Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti 2-bosqich talabalari uchun yakuniy imtihonlarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va qoidalar asosida tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishdi.
Imtihonlar davomida fakultet dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich hamda dekan o‘rinbosarlari auditoriyalarga tashrif buyurib, jarayonning shaffof va adolatli o‘tishini nazorat qildilar. Ular talabalar bilan samimiy suhbatlashib, yakuniy sinovlarda muvaffaqiyat qozonishlari uchun ezgu tilaklarini bildirdilar.
Mazkur tashrif talabalarning kayfiyatini ko‘tarish, ularni ruhlantirish hamda imtihon jarayoniga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Fakultet rahbariyati tomonidan yaratilgan qulay sharoitlar talabalar uchun yakuniy imtihonlarni xotirjam va ishonch bilan topshirishlariga yordam bermoqda.
Barcha 2-bosqich talabalariga yakuniy imtihonlarda omad, yuksak natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
Janubiy Koreyaning Sunchon Milliy Universitetiga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan professor o‘qituvchilar uchun maxsus malaka oshirish dasturi tashkil etilmoqda.
• Ingliz tili ta’limi (darslar ingliz tilida bo’ladi)
• Xalqaro koreys tili ta’limi (darslar koreys tilida bo’ladi)
📝 Dastur davomida:
• Zamonaviy o‘qitish metodikalari bo‘yicha mashg‘ulotlar
• Koreya ta’lim tizimi bilan tanishuv
• Koreys madaniyati va tarixiy joylariga sayohatlar
• Universitet kampusi bilan tanishuv
• Madaniy almashinuv dasturlari tashkil etiladi
.
💰 Ishtirok narxi:
1050$ AQSH dollari
(Ushbu to‘lov ichiga yashash, transfer, ovqatlanish va dars xarajatlari kiradi. Aviachiptalar va viza xarajatlari ishtirokchi hisobidan.(aviachipta narxi tahminan 550$, viza harajati 100$))
• F.I.Sh.
• Pasport raqami
• Jinsi
• Tug‘ilgan sana
• Telefon raqami
• Mutaxassisligi
• Tanlangan yo‘nalish
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥2
Forwarded from O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“#Bir_kitob_ming_dost” chellenjiga start berildi!
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Bir kitob — ming do‘st” chellenji yo‘lga qo‘yildi.
📖 Ushbu chellenj doirasida talabalar o‘zlari sevib mutolaa qilgan kitoblarining ilk sahifasiga samimiy tilaklari, motivatsion so‘zlari va ezgu niyatlarini yozib, ularni qishloq hududlaridagi tengdoshlari hamda abituriyent yoshlarga hadiya qilishmoqda. Mazkur kitoblar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga motivatsiya berish va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida yetkaziladi.
🌎 Ushbu ezgu tashabbusga ilk qadamni 🇺🇿 O‘zDJTU
🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultet kengashi boshlab berdi. Talabalar tomonidan tayyorlangan kitoblar kelajakda talaba bo‘lishni orzu qilayotgan yoshlar qo‘liga yetib borib, ularning katta maqsadlari sari ilhom manbai bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
💫 Bir kitob — nafaqat bilim, balki motivatsiya, ishonch va katta orzularga ochilgan eshikdir. Keling, birgalikda yoshlar qalbiga ilm va umid ulashaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👏1
O‘zDJTUda Indoneziya va Malayziya universitetlari bilan xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi
18-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Indoneziyaning Tarakanita universiteti hamda Malayziyaning SEGi universiteti bilan onlayn memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tarakanita universiteti rektori Dr. Antonius Singgih Setiawan, Hamkorlik, jamoatchilik bilan aloqalar va marketing bo‘limi direktori Dr. Paula Tjatoerwidya Anggarina, SEGi universiteti Vice-Chancellor’i Dr. Mariani Binti Md Nor, Vice-Chancellor o‘rinbosari Dr. Srikumar Chakravarthi hamda xalqaro hamkorlik va kommunikatsiya yo‘nalishidagi mutaxassislar ishtirok etdi.
O‘zDJTU tomonidan universitet rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda moderator sifatida 3-ingliz tili fakulteti vakili P. Omonov qatnashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar sohasida tajriba almashish, akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va kommunikatsiya yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.
Mazkur memorandum O‘zDJTUning xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3
Forwarded from Dilshod Turgunov
🔰 Kvartira Ijarasi | Maklersiz ✅
👩🎓 Qizlarga ijara yotoqxona – hamma sharoiti bor!
💥 Qulay joy, arzon narx, tinch va toza muhit – aynan siz izlayotgan manzil!
📍 Manzil: Chilonzor, 10-mavze
🏢 Mo‘ljal: Jahon tillari universiteti ro‘parasi
🚇 Metro: Chilonzor bekatidan 10 daqiqa yurilsa bas
🛍 Yaqinida: bozor, supermarket, sport zali, IT va til kurslari – hammasi qo‘shni!
🛏 Nimalar bor?
✅ Wi-Fi – tez va barqaror
✅ Issiq-sovuq suv 24/7
✅ Kir mashina – navbat kutish yo‘q
✅ Gaz plita, muzlatgich – ovqat qilamiz, saqlaymiz
✅ Isitiladigan pol – qishda oyoq muzlamaydi
✅ Alohida sanuzel (2+2 ta) – navbatda turmaysiz
✅ Yotoq jihozlari tayyor – ko‘chib kelsangiz bo‘ldi
✅ Har bir qiz uchun tinch, xavfsiz joy
✅ Ijara shartnoma asosida, kommunal narxga kiritilgan
💸 Narxi: Oyiga atigi 1 200 000 so‘m – boshqa yashash joylariga qaraganda ancha arzon va qulay!
📞 Bog‘lanish uchun:
📲 Telegram: @dilshod4041
📞 Tel: +998 90 024 42 44
🚫 Maklerlar bezovta qilmasin, faqat qizlar uchun!
👉 @Maklersiztopbot - uyingizni maklersiz bering va oling!
👩🎓 Qizlarga ijara yotoqxona – hamma sharoiti bor!
💥 Qulay joy, arzon narx, tinch va toza muhit – aynan siz izlayotgan manzil!
📍 Manzil: Chilonzor, 10-mavze
🏢 Mo‘ljal: Jahon tillari universiteti ro‘parasi
🚇 Metro: Chilonzor bekatidan 10 daqiqa yurilsa bas
🛍 Yaqinida: bozor, supermarket, sport zali, IT va til kurslari – hammasi qo‘shni!
🛏 Nimalar bor?
✅ Wi-Fi – tez va barqaror
✅ Issiq-sovuq suv 24/7
✅ Kir mashina – navbat kutish yo‘q
✅ Gaz plita, muzlatgich – ovqat qilamiz, saqlaymiz
✅ Isitiladigan pol – qishda oyoq muzlamaydi
✅ Alohida sanuzel (2+2 ta) – navbatda turmaysiz
✅ Yotoq jihozlari tayyor – ko‘chib kelsangiz bo‘ldi
✅ Har bir qiz uchun tinch, xavfsiz joy
✅ Ijara shartnoma asosida, kommunal narxga kiritilgan
💸 Narxi: Oyiga atigi 1 200 000 so‘m – boshqa yashash joylariga qaraganda ancha arzon va qulay!
📞 Bog‘lanish uchun:
📲 Telegram: @dilshod4041
📞 Tel: +998 90 024 42 44
🚫 Maklerlar bezovta qilmasin, faqat qizlar uchun!
👉 @Maklersiztopbot - uyingizni maklersiz bering va oling!
❤3
Xalqaro ilmiy hamkorlik sari muhim qadam!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Universitas Pendidikan Indonesia (UPI) universiteti tomonidan ICOLLITE 2026 – The International Conference on Language, Literature, Culture, and Education xalqaro konferensiyasi tashkil etilmoqda.
Mazkur xalqaro konferensiya tilshunoslik, adabiyot, madaniyat va ta’lim yo‘nalishlaridagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni birlashtiruvchi yirik akademik platforma hisoblanadi. Konferensiya doirasida dunyoning turli davlatlaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchilar o‘z ilmiy tajribasi, innovatsion yondashuvlari hamda dolzarb tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashadilar. Tanlab olingan maqolalar Scopus bazasida indekslanadigan Conference Proceedings to‘plamida nashr etiladi.
ICOLLITE 2026 konferensiyasining mavzusi:
“Critical Literacies, Discourse, and Meaning-Making in a Post-Digital World: Repositioning Language, Literature, Culture, and Education”
Mazkur xalqaro ilmiy hamkorlik O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlar, xalqaro nashrlar va ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Barcha tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va yosh olimlarni ICOLLITE 2026 xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🔗 Batafsil ma’lumot:
https://icollite.upi.edu/2026/
Qo’shimcha ma’lumot uchun fakultet Scopus ishchi guruhiga murojaat qilishingizni so’raymiz.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1