15-may kuni Toshkent shahridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan “Turkiy xalqlarning choy madaniyati: umumiy oʻzlik va ijtimoiy integratsiyasi ifodasi” mavzusida madaniy festival tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri Moydinova Elmira hamda kafedra o‘qituvchilari Musayeva Sevinj va Oripova Xusnida rahbarligida talabalar faol ishtirok etdilar.
Festivalning asosiy maqsadi turkiy xalqlarning umumiy madaniy ildizlari, milliy-ma’naviy qadriyatlari va boy an’analarini targ‘ib qilish, shuningdek, o‘zaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida turli milliy chiqishlar, madaniy ko‘rgazmalar hamda konsert dasturlari namoyish etildi. Ishtirokchilar turkiy xalqlarning choy madaniyati va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur festival talabalarda millatlararo totuvlik, boshqa xalqlar madaniyatiga hurmat hamda xalqaro do‘stlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥1🤩1
13–14-may kunlari uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimidagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari hamda istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro forum va ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekiston va xorijdan tashrif buyurgan olimlar, tadqiqotchilar, pedagoglar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlar, sun’iy intellektdan foydalanish, xalqaro tajribalar asosida uzluksiz kasbiy rivojlanishni tashkil etish kabi muhim masalalarni muhokama qildilar.
Mazkur anjumanda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ikkinchi chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi Uğur Tetık faol ishtirok etdi hamda “Continuous Professional Development in Education: Problems and Solutions” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan chiqish qildi.
Konferensiya davomida ta’lim menejmenti, pedagogik mahoratni rivojlantirish, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Forum ishtirokchilarga yangi ilmiy g‘oyalar va innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
2026-yil 16-may kuni TDShU huzuridagi Konfutsiy institutida “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovi finalchilari va g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida “Ipak yo‘li bizni bog‘laydi — Men va Xitoy” qisqa metrajli videolar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash hamda Elchixona stipendiyalarini topshirish marosimi ham yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir TDShU huzuridagi Konfutsiy institutining katta tadbirlar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda xitoy tilini o‘rganayotgan iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar, Xitoy madaniyat markazi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ham ishtirok etib, tanlovda yuqori natijalarga erishgan talabalarni samimiy tabrikladi hamda ularning ustozlari va ota-onalariga minnatdorlik bildirdi.
“Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida TDShU huzuridagi Konfutsiy instituti, SamDChTI huzuridagi Konfutsiy instituti hamda Xitoy madaniyat markazi hamkorligida tashkil etildi.
Tanlovning dastlabki bosqichlarida respublika bo‘yicha 67 nafar talaba ishtirok etdi. Saralash va yarim final bosqichlari yakuniga ko‘ra mamlakatimizning 7 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasidan 15 nafar eng iqtidorli talaba final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Xamidullayeva Nafisa — O‘zDJTU
Xamroeva Shaxrizoda — O‘zDJTU
Sadullayeva Shahrizoda — O‘zDJTU
Abdurahimova Munavvarxon — O‘zDJTU
Yendibayeva Gozal — O‘zDJTU
Satkulova Ulday — O‘zDJTU
Xitoy madaniyat markazida o‘tkazilgan yarim final bosqichida O‘zDJTUning 2 nafar talabasi 1 va 2-o‘rin sovrindori bo‘ldi.
Shuningdek, yarim finalning Konfutsiy instituti bosqichida ham O‘zDJTUning 4 nafar talabasi eng yuqori 4 ta o‘rinni egalladi.
Tanlovning monolog, savol-javob hamda ijodiy chiqishlardan iborat 3 bosqichli shartlari yakunlariga ko‘ra, Nafisa o‘zining chuqur bilimlari, xitoy tilidagi ravon nutqi va ijodiy chiqishi bilan hakamlar hay’atining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur g‘alaba orqali O‘zDJTU talabalari — GRAN-PRI sohibasi Xamidullayeva Nafisa hamda 1-o‘rin sohibasi Xamroeva Shaxrizoda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tadigan XXV Butunjahon “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
✈️ Ularga Xitoyga 1 oylik safar va musobaqada qatnashish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Tadbir davomida g‘olib va sovrindorlarga diplom, esdalik sovg‘alari hamda maxsus Elchixona stipendiyalari topshirildi. Shuningdek, “Ipak yo‘li bizni bog‘laydi — Men va Xitoy” videolar tanlovi g‘oliblari ham tantanali ravishda taqdirlandi.
Ushbu xalqaro loyiha yoshlar o‘rtasida xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17🔥4👍3
Forwarded from UzWAVE
🌿✨ International English Camp — Unutilmas lahzalar va yangi marralar! ✨🌿
🗓 2026-yil 14-16-may
Indoneziyaning muazzam Magetan shahrida 3 kun davom etgan unutilmas “International English Camp” oʻz yakuniga yetdi! Mazkur loyiha doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU) talabalari hamda Indoneziyaning UNESA Labschool oʻquvchilari bir jamoa boʻlib harakat qilishdi. 🌍📚
Camp davomida:
🎯 Team-building oʻyinlari orqali jamoaviy ruh mustahkamlandi;
🗣 Interaktiv darslar va qiziqarli mashgʻulotlar oʻtkazildi;
💬 Ishtirokchilar ingliz tili koʻnikmalarini real muloqotda rivojlantirishdi.
Eng muhimi, loyiha nafaqat bilim almashish maydoni, balki ikki davlat yoshlari oʻrtasida mustahkam doʻstlik koʻprigi va madaniyatlararo ajoyib integratsiya boʻla oldi. 🤝💛
Quvnoq kulgular, samimiy suhbatlar va unutilmas lahzalarga boy boʻlgan ushbu kunlar barcha ishtirokchilar qalbida eng yorqin taassurot boʻlib qolishi shubhasiz! ☀️🌲
@UzWAVE_center

❤4👍1