O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.8K photos
3.07K videos
323 files
9.95K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from UzWAVE
🌿 International English Camp — Unutilmas lahzalar va yangi marralar! 🌿

🗓 2026-yil 14-16-may

​Indoneziyaning muazzam Magetan shahrida 3 kun davom etgan unutilmas “International English Camp” oʻz yakuniga yetdi! Mazkur loyiha doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU) talabalari hamda Indoneziyaning UNESA Labschool oʻquvchilari bir jamoa boʻlib harakat qilishdi. 🌍📚

Camp davomida:
🎯 Team-building oʻyinlari orqali jamoaviy ruh mustahkamlandi;
🗣 Interaktiv darslar va qiziqarli mashgʻulotlar oʻtkazildi;
💬 Ishtirokchilar ingliz tili koʻnikmalarini real muloqotda rivojlantirishdi.

​Eng muhimi, loyiha nafaqat bilim almashish maydoni, balki ikki davlat yoshlari oʻrtasida mustahkam doʻstlik koʻprigi va madaniyatlararo ajoyib integratsiya boʻla oldi. 🤝💛

​Quvnoq kulgular, samimiy suhbatlar va unutilmas lahzalarga boy boʻlgan ushbu kunlar barcha ishtirokchilar qalbida eng yorqin taassurot boʻlib qolishi shubhasiz! ☀️🌲

@UzWAVE_center
4👍1
🧠🧠🧠🧠🧠

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida talabalar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinining "Sessiyalar oldi" mavzusiga oid bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirni fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulugʻbek Nazarov tomonidan kirish so‘zi bilan ochib berilib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Intellektual o‘yin davomida talabalar mantiqiy fikrlash qobiliyati, tezkor qaror qabul qilish mahorati hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Qiziqarli va o‘ylantiruvchi savollar ishtirokchilar o‘rtasida haqiqiy raqobat muhitini yuzaga keltirib, tadbirning yanada zavqli va mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.

Tadbir davomida talabalar nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, balki o‘zaro hamjihatlik, jamoaviy birdamlik va erkin fikr almashish muhitida faol ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egalladi:

🥇 Hay maylida(Sharq filologiyasi)
🥈 Sessiya is coming (Xalqaro jurnalistika)
🥉 Comeback (Sharq filologiyasi)

Shu kabi intellektual tadbirlar talabalarning bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Koreya madaniyat markaziga tashrif

🇺🇿 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi I. Saidov tomonidan FKOR-2417-guruh talabalari ishtirokida Toshkentdagi Koreya ta’lim markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalarga "Koreyada ta'limni qo'llab-quvvatlash markazi" xodimlari tomonidan Koreya Respublikasida ta’lim olish imkoniyatlari, universitetlarga kirish tartiblari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Koreyada o‘qish jarayonlari, grant dasturlari, til talablari va hujjat topshirish bosqichlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Markaz mutaxassislari tomonidan Koreya ta’lim markazida tashkil etilgan koreys tili kurslari, o‘quv dasturlari va tayyorlov jarayonlari haqida ham ma’lumot berildi. Talabalar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Shuningdek, Koreya universitetlariga hujjat topshirish tartibi, kerakli hujjatlar ro‘yxati, TOPIK imtihoni hamda qabul jarayonlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Uchrashuv davomida talabalarni xalqaro ta’lim muhitiga faol jalb etish va ularning xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashrif talabalarning Koreyada ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni xalqaro akademik muhit bilan yaqindan tanishtirish hamda kelgusida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2
🟦🟦🟦 🟦🟦

Janubiy Koreyaning Sunchon Milliy Universitetiga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan professor o‘qituvchilar uchun maxsus malaka oshirish dasturi tashkil etilmoqda.

🗓 Dastur muddati: 2026-yil 2-iyuldan 16-iyulgacha (2 hafta)

📍 O‘tkazilish joyi: Janubiy Koreya, Sunchon Milliy Universiteti

👥 Ishtirokchilar soni: 10 nafar

📚 Dastur yo‘nalishlari:
• Ingliz tili ta’limi (darslar ingliz tilida bo’ladi)
• Xalqaro koreys tili ta’limi (darslar koreys tilida bo’ladi)

📝 Dastur davomida:
• Zamonaviy o‘qitish metodikalari bo‘yicha mashg‘ulotlar
• Koreya ta’lim tizimi bilan tanishuv
• Koreys madaniyati va tarixiy joylariga sayohatlar
• Universitet kampusi bilan tanishuv
• Madaniy almashinuv dasturlari tashkil etiladi
.
💰 Ishtirok narxi:
1050$ AQSH dollari
(Ushbu to‘lov ichiga yashash, transfer, ovqatlanish va dars xarajatlari kiradi. Aviachiptalar va viza xarajatlari ishtirokchi hisobidan.(aviachipta narxi tahminan 550$, viza harajati 100$))

📌 Ishtirok etish uchun quyidagi ma’lumotlar talab etiladi:
• F.I.Sh.
• Pasport raqami
• Jinsi
• Tug‘ilgan sana
• Telefon raqami
• Mutaxassisligi
• Tanlangan yo‘nalish

📩 Qatnashish istagida bo‘lganlar 18.05.2026 gacha imkon qadar tezroq @koreanaim_seodang telegram manziliga murojaat qilishlari so‘raladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2
🎥

“Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovining saralash, final bosqichlari hamda taqdirlash marosimidan tayyorlangan videorolik orqali O‘zDJTU talabalari erishgan yuksak natijalar, hayajonli jarayonlar va unutilmas lahzalar bilan tanishing.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏4👍1