O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.9K photos
3.08K videos
323 files
9.96K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun seminar tashkil etildi.

Seminar universitet Kengashining 2026-yil 30-apreldagi 8–9-son yig‘ilishi ijrosini ta’minlash, nufuzli xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, iqtiboslik darajasini oshirish hamda xorijiy ilmiy bazalardan foydalanish tartiblari bo‘yicha tadqiqotchilarni xabardor qilish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar davomida ustoz Boqiyeva Gulandom Hisamovna tomonidan “Filologiya masalalari” jurnali faoliyati, mahalliy ilmiy jurnallarda maqola tayyorlash talablari hamda “Scopus”, “Science Direct”, “Web of Science” kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda maqola chop etish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ilmiy etika, maqola yozish madaniyati va tadqiqot natijalarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishning muhim jihatlari yuzasidan tavsiyalar bildirildi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1😢1🤩1
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

🌎 Xalqaro qo‘shma malaka oshirish kurslari davom etmoqda

🇺🇿🇲🇾 O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamdа Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi INTI International University o‘rtasidagi xalqaro qo‘shma malaka oshirish kurslari yuqori saviyada davom etmoqda. Tinglovchilar uchun zamonaviy ta’lim metodikalari, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda xalqaro tajribaga asoslangan maxsus modullar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

📚 Mashg‘ulotlar davomida professor-o‘qituvchilar xorijiy mutaxassislar bilan akademik tajriba almashib, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, talabaga yo‘naltirilgan ta’lim hamda xalqaro ta’lim standartlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

🤝 Shu bilan birga, dastur doirasida tinglovchilar uchun turli madaniy tadbirlar, universitetlararo uchrashuvlar hamda Malayziyaning tarixiy va zamonaviy maskanlariga tashriflar ham tashkil etilmoqda. Mazkur madaniy va ma’rifiy tadbirlar ishtirokchilarning xalqaro madaniy muhit bilan yaqindan tanishishlari, xorijiy tajribani bevosita kuzatishlari hamda mamlakatning ta’lim va madaniy hayoti haqida kengroq tasavvur hosil qilishlariga xizmat qilmoqda.

💻 18-iyun kuni O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi rahbariyati hamda Malayziyada malaka oshirayotgan tinglovchilar o‘rtasida onlayn muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida tinglovchilarning o‘quv jarayonlari, yashash sharoitlari, xalqaro kurslar doirasidagi ishtiroki hamda dastur yuzasidan fikr va takliflari muhokama qilindi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2😢1🎉1
🟦🟦🟦

19-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mutaxassislik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

Unda 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” hamda 13.00.02 – “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklari bo‘yicha tadqiqotchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Malakaviy imtihonlar jarayonida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Rektor tadqiqotchilar bilan suhbatlashib, ularga kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.

Imtihonlar belgilangan tartib va nizomlar asosida tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4😢1