O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.8K photos
3.07K videos
323 files
9.95K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

🏆O‘zDJTU talabalari “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovida tarixiy natija qayd etdi!

2026-yil 16-may kuni TDShU huzuridagi Konfutsiy institutida “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovi finalchilari va g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida “Ipak yo‘li bizni bog‘laydi — Men va Xitoy” qisqa metrajli videolar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash hamda Elchixona stipendiyalarini topshirish marosimi ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir TDShU huzuridagi Konfutsiy institutining katta tadbirlar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda xitoy tilini o‘rganayotgan iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar, Xitoy madaniyat markazi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ham ishtirok etib, tanlovda yuqori natijalarga erishgan talabalarni samimiy tabrikladi hamda ularning ustozlari va ota-onalariga minnatdorlik bildirdi.

“Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida TDShU huzuridagi Konfutsiy instituti, SamDChTI huzuridagi Konfutsiy instituti hamda Xitoy madaniyat markazi hamkorligida tashkil etildi.

Tanlovning dastlabki bosqichlarida respublika bo‘yicha 67 nafar talaba ishtirok etdi. Saralash va yarim final bosqichlari yakuniga ko‘ra mamlakatimizning 7 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasidan 15 nafar eng iqtidorli talaba final bosqichiga yo‘llanma oldi.

📌 Tanlovning final bosqichi natijalariga ko‘ra O‘zDJTU talabalari quyidagi yutuqlarni qo‘lga kiritdi:

🏆 GRAN-PRI
Xamidullayeva Nafisa — O‘zDJTU

🥇1-o‘rin
Xamroeva Shaxrizoda — O‘zDJTU

🥈 2-o‘rin
Sadullayeva Shahrizoda — O‘zDJTU
Abdurahimova Munavvarxon — O‘zDJTU
Yendibayeva Gozal — O‘zDJTU

🥉 3-o‘rin
Satkulova Ulday — O‘zDJTU

Xitoy madaniyat markazida o‘tkazilgan yarim final bosqichida O‘zDJTUning 2 nafar talabasi 1 va 2-o‘rin sovrindori bo‘ldi.

Shuningdek, yarim finalning Konfutsiy instituti bosqichida ham O‘zDJTUning 4 nafar talabasi eng yuqori 4 ta o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, respublika bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etgan 6 nafar talabaning barchasi O‘zDJTU talabalari bo‘ldi.

⭐️ Ayniqsa, Xamidullayeva Nafisa tanlovning barcha bosqichlarida yuqori natija ko‘rsatib, “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovining Respublika final bosqichida GRAN-PRI sohibasiga aylandi.

Tanlovning monolog, savol-javob hamda ijodiy chiqishlardan iborat 3 bosqichli shartlari yakunlariga ko‘ra, Nafisa o‘zining chuqur bilimlari, xitoy tilidagi ravon nutqi va ijodiy chiqishi bilan hakamlar hay’atining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba orqali O‘zDJTU talabalari — GRAN-PRI sohibasi Xamidullayeva Nafisa hamda 1-o‘rin sohibasi Xamroeva Shaxrizoda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tadigan XXV Butunjahon “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

✈️ Ularga Xitoyga 1 oylik safar va musobaqada qatnashish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Tadbir davomida g‘olib va sovrindorlarga diplom, esdalik sovg‘alari hamda maxsus Elchixona stipendiyalari topshirildi. Shuningdek, “Ipak yo‘li bizni bog‘laydi — Men va Xitoy” videolar tanlovi g‘oliblari ham tantanali ravishda taqdirlandi.

Ushbu xalqaro loyiha yoshlar o‘rtasida xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🎉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi barcha g‘olib va sovrindor talabalarni samimiy muborakbod etadi hamda ularga butunjahon final bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥4👍3
Forwarded from UzWAVE
🌿 International English Camp — Unutilmas lahzalar va yangi marralar! 🌿

🗓 2026-yil 14-16-may

​Indoneziyaning muazzam Magetan shahrida 3 kun davom etgan unutilmas “International English Camp” oʻz yakuniga yetdi! Mazkur loyiha doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU) talabalari hamda Indoneziyaning UNESA Labschool oʻquvchilari bir jamoa boʻlib harakat qilishdi. 🌍📚

Camp davomida:
🎯 Team-building oʻyinlari orqali jamoaviy ruh mustahkamlandi;
🗣 Interaktiv darslar va qiziqarli mashgʻulotlar oʻtkazildi;
💬 Ishtirokchilar ingliz tili koʻnikmalarini real muloqotda rivojlantirishdi.

​Eng muhimi, loyiha nafaqat bilim almashish maydoni, balki ikki davlat yoshlari oʻrtasida mustahkam doʻstlik koʻprigi va madaniyatlararo ajoyib integratsiya boʻla oldi. 🤝💛

​Quvnoq kulgular, samimiy suhbatlar va unutilmas lahzalarga boy boʻlgan ushbu kunlar barcha ishtirokchilar qalbida eng yorqin taassurot boʻlib qolishi shubhasiz! ☀️🌲

@UzWAVE_center
4👍1
🧠🧠🧠🧠🧠

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida talabalar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinining "Sessiyalar oldi" mavzusiga oid bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirni fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulugʻbek Nazarov tomonidan kirish so‘zi bilan ochib berilib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Intellektual o‘yin davomida talabalar mantiqiy fikrlash qobiliyati, tezkor qaror qabul qilish mahorati hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Qiziqarli va o‘ylantiruvchi savollar ishtirokchilar o‘rtasida haqiqiy raqobat muhitini yuzaga keltirib, tadbirning yanada zavqli va mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.

Tadbir davomida talabalar nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, balki o‘zaro hamjihatlik, jamoaviy birdamlik va erkin fikr almashish muhitida faol ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egalladi:

🥇 Hay maylida(Sharq filologiyasi)
🥈 Sessiya is coming (Xalqaro jurnalistika)
🥉 Comeback (Sharq filologiyasi)

Shu kabi intellektual tadbirlar talabalarning bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Koreya madaniyat markaziga tashrif

🇺🇿 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi I. Saidov tomonidan FKOR-2417-guruh talabalari ishtirokida Toshkentdagi Koreya ta’lim markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalarga "Koreyada ta'limni qo'llab-quvvatlash markazi" xodimlari tomonidan Koreya Respublikasida ta’lim olish imkoniyatlari, universitetlarga kirish tartiblari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Koreyada o‘qish jarayonlari, grant dasturlari, til talablari va hujjat topshirish bosqichlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Markaz mutaxassislari tomonidan Koreya ta’lim markazida tashkil etilgan koreys tili kurslari, o‘quv dasturlari va tayyorlov jarayonlari haqida ham ma’lumot berildi. Talabalar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Shuningdek, Koreya universitetlariga hujjat topshirish tartibi, kerakli hujjatlar ro‘yxati, TOPIK imtihoni hamda qabul jarayonlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Uchrashuv davomida talabalarni xalqaro ta’lim muhitiga faol jalb etish va ularning xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashrif talabalarning Koreyada ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni xalqaro akademik muhit bilan yaqindan tanishtirish hamda kelgusida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2