Forwarded from O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi muhokama markazida
🇺🇿 Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi” mavzusidagi respublika yosh parlamentariylari konferensiyasi tashkil etildi.
⏺ Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabekxo‘ja Sobitov ham ishtirok etdi.
✅ Konferensiya davomida yoshlar siyosati, zamonaviy liderlik, yosh parlamentariylarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
➡️ Shuningdek, mazkur nufuzli konferensiyada 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi vakillari ham faol ishtirok etib, yoshlar siyosatiga oid muhim tashabbuslar va istiqbolli g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
✨ Tadbir yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni yangi tashabbus va g‘oyalar atrofida birlashtirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2🎉2
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich hamda fakultet jamoasi tomonidan 1- va 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarni yakuniy imtihonlar oldidan qo‘llab-quvvatlash, ularning kayfiyatini ko‘tarish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar bilan gulxan atrofida samimiy suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayonida ularning yashash sharoiti, darslarga tayyorgarligi hamda yakuniy imtihonlarga hozirlik jarayoni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, gulxan atrofida kuy-qo‘shiqlar yangrab, musiqiy chiqishlar orqali talabalar kayfiyati yanada ko‘tarildi. Ushbu samimiy uchrashuv talabalarga unutilmas taassurot ulashdi hamda ularni oldinda turgan imtihonlarga yanada ruhlantirdi.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
🏊♂️ Suzish boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi”ning Toshkent shahar bosqichi yakunlandi
Joriy yilning 14–15-may kunlari Singapur menejmentni rivojlantirish instituti suzish havzasida sportning suzish turi boʻyicha talaba-yigitlar va qizlar oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.
Musobaqaning ochilish marosimida “Uzbekistan Aquatics” federatsiyasi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Sportchilar suzishning erkin, chalqancha hamda estafeta (erkin) yoʻnalishlarida oʻzaro bahs olib bordilar.
Quvonarlisi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti terma jamoasi musobaqada munosib ishtirok etib, jami 3 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
🏅Natijalar:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥2👏2🎉2🤩2
🏀 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov universitetning O‘zDJTU terma jamoasining Toshkent shahar bosqichida talaba-qizlar o‘rtasida basketbol sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan “Talabalar ligasi” musobaqasiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
⛹️♀️ Mashg‘ulotlar davomida jamoa a’zolarining jismoniy tayyorgarligi, taktik mashqlari hamda musobaqaga tayyorgarlik holati kuzatildi. Rektor sportchi talaba-qizlar bilan suhbatlashib, ularga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, universitetda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍6🤩5🔥2👏1🎉1