi maktub!
Siz shunchaki kitob sovg‘a qilmaysiz, siz o‘z dilingizdagilarni ulashasiz. Sovg‘a qilayotgan kitobingizning birinchi sahifasiga:
🔴 O‘z tilaklaringiz va maslahatlaringizni,
🔴 Sizni qalban ruhlantirgan chiroyli gaplarni,
🔴 "Seni kelajakda bizning universitetimiz — O‘zDJTUda kutib qolaman!" kabi motivatsiya beruvchi dil izhorlaringizni yozib qoldiring!

🔺Sizning yozgan har bir so‘zingiz u yerdagi uka-singillarimiz uchun eng qimmatli maslahat va yorqin kelajak sari yo‘llanma bo‘lishi shubhasiz.

🚨Kitob olib kelish va loyihada qatnashish bo‘yicha barcha savollaringizga javob olish hamda murojaat qilish uchun:
@matlabxonovaa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul jarayonlaridan videorolik tayyorlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
TAʼZIYA

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati va jamoasi Ingliz filologiyasi fakultetida 2021-yildan buyon tyutor sifatida faoliyat yuritib kelgan Hamdamova Shaxlo Davronovnaning vafoti munosabati bilan marhumaning oila a’zolari, yaqinlari va barcha yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.

Hamdamova Shaxlo Davronovna universitetdagi faoliyati davomida o‘zining mas’uliyati, samimiyligi hamda talabalarga bo‘lgan e’tibori bilan jamoa hurmatini qozongan.

Marhumaning yorqin xotirasi uni taniganlar qalbida saqlanib qoladi.

Ushbu og‘ir judolik munosabati bilan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tilaymiz.

Universitet jamoasi hamda Ilxomjon Tuxtasinov
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢42936
🟦🟦🟦

Li Hui Ting — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasida faoliyat yuritayotgan yosh va istiqbolli xitoy tili o‘qituvchilaridan biridir.

U 1997-yilda Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan bo‘lib, bugungi kunda talabalarga xitoy tili, grammatika hamda xitoy madaniyati fanlaridan dars berib kelmoqda. Li Hui Ting zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida talabalarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Shuningdek, u “Xitoy tili ko‘prigi” (“Chinese Bridge”) xalqaro tanlovida qatnashayotgan talabalarni tayyorlashda ham faol ishtirok etmoqda. Ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullanib, xitoy tilshunosligi va xitoy tilini o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

E’tiborlisi, Li Hui Ting o‘zbek tilini ham muvaffaqiyatli o‘rganib, B1 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu esa uning nafaqat professional faoliyatda, balki o‘zbek tili va madaniyatiga bo‘lgan hurmati hamda qiziqishini yaqqol namoyon etadi.

Bugungi kunda Li Hui Ting O‘zDJTUda xitoyshunoslik yo‘nalishining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi ustozlardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥106
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
Yakuniy imtihonlar qizg'in pallada!

Universitetimizda joriy o‘quv yilining eng mas’uliyatli davri — yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi.


Auditoriyalarda imttihonlar yuqori qat'iy tartib-intizom ostida bo‘lib o‘tmoqda. Talabalar o‘quv yili davomida egallagan bilimlarni amalda namoyon etishmoqda. Imtihon jarayonida fakultet dekanimizning o'zlari nazoratchi bo'ldilar.

📌 Eslatib o‘tamiz, yakuniy imtihonlar tasdiqlangan grafik asosida davom etadi. Barcha talabalarga o‘z bilimlarini munosib himoya qilishlarida omad tilaymiz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
13
📰 🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning maqolasi “Intellektual salohiyat va birdamlik — turkiy dunyoning yangi davrdagi bosh formulasi” nomi ostida Xalq so‘zi gazetasining 2026-yil 20-maydagi 101(9272)-sonida e’lon qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🎉3👏2
2026-yil 15–19-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish va amaliy kommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan bir qator dars va tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, 2026-yil 15-may kuni Chilonzor tumani 164-sonli umumta’lim maktabida Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari Sultonova Nigora va Samanova Shahlo tomonidan bitiruvchi talabalar ishtirokida “Uplifting Confidence through English Communication” nomli ingliz tili festivali o‘tkazildi. Musobaqa va interaktiv topshiriqlar asosida tashkil etilgan festivalda sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar va jamoaviy faoliyatlar namoyish etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar hay’at tomonidan adolatli baholanib, munosib taqdirlandilar.

2026-yil 18-may kuni esa 283-sonli umumta’lim maktabida Ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi. “Dream Job” mavzusiga bag‘ishlangan dars davomida o‘quvchilar orzudagi kasblar haqida yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar, kelajak rejalari haqida ingliz tilida fikr bildirishni mashq qildilar hamda o‘qish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Shuningdek, Personal Pronouns grammatik mavzusi amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi.

2026-yil 19-may kuni Shayxontohur tumani 41-sonli umumta’lim maktabida Ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Tojiboyeva Hurmatoy, Raxmonqulova Aziza va Olimova Jasmina tomonidan olib borildi. “One last lesson, one last fun” mavzusiga bag‘ishlangan darsda o‘quvchilar yil davomida o‘tilgan mavzularni takrorladilar, ingliz tiliga oid o‘yinlarda ishtirok etdilar hamda uy vazifalari tahlil qilindi. Mashg‘ulot yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur tadbirlar o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish hamda amaliy til ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4