O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
50.1K photos
3.09K videos
323 files
9.99K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

19-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mutaxassislik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

Unda 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” hamda 13.00.02 – “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklari bo‘yicha tadqiqotchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Malakaviy imtihonlar jarayonida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Rektor tadqiqotchilar bilan suhbatlashib, ularga kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.

Imtihonlar belgilangan tartib va nizomlar asosida tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4😢1
🔻🔻🔻🔻🔻

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

19-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi tashabbusi hamda Indoneziyaning nufuzli Muhammadiyah Malang universiteti hamkorligida “Ta’lim, innovatsiya va siyosiy islohotlar orqali hamjamiyatlarni kuchaytirish: yanada adolatli va barqaror kelajak sari yo‘llar” mavzusida hamjamiyatni rivojlantirish bo‘yicha 12-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Mazkur xalqaro anjuman ta’lim, innovatsiya va siyosiy islohotlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Anjumanni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ochib berdi. U o‘z nutqida zamonaviy ta’lim tizimini takomillashtirish, xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Konferensiyada dunyoning turli davlatlaridan taniqli olimlar, ekspertlar va mutaxassislar ishtirok etdi. Jumladan, Muhammadiyah Malang universiteti vitse-rektori Akhsanul In’am, O‘zDJTU professori Rahimov Ganisher Xudoyqulovich, AQSH Davlat departamenti vakili va English Language Fellow dasturi eksperti Guiseppe Chiaramonte, Indoneziya universiteti dotsenti Yasmine Nasution, Rossiyaning Uzoq Sharq federal universiteti dotsenti Aristova Irina Leonidovna hamda Vengriyaning Debretsen universiteti professori Judit Kovács Molnárné o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Anjuman doirasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida memorandumlar imzolandi. Xususan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Indoneziyaning Muhammadiyah Malang universiteti va Universitas Islam 45 Bekasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi tomonlar o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi ta’kidlandi.

Shuningdek, konferensiya davomida ta’lim, tilshunoslik, metodika, sun’iy intellekt, ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot, ekologiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida sho‘ba yig‘ilishlari ham tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda talabalar o‘z ilmiy ishlari va innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdilar.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tajriba almashish, ilg‘or ilmiy g‘oyalarni muhokama qilish hamda istiqboldagi samarali xalqaro hamkorlik uchun muhim akademik platforma sifatida e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
🟦🟦🟦

Xalqaro konferensiya sho‘ba yig‘ilishlari davom etdi

19-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ta’lim, innovatsiyalar va siyosiy islohotlar orqali jamiyatlarni mustahkamlash: yanada adolatli va barqaror kelajak sari yo‘llar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida bir nechta sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etildi.

🔹 1-sho‘ba yig‘ilishi “Ta’lim” hamda “Til o‘qitish metodologiyasi va tilshunoslik” yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. Mazkur sho‘baga Mannonova Feruzabonu moderatorlik qildi. Unda zamonaviy ta’lim metodlari, xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion yondashuvlari, media lingvistika hamda amaliy tilshunoslik masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

🔹 2-sho‘ba yig‘ilishi “Ijtimoiy hayot, madaniyat va iqtisodiyot” hamda “Huquq, ijtimoiy fanlar va gumanitar yo‘nalishlar” mavzulariga bag‘ishlandi. Ushbu sho‘baga Qodiriy Mahzuna moderatorlik qildi. Yig‘ilish davomida jamiyat va iqtisodiyot rivoji, madaniy integratsiya, huquq hamda ijtimoiy fanlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

🔹 3-sho‘ba yig‘ilishi “Amaliy tilshunoslik va til siyosatini amalga oshirish”, shuningdek, “Fan va texnologiyalar” hamda “Falsafa” yo‘nalishlarini qamrab oldi. Mazkur sho‘baga Karimov Ulug‘bek moderatorlik qildi. Unda til siyosatini amalga oshirish mexanizmlari, zamonaviy texnologiyalarning ta’limdagi o‘rni hamda falsafiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiyada mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar faol ishtirok etib, o‘z ilmiy ishlari va takliflari bilan qatnashdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida mini futbol va voleybol bo‘yicha tashkil etilgan “Rektor kubogi” musobaqalarining guruh bosqichlari yakunlandi.

Musobaqalar davomida jamoalar yuqori sport mahorati, jamoaviy birdamlik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatlarini namoyon etdi. Qizg‘in hamda murosasiz uchrashuvlar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Endilikda musobaqaning keyingi bosqichlarida bahslar yanada keskin va murosasiz ruhda davom etishi kutilmoqda.

Barcha jamoalarga keyingi bosqichlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3