O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.9K photos
3.08K videos
323 files
9.95K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda Indoneziya va Malayziya universitetlari bilan xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi

18-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Indoneziyaning Tarakanita universiteti hamda Malayziyaning SEGi universiteti bilan onlayn memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tarakanita universiteti rektori Dr. Antonius Singgih Setiawan, Hamkorlik, jamoatchilik bilan aloqalar va marketing bo‘limi direktori Dr. Paula Tjatoerwidya Anggarina, SEGi universiteti Vice-Chancellor’i Dr. Mariani Binti Md Nor, Vice-Chancellor o‘rinbosari Dr. Srikumar Chakravarthi hamda xalqaro hamkorlik va kommunikatsiya yo‘nalishidagi mutaxassislar ishtirok etdi.

O‘zDJTU tomonidan universitet rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda moderator sifatida 3-ingliz tili fakulteti vakili P. Omonov qatnashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar sohasida tajriba almashish, akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va kommunikatsiya yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.

Mazkur memorandum O‘zDJTUning xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
Forwarded from Dilshod Turgunov
🔰 Kvartira Ijarasi | Maklersiz

👩‍🎓 Qizlarga ijara yotoqxona – hamma sharoiti bor!

💥 Qulay joy, arzon narx, tinch va toza muhit – aynan siz izlayotgan manzil!

📍 Manzil: Chilonzor, 10-mavze
🏢 Mo‘ljal: Jahon tillari universiteti ro‘parasi
🚇 Metro: Chilonzor bekatidan 10 daqiqa yurilsa bas
🛍 Yaqinida: bozor, supermarket, sport zali, IT va til kurslari – hammasi qo‘shni!

🛏 Nimalar bor?
Wi-Fi – tez va barqaror
Issiq-sovuq suv 24/7
Kir mashina – navbat kutish yo‘q
Gaz plita, muzlatgich – ovqat qilamiz, saqlaymiz
Isitiladigan pol – qishda oyoq muzlamaydi
Alohida sanuzel (2+2 ta) – navbatda turmaysiz
Yotoq jihozlari tayyor – ko‘chib kelsangiz bo‘ldi
Har bir qiz uchun tinch, xavfsiz joy
Ijara shartnoma asosida, kommunal narxga kiritilgan

💸 Narxi: Oyiga atigi 1 200 000 so‘m – boshqa yashash joylariga qaraganda ancha arzon va qulay!

📞 Bog‘lanish uchun:
📲 Telegram: @dilshod4041

📞 Tel: +998 90 024 42 44

🚫 Maklerlar bezovta qilmasin, faqat qizlar uchun!


👉 @Maklersiztopbot - uyingizni maklersiz bering va oling!
3
🟦🟦🟦🟦🟦

Xalqaro ilmiy hamkorlik sari muhim qadam!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Universitas Pendidikan Indonesia (UPI) universiteti tomonidan ICOLLITE 2026 – The International Conference on Language, Literature, Culture, and Education xalqaro konferensiyasi tashkil etilmoqda.

Mazkur xalqaro konferensiya tilshunoslik, adabiyot, madaniyat va ta’lim yo‘nalishlaridagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni birlashtiruvchi yirik akademik platforma hisoblanadi. Konferensiya doirasida dunyoning turli davlatlaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchilar o‘z ilmiy tajribasi, innovatsion yondashuvlari hamda dolzarb tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashadilar. Tanlab olingan maqolalar Scopus bazasida indekslanadigan Conference Proceedings to‘plamida nashr etiladi.

ICOLLITE 2026 konferensiyasining mavzusi:
“Critical Literacies, Discourse, and Meaning-Making in a Post-Digital World: Repositioning Language, Literature, Culture, and Education”

Mazkur xalqaro ilmiy hamkorlik O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlar, xalqaro nashrlar va ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Barcha tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va yosh olimlarni ICOLLITE 2026 xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🔗 Batafsil ma’lumot:
https://icollite.upi.edu/2026/

Qo’shimcha ma’lumot uchun fakultet Scopus ishchi guruhiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦🟦🟦

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun ixtisosliklar bo‘yicha suhbatlar jadvali tasdiqlandi.

Suhbatlar 2026-yil 21–22-may kunlari belgilangan vaqtlarda o‘tkaziladi. Talabgorlar o‘z ixtisosligi bo‘yicha suhbat vaqti bilan oldindan tanishib chiqishlari so‘raladi.

Batafsil jadval bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩2
🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi professor-o'qituvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun 2026-yil 20-may kuni bo’lib o’tadigan taqdimotga taklif etadi!

📝 "Zamonaviy jurnalistika va sun'iy intellekt: istiqbollar va muammolar" nomli monografiya taqdimoti

Vaqti:
🗓️ 20.05.2026
11:00da

📍Manzil: O'zDJTU, Asosiy
kutubxona majlislar zalida

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun seminar tashkil etildi.

Seminar universitet Kengashining 2026-yil 30-apreldagi 8–9-son yig‘ilishi ijrosini ta’minlash, nufuzli xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, iqtiboslik darajasini oshirish hamda xorijiy ilmiy bazalardan foydalanish tartiblari bo‘yicha tadqiqotchilarni xabardor qilish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar davomida ustoz Boqiyeva Gulandom Hisamovna tomonidan “Filologiya masalalari” jurnali faoliyati, mahalliy ilmiy jurnallarda maqola tayyorlash talablari hamda “Scopus”, “Science Direct”, “Web of Science” kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda maqola chop etish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ilmiy etika, maqola yozish madaniyati va tadqiqot natijalarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishning muhim jihatlari yuzasidan tavsiyalar bildirildi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1😢1🤩1
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

🌎 Xalqaro qo‘shma malaka oshirish kurslari davom etmoqda

🇺🇿🇲🇾 O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamdа Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi INTI International University o‘rtasidagi xalqaro qo‘shma malaka oshirish kurslari yuqori saviyada davom etmoqda. Tinglovchilar uchun zamonaviy ta’lim metodikalari, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda xalqaro tajribaga asoslangan maxsus modullar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

📚 Mashg‘ulotlar davomida professor-o‘qituvchilar xorijiy mutaxassislar bilan akademik tajriba almashib, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, talabaga yo‘naltirilgan ta’lim hamda xalqaro ta’lim standartlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

🤝 Shu bilan birga, dastur doirasida tinglovchilar uchun turli madaniy tadbirlar, universitetlararo uchrashuvlar hamda Malayziyaning tarixiy va zamonaviy maskanlariga tashriflar ham tashkil etilmoqda. Mazkur madaniy va ma’rifiy tadbirlar ishtirokchilarning xalqaro madaniy muhit bilan yaqindan tanishishlari, xorijiy tajribani bevosita kuzatishlari hamda mamlakatning ta’lim va madaniy hayoti haqida kengroq tasavvur hosil qilishlariga xizmat qilmoqda.

💻 18-iyun kuni O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi rahbariyati hamda Malayziyada malaka oshirayotgan tinglovchilar o‘rtasida onlayn muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida tinglovchilarning o‘quv jarayonlari, yashash sharoitlari, xalqaro kurslar doirasidagi ishtiroki hamda dastur yuzasidan fikr va takliflari muhokama qilindi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2😢1🎉1