O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida talabalar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinining "Sessiyalar oldi" mavzusiga oid bosqichi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirni fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulugʻbek Nazarov tomonidan kirish so‘zi bilan ochib berilib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Intellektual o‘yin davomida talabalar mantiqiy fikrlash qobiliyati, tezkor qaror qabul qilish mahorati hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Qiziqarli va o‘ylantiruvchi savollar ishtirokchilar o‘rtasida haqiqiy raqobat muhitini yuzaga keltirib, tadbirning yanada zavqli va mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Tadbir davomida talabalar nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, balki o‘zaro hamjihatlik, jamoaviy birdamlik va erkin fikr almashish muhitida faol ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egalladi:
Shu kabi intellektual tadbirlar talabalarning bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
Koreya madaniyat markaziga tashrif
🇺🇿 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi I. Saidov tomonidan FKOR-2417-guruh talabalari ishtirokida Toshkentdagi Koreya ta’lim markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalarga "Koreyada ta'limni qo'llab-quvvatlash markazi" xodimlari tomonidan Koreya Respublikasida ta’lim olish imkoniyatlari, universitetlarga kirish tartiblari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Koreyada o‘qish jarayonlari, grant dasturlari, til talablari va hujjat topshirish bosqichlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Markaz mutaxassislari tomonidan Koreya ta’lim markazida tashkil etilgan koreys tili kurslari, o‘quv dasturlari va tayyorlov jarayonlari haqida ham ma’lumot berildi. Talabalar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.
Shuningdek, Koreya universitetlariga hujjat topshirish tartibi, kerakli hujjatlar ro‘yxati, TOPIK imtihoni hamda qabul jarayonlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Uchrashuv davomida talabalarni xalqaro ta’lim muhitiga faol jalb etish va ularning xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashrif talabalarning Koreyada ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni xalqaro akademik muhit bilan yaqindan tanishtirish hamda kelgusida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻

❤7🔥2
Janubiy Koreyaning Sunchon Milliy Universitetiga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan professor o‘qituvchilar uchun maxsus malaka oshirish dasturi tashkil etilmoqda.
• Ingliz tili ta’limi (darslar ingliz tilida bo’ladi)
• Xalqaro koreys tili ta’limi (darslar koreys tilida bo’ladi)
📝 Dastur davomida:
• Zamonaviy o‘qitish metodikalari bo‘yicha mashg‘ulotlar
• Koreya ta’lim tizimi bilan tanishuv
• Koreys madaniyati va tarixiy joylariga sayohatlar
• Universitet kampusi bilan tanishuv
• Madaniy almashinuv dasturlari tashkil etiladi
.
💰 Ishtirok narxi:
1050$ AQSH dollari
(Ushbu to‘lov ichiga yashash, transfer, ovqatlanish va dars xarajatlari kiradi. Aviachiptalar va viza xarajatlari ishtirokchi hisobidan.(aviachipta narxi tahminan 550$, viza harajati 100$))
• F.I.Sh.
• Pasport raqami
• Jinsi
• Tug‘ilgan sana
• Telefon raqami
• Mutaxassisligi
• Tanlangan yo‘nalish
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2
“Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovining saralash, final bosqichlari hamda taqdirlash marosimidan tayyorlangan videorolik orqali O‘zDJTU talabalari erishgan yuksak natijalar, hayajonli jarayonlar va unutilmas lahzalar bilan tanishing.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👏4👍1
Forwarded from O'zDJTU QTD| UzSWLU DDP| УзГУМЯ СОП
🚀 KUTILGAN YANGILIK!
🎓 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim dasturlarining rasmiy sayti ishga tushdi!
🌐 Endi siz barcha kerakli ma’lumotlarni bir joyda, tez va qulay topishingiz mumkin:
👉 Rasmiy saytga kirish
✨ Sayt orqali siz:
🔹 Xalqaro qo‘shma dasturlar haqida to‘liq ma’lumot
🔹 Hamkor xorijiy universitetlar bilan tanishish
🔹 Qabul jarayonlari va talablar
🔹 Eng so‘nggi yangilik va e’lonlar
📌 Zamonaviy ta’lim – global imkoniyatlar sari birinchi qadam!
🎯 Agar siz xalqaro darajadagi ta’lim olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu platforma aynan siz uchun!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Website | Telegram | Instagram | Facebook

❤3
11–16-may kunlari O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari (O‘zNNT) milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Assotsiatsiya xodimlari hamda unga a’zo NNT vakillari uchun “Grant writing” mavzusida intensiv o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda Ingliz tili amaliy fanlar II kafedrasi o‘qituvchisi Normatova Yulduz tarjimon sifatida faol ishtirok etdi. Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Qodirova Kamola esa seminar qatnashchisi sifatida ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar AQSHning Appalachian State University professori Jessi Lutabingva rahbarligida loyiha ishlab chiqish hamda xalqaro grant yozishning muhim jihatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Trening interaktiv va amaliy yo‘naltirilgan tarzda tashkil etilib, ishtirokchilar turli amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalarda faol qatnashdilar.
Seminar yakunida tarjimonlar va qatnashchilar maxsus sertifikatlar, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir so‘nggida O‘zNNT milliy assotsiatsiyasi hamda kafedra o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, kelgusida shu kabi tadbirlarga kafedra o‘qituvchilarini tarjima xizmatlariga shartnoma asosida jalb etish, shuningdek, universitet talabalarining volontyor sifatida amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
11–16-may kunlari O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari (O‘zNNT) milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Assotsiatsiya xodimlari hamda unga a’zo NNT vakillari uchun “Grant writing” mavzusida intensiv o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur seminar O‘zbekiston 24 telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturi orqali keng yoritildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2